Get Mystery Box with random crypto!

Bu tizimda davlat yagona saylov okrugiga aylantiriladi hamda b | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Bu tizimda davlat yagona saylov okrugiga aylantiriladi hamda byulletenlarda nomzodlar o‘rniga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi va saylovchilar o‘zlariga ma’qul kelgan partiyalarga ovoz beradi. Qaysi partiya saylovda umumiy saylovchilarning qancha foiz ovozini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mamlakat parlamenti quyi palatasida shuncha o‘rinni egallaydi. Yirik saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya o‘z nomzodlari ro‘yxatini ilgari suradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ovozlarning 4–5 foizlik eng kam miqdori o‘rnatiladi. Siyosiy partiyalardan qo‘yilgan nomzodlar ana shu belgilangan ovozlarni olganidan keyingina mandatlarni taqsimlashda ishtirok etadi. Saylovchilar bergan ovozlar avval deputatlik o‘rinlarining soniga bo‘linadi. Natijada bitta mandat uchun berilgan ovozlar soni ma’lum bo‘ladi. So‘ng har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu qiymat deputatning bir mandati uchun zarur bo‘lgan ovozlar soniga bo‘linadi. Buning natijasida mazkur partiyaga berilgan deputatlik o‘rinlarining soni kelib chiqadi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko‘pincha proporsional tizimda o‘tkaziladi. Shuningdek, bu tizim Belgiya, Shvesiya va boshqa ko‘p mamlakatlar uchun ham xosdir.
Proporsional saylov tizimining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiri¬tishimiz mumkin:
– kamchilikni tashkil etuvchi saylovchilarning ovozlari ham inobatga olinadi va unda ovoz olgan siyosiy partiyalar ham parlamentdan joy egallaydi;
– u fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishini, shuningdek, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlaydi.
Xullas, proporsional saylov tizimining majoritar saylov tizimidan farqi – majoritar saylov tizimida saylovchilar shaxsga ovoz beradi, ya’ni o‘sha okrugdan ko‘rsatilgan bir nechta deputatlikka nomzodlardan birini tanlaydi. Proporsional saylov tizimida esa saylovchilar shaxslarga emas, partiyalarga ovoz beradi. Saylovdan so‘ng qaysi partiya qancha ovoz olganiga qarab, deputatlik o‘rinlari taqsimlanadi va partiyalar o‘sha o‘rinlarga deputatlar ro‘yxatini o‘zlari tasdiqlaydi. Masalan, qaysidir partiya saylovda 40 foiz ovoz olsa, demak 75 ta deputatlik o‘rnining 40 foizini, ya’ni 30 nafar deputatni tasdiqlash huquqini qo‘lga kiritadi. Yoki, aksincha, qay¬sidir partiya, aytaylik, jami 8 foiz ovoz olsa, unda o‘sha partiyadan 6 nafar deputat tasdiqlanadi.

Aralash saylov tizimi
Aralash saylov tizimi mohiyatan ikkita tizimning birikmasi bo‘lib, bunda mandatlarning bir qismi proporsional tizim bo‘yicha (partiyaviy ro‘yxatlar bo‘yicha), ikkinchi qismi esa majoritar tizim (nomzodga ovoz berish) bo‘yicha taqsimlanadi. Aralash saylov tizimida mamlakat saylovchilarining 50 foizi partiyaviy ro‘yxatlarga, 50 foizi esa bir mandatli okruglarda siyosiy partiya ko‘rsatgan nomzodlarga ovoz beradi. Ushbu saylov tizimlarini birlashtirib turadigan omillardan biri ularning barchasida quyi palata a’zolarining ko‘ppartiyaviylik asosida umumxalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishidir. Hozirgi kunda Janubiy Koreya, Belgiya, Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlardagi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.
Mamlakatimizda 2024-yilda o‘tkazilishi belgilangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi aralash, ya’ni majoritar va proporsional saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Bunda 75 nafar deputat, avvalgidek, bevosita saylov orqali saylanadi, qolgan 75 nafar deputat esa saylovda olgan ovozlari soniga proporsional tarzda partiya bergan ro‘yxat asosida tanlanadi.