Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.67K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-06-21 14:26:59 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qligi, tarix millat uchun ruhiy oziq ekanligi, ayni haqiqat. Shu bois haqqoniy tarixni tiklash, uning rivoji uchun barcha zaruriy shart-sharoit, imkoniyatlar yaratildi. Kun tartibiga haqqoniy tarixni birlamchi manbalar asosida yaratish, uni xolisona talqin etish, bahs-munozaralar asosida tarixiy haqiqatni tiklash vazifasi qo‘yildi. Tarix va hozirgi zamon voqeliklariga murojaat qilish bizning ijtimoiy tafakkurimizdan hayotni idrok etishning mavhum va aqidaparastlik qoliplarini yengib o‘tishni, mustaqil fikr yuritish va sodir bo‘layotgan jara¬yonlarni xolisona baholay olish qobiliyatini talab etadi. Qotib qolgan eski aqidalardan voz kechish – tarix va o‘tmishdan voz kechish degani emas. Kechagi hayotdan, tarixdan hech qachon voz kechib bo‘lmaydi. Tarix qan¬day bo‘lmasin, biz uchun hayotdan saboq va xulosalar chiqarish uchun xizmat qiladi.
Tarixini, o‘zligini anglab yetgan, qalbiga quloq solgan har bir inson o‘ziga, men bu foniy dunyoda nima ish qildim, yana qanday ishlar qilishga vaqtim va qurbim yetadi, degan savolni berishi kerak. Ana shu savol inson qalbini tozalaydi, uni savobli, ezgu ishlarga chorlaydi. Xullas, ma’naviyatda insonning imon-e’tiqodi, axloqi, tarix, hayot ma’nosini qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, tarix, xalq oldidagi burchni ang¬lash ham yuksak ma’naviyat belgisidir.

Ma’naviy barkamol inson – o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi. Tarixiy qadriyatlarga, ularni elga qaytarish, tanitishga bo‘lgan sa’y-harakatlardan ko‘zda tutilgan maqsad shuki, har bir inson o‘z umrini tabarruk zotlar kechirgan hayot bilan taqqoslarkan, ko‘nglidan men ana shu salaflarimizga munosib vorismanmi, degan savol o‘tsin. Ular shu qadar buyuk meros qoldiribdi, mendan nima qoladi, degan tuyg‘u bilan o‘z faoliyatini baholasin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, aynan yuqoridagi sabablarga ko‘ra, tarixni bilish va qadrlash milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviyat yuksalishi bilan uzviy bog‘liq masala hisoblanadi.

Sarvar SOBIROV tayyorladi.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
22.4K viewsedited  11:26
Ochish/sharhlash
2024-06-21 14:26:58 26-mavzu

TARIX – VATANPARVARLIK, MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR MANBAYI

Tarixni kim yaratadi? Albatta, siz va biz. Ammo uni faqat tillarda emas, balki kelajak avlod uchun yozma holda qoldirish zarur. Buning uchun esa harakat va yetarli ma’lumotlar kerak...

Amir Temur va temuriylar saltanati dunyo tamaddunida o‘chmas iz qoldirgan. Shu sababdan ham temuriylar¬ning zafarli yurishlari, ilm-fan ahliga ko‘rsatilgan e’tibor va tarix zarvaraqlaridan joy olgan boshqa olamshumul voqealar hamon muhokama etiladi.
Mustaqillik bizga tariximizni xolis va haqqoniy idrok etish, nomlari unutilishga mahkum etilgan ajdodlarimiz haqida to‘laqonli bilish imkoniyatini qaytardi. Mana shu imkoniyat tufayli tariximizning noma’lum sahifalari va qatag‘on etilgan bobolarimizga bag‘ishlab asarlar yozishga keng yo‘l ochildi.

Bergan imkoniyatlardan faqat iste’dodli va fidoyi olim-u adiblargina emas, butun «ilmiy-ijodiy faoliyati» davomida ulug‘ mutafakkirlarimizni, shu jumladan, Amir Temur va temuriylarni qoralab, ularga qarshi kurashib kelgan olimlik da’vosidagi kimsalar ham unumli foydalandi va foydalanishmoqda.

Har birimizning aziz Vatanimizga mehrimiz cheksiz. Shu buyuk mehr bizni jonajon yurtimizni asrab-avaylashga, hamjihat va ahil yashashga, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga undab turadi. Prezident ta’kidlaganidek, «eng muhimi, bugun xalqimiz dunyoqarashi o‘zgargan, ezgu maqsadlarga erishishga katta ishonchi shakllangan. Demak, Taraqqiyot strategiyamizda ko‘zlangan maqsadlar va undan keyingi qutlug‘ marralarni zabt etishimizga hech kimda shubha yo‘q».

Albatta, hech bir xalq o‘zli¬gini anglagan holda, milliy madaniyati va qadriyatlarini asrab-avaylamasdan turib, boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat bilan qaray olmaydi. Yangi O‘zbekistonning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida ijtimoiy hodisa¬larga munosabat xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Xu¬susan, mustaqilligimizning bi¬rinchi kunidan boshlab hayo¬timizning barcha jabhalarida «qadriyatlar», «milliy tiklanish», «milliy ong», «milliy g‘urur» «milliy vatanparvarlik» kabi atamalar tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Bu bejiz emas, albatta.

Zotan, g‘ururimiz, Vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat «Inson qadri uchun» tamoyiliga asoslanadi. Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, «milliy qadriyatlarimizda alohida o‘rin tu¬tadigan avlodlar o‘rtasidagi an’analar davomiyligini saqlash, urush va mehnat faxriylarining, muhtaram ota¬xon va onaxonlarimizning hayotini yanada mazmunli qilish nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizga aylanmoq¬da. Shuningdek, biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda azm-u shijoatli yoshlarimizni xalqimizning chinakam tayanchi va suyanchi, deb bilamiz».

Biz o‘z tariximizda hech qachon hech kimga hasad, yovuz niyat bilan qaramaganmiz va boshqalardan ham shuni talab qilishga haqlimiz. Lekin bu borada ham bizga qarshi qaratilgan ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar davom etmoqda. Mafkura sohasida yurt ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’naviy tajovuz – bu o‘zbek millati tarixini soxtalashti¬rish, turli xil g‘ayriilmiy talqinlar, siyosiy shiorlar bilan bizni tariximizdan, sharafli o‘tmishimizdan judo qilishga urinish tarzida namoyon bo‘lmoqda. Bunday sharoitda barchamiz xalqimiz va yurtimizni, mustaqillikni asramog‘imiz lozim, buning uchun esa uning haqiqiy ta¬rixini o‘rganish, avaylab himoyalash lozim.
Qadrlash degani – bu asrlar davomida ona yurtimizni, xalqimiz ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir. Shu sabab ham ma’naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan tarix fani istiqlol yillarida o‘zining haqiqiy vazifasini ado etishga – xalqning o‘zligini anglatishga xizmat qilishga kirishdi.
21.9K views11:26
Ochish/sharhlash
2024-06-15 06:58:17
Қайсидир буюмни тайёрлаш жараёнларини кузатишга қизиқадиганлар кўп бўлса керак. Биз уни оддий маиший восита деб қарайдиган махсулотни қандай шароитларда тайёланишини кузатишни ҳохлаганлар учун махсус телеграм канални тавсия қиламиз...

https://t.me/+tOE_WqlksAM1NjJi
15.0K views03:58
Ochish/sharhlash
2024-06-13 14:31:15 Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida »gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarni yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, amaldagi qonun hujjatlarini asosiy qonunimizga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan 28 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi Konstitutsiyaning 81-moddasidan kelib chiqib, «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydala nish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi» degan jumlalar bilan to‘ldirilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Bilamizki, har qanday ommaviy axborot vositasi, birinchi navbatda, ommaviylik uchun kurashadi. Huquqiy asoslar to‘liq mus- tahkamlanib qo‘yilsa, har bir detalga qonun va sifatli ijro bilan yondashiladi. Natijada OAVdagi xatoliklar, noxolis yondashuvlar sezilarli darajada kamayadi va suiiste’molchiliklarga keskin zarba beriladi. Tabiiyki, kuchli huquqiy himoya to‘rtinchi hokimiyat deb ta’riflanadigan soha vakillarini tazyiq va turli bosimlardan saqlaydi, shu bilan bir qatorda ularni noxolislikka yo‘l qo‘ymasdan, to‘g‘ri yo‘nalishda faoliyat yuritishga undaydi. Qonunlarga hurmat yuqori darajada bo‘lsa, huquqiy himoya yanada kuchaytirilsa, tom ma’noda so‘z va matbuot erkinligiga erishiladi. Zero, so‘z va matbuot erkinligi taraqqiyotning muhim shartidir. Agar biz so‘z erkinligidan ortga chekinadigan bo‘lsak, barcha islohotlar orqaga ketishni boshlaydi. Shunday ekan, barchamiz mas’uliyat hissi bilan yashamog‘imiz darkor!

Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi hamda hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan axborot xizmatlarining ham salmoqli o‘rni borligini qayd etish joiz. Ularning tezkor chiqishlari orqali ko‘plab noo‘rin, yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldi olinmoqda. Bu esa fuqarolarimiz turli mish-mishlarga chalg‘ib qolmasligiga zamin yaratadi.

Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
26.6K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2024-06-13 14:31:15 25-mavzu

SO‘Z VA MATBUOT ERKINLIGI – TARAQQIYOTNING MUHIM SHARTI


Biz bugun huquqiy demokratik davlat qurayotgan ekanmiz, jurnalistikaning butun dunyoda e’tirof etilgan, o‘zgarmas talab va mezonlariga amal qilishimiz zarur. Bu mezonlarning eng asosiysi – xolislik va haqqoniylikdir. Binobarin, matbuot maydoniga kirgan inson – u jurnalist bo‘ladimi, bloger bo‘ladimi, bundan qat’i nazar – ana shu qoidalarga amal qilishi shart.
Shavkat MIRZIYOYEV


Odatda dunyo mamlakatlari uch toifaga – taraqqiy topgan, rivojlanayotgan va rivojlanmagan davlatlarga bo‘linadi. Endi bu tabaqalashtirishda axborotlashtirish qay darajada ekani eng muhim va zarur ko‘rsatkichlardan biriga aylanib bormoqda. Chunki aholining axborot olish va tarqatish imkoniyati jamiyatda ijtimoiy komillik poydevori bo‘lmish emin-erkin fikrlash muhiti yaratilganidan dalolatdir. Bugungi kunda birorta davlat global axborot oqimidan chetda qolmagan, desak yanglishmaymiz. Sababi, har qanday katta-kichik, muhim-nomuhim axborot istalgan lahzada dunyoga tarqalishi mumkinligi hech kimni hayratlantirmay qo‘ydi.

Shu o‘rinda mashhur yozuvchilardan biri Paulo Koeloning «Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda» degan fikrini eslab o‘tishimiz o‘rinlidir. Negaki, XXI asrda axborot oqimi shu darajada jadallashdiki, OAVga yo‘naltirilgan turli mafkuraviy g‘oyalar insonlar ongiga nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning ortidan esa ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqeiliklar sodir bo‘layotgani – u xoh salbiy bo‘lsin, xoh ijobiy – SO‘Z naqadar qudratli kuch ekanligini yaqqol belgilab beradi. Ya’ni, har bir axborotning o‘z egasi va iste’molchisi, ortidan ergashuvchi auditoriyasi bo‘ladi. Bundan tashqari, u ma’lum bir g‘oya singdirilishiga xizmat qiladi.

So‘z va matbuot erkinligi to‘g‘risidagi qarashlar ancha oldin paydo bo‘lgan bo‘lsada, faqatgina 1948-yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ushbu erkinliklar qonunan belgilab qo‘yildi. Xususan, deklaratsiyaning 19-moddasida shunday deyiladi:
«Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq hech bir to‘siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi». Mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni ham e’tirof etish joiz. O‘zbekistonda so‘z, axborot va matbuot erkinligini ta’minlashga qaratilgan huquqiy islohotlar mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boshlangan. Xususan, 1991–2002-yillar orasida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi, «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilishga erishilgan. O‘tgan davrda sohaga oid qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashdi, davlat rahbari tomonidan axborot sohasiga tegishli bir necha muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinib, ularning mamlakatda erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy zamin yaratildi. Milliy axborot makoni va axborot infratuzilmasini rivojlantirmay turib, so‘z erkinligi va axborot ochiqligini ta’minlashga erishib bo‘lmaydi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida yurtimizda OAV uchun qulay infratuzilma yaratish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi.

OAV xodimlari uchun muhim sanalar belgilangan. Jumladan, 3-may «Butunjahon matbuot erkinligi kuni» sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda har yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. OAV davlat organlariga ularning faoliyati haqida axborot olish uchun og‘zaki yoki yozma so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega. Jurnalistlar axborot olish borasida daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Ularga nisbatan senzuraga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas!
24.9K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2024-06-11 09:13:54 2024 йилда муборак Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанба кунига тўғри келиши тўғрисида Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахбороти маълумот учун қабул қилиниб, юртимизда 16 июнь куни Қурбон ҳайити байрами сифатида кенг нишонланади.
22.7K views06:13
Ochish/sharhlash
2024-06-06 15:56:07 Bundan tashqari, Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga asosan, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdori nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foizga oshirildi. Qolaversa, proporsional saylov tizimi bo‘yicha ham partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi kerakligi belgilandi. Bu esa gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, jahon tajribasida o‘zini oqlagan aralash saylov tizimi – fuqarolarimizning siyosiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa milliy parlamentimiz faoliyatining rivojlanishida va siyosiy partiyalarning yanada taraqqiy etishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Sirojiddin ABDUVOITOV,
Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati
Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar
bo‘yicha o‘quv markazi yetakchi maslahatchisi.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
22.3K viewsedited  12:56
Ochish/sharhlash
2024-06-06 15:56:07 Bu tizimda davlat yagona saylov okrugiga aylantiriladi hamda byulletenlarda nomzodlar o‘rniga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi va saylovchilar o‘zlariga ma’qul kelgan partiyalarga ovoz beradi. Qaysi partiya saylovda umumiy saylovchilarning qancha foiz ovozini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mamlakat parlamenti quyi palatasida shuncha o‘rinni egallaydi. Yirik saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya o‘z nomzodlari ro‘yxatini ilgari suradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ovozlarning 4–5 foizlik eng kam miqdori o‘rnatiladi. Siyosiy partiyalardan qo‘yilgan nomzodlar ana shu belgilangan ovozlarni olganidan keyingina mandatlarni taqsimlashda ishtirok etadi. Saylovchilar bergan ovozlar avval deputatlik o‘rinlarining soniga bo‘linadi. Natijada bitta mandat uchun berilgan ovozlar soni ma’lum bo‘ladi. So‘ng har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu qiymat deputatning bir mandati uchun zarur bo‘lgan ovozlar soniga bo‘linadi. Buning natijasida mazkur partiyaga berilgan deputatlik o‘rinlarining soni kelib chiqadi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko‘pincha proporsional tizimda o‘tkaziladi. Shuningdek, bu tizim Belgiya, Shvesiya va boshqa ko‘p mamlakatlar uchun ham xosdir.
Proporsional saylov tizimining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiri¬tishimiz mumkin:
– kamchilikni tashkil etuvchi saylovchilarning ovozlari ham inobatga olinadi va unda ovoz olgan siyosiy partiyalar ham parlamentdan joy egallaydi;
– u fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishini, shuningdek, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlaydi.
Xullas, proporsional saylov tizimining majoritar saylov tizimidan farqi – majoritar saylov tizimida saylovchilar shaxsga ovoz beradi, ya’ni o‘sha okrugdan ko‘rsatilgan bir nechta deputatlikka nomzodlardan birini tanlaydi. Proporsional saylov tizimida esa saylovchilar shaxslarga emas, partiyalarga ovoz beradi. Saylovdan so‘ng qaysi partiya qancha ovoz olganiga qarab, deputatlik o‘rinlari taqsimlanadi va partiyalar o‘sha o‘rinlarga deputatlar ro‘yxatini o‘zlari tasdiqlaydi. Masalan, qaysidir partiya saylovda 40 foiz ovoz olsa, demak 75 ta deputatlik o‘rnining 40 foizini, ya’ni 30 nafar deputatni tasdiqlash huquqini qo‘lga kiritadi. Yoki, aksincha, qay¬sidir partiya, aytaylik, jami 8 foiz ovoz olsa, unda o‘sha partiyadan 6 nafar deputat tasdiqlanadi.

Aralash saylov tizimi
Aralash saylov tizimi mohiyatan ikkita tizimning birikmasi bo‘lib, bunda mandatlarning bir qismi proporsional tizim bo‘yicha (partiyaviy ro‘yxatlar bo‘yicha), ikkinchi qismi esa majoritar tizim (nomzodga ovoz berish) bo‘yicha taqsimlanadi. Aralash saylov tizimida mamlakat saylovchilarining 50 foizi partiyaviy ro‘yxatlarga, 50 foizi esa bir mandatli okruglarda siyosiy partiya ko‘rsatgan nomzodlarga ovoz beradi. Ushbu saylov tizimlarini birlashtirib turadigan omillardan biri ularning barchasida quyi palata a’zolarining ko‘ppartiyaviylik asosida umumxalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishidir. Hozirgi kunda Janubiy Koreya, Belgiya, Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlardagi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.
Mamlakatimizda 2024-yilda o‘tkazilishi belgilangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi aralash, ya’ni majoritar va proporsional saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Bunda 75 nafar deputat, avvalgidek, bevosita saylov orqali saylanadi, qolgan 75 nafar deputat esa saylovda olgan ovozlari soniga proporsional tarzda partiya bergan ro‘yxat asosida tanlanadi.
19.9K viewsedited  12:56
Ochish/sharhlash
2024-06-06 15:56:06 24-mavzu

MAJORITAR-PROPORSIONAL SAYLOV TIZIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


So‘nggi yillarda mamlakatimizda parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini yanada kengaytirish, vakillik organlariga saylangan deputatlar va senatorlarning parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatidagi mas’uliyati va faolligini oshirish borasida demokratik o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2023-yil 18-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi asosida o‘tkazish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. U siyosiy partiyalar va deputatlar o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi hamda siyosiy partiyalar mavqeining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizning 128-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar joriy yilda oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgi¬langan. Qonunchilik palatasiga saylovlar yangi qabul qilingan qonunga ko‘ra, aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Ya’ni, 75 nafar deputat majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (partiyalar ro‘yxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanadi.

Majoritar saylov tizimi
Majoritar saylov tizimi deganda (fransuzcha «majorite» – ko‘pchilik so‘zidan), vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniqlash tushuniladi. Bu saylov tizimida qonun bilan belgilangan ko‘p ovozni olgan nomzod mazkur okrug bo‘yicha saylangan hisoblanadi. Kam ovoz olgan nomzodlar uchun berilgan saylovchilar ovozi «yo‘qolib ketadi».

Majoritar saylov tizimi¬ning uch ko‘rinishi mavjud:
– malakali ko‘pchilik ovozli majoritar tizim eng kam uchraydigan tizim hisoblanib, bunda nomzod g‘alaba qozonishi uchun saylovchilarning malakali ko‘pchilik ovozini olishi zarur, ya’ni 2/3, 3/4 qism ovoz olishi talab etiladi;
– mutlaq ko‘pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq ko‘p ovoz, ya’ni 50 foiz +1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
– nisbiy ko‘pchilikning ovoziga asoslanuvchi majoritar tizim juda qulay hamda sodda tizim bo‘lib, bunda nomzodlarning nisbatan eng ko‘p ovoz olgani saylangan hisoblanadi.
Majoritar saylov tizimining ijobiy jihati – saylovchilar bevosita nomzodning shaxsiga e’tibor beradi, u bilan tanishadi, muloqotda bo‘ladi va faoliyati yuzasidan aniq nazorat o‘tkaza oladi.
Mazkur tizimda o‘tkazilgan saylovda g‘olib nomzodga yoki g‘olib partiyaga berilgan ovozlar miqdori asosan kamchilikni tashkil qiladi, eng achinarlisi, qolgan ovozlar hisobga olinmaydi. Bu esa majoritar saylov tizimining zaif jihatidir. Unda nomzod yoki partiya g‘alaba qozonish uchun saylovchilar ko‘pchiligining ovozini olishi lozim. Kamchilik ovoz olsa, nomzod yoki partiya hech qanday mandatga ega bo‘lolmaydi. Majoritar saylov tizimi AQSH, aksariyat Lotin Amerikasi mamlakatlari, Fransiya, Angliya, Hindiston kabi rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda.

Proporsional saylov tizimi
Proporsional saylov tizimi (lot. proportio — nisbat, mutanosiblik) majoritar saylov tizimidan bir asr keyin vujudga kelgan. Dastlab, XIX asr oxirida Shveysariyaning bir qator kantonlarida joriy qilingan, keyinchalik Belgiyada va 1906-yilda Rossiya imperiyasining bir qismi bo‘lgan Finlyandiyada qabul qilingan. Bugungi kunda ushbu saylov tizimi 60 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo‘lib, asosan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qo‘llaniladi.
20.1K viewsedited  12:56
Ochish/sharhlash
2024-05-30 10:48:18 yettinchidan, tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

sakkizinchidan, tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;


to‘qqizinchidan, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalasini soddalashtirish.


Oybek XOLMO‘MINOV,
IIV Akademiyasi dotsenti,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori,
podpolkovnik
.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
17.9K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash