Get Mystery Box with random crypto!

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiy | Manaviyat.edu.uz



“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim.

Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kunida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

https://t.me/otfiv_rasmiy/1291

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube