Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari orasida tamaki va nos chekis | MAKTAB️

Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari koʻpaygani maʼlum qilindi

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, respublikada 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 1,7 foizi tamaki chekadi. Oʻsmirlarning 7,7 foizi hayotida bir marta boʻlsa ham chekib koʻrgan. Ota-onalardan chekmaslik borasida farzandlariga namuna boʻlish soʻralmoqda. Bu haqda SSV ogohlantirish bilan chiqdi.

Maʼlum qilinishicha, 18-69 yosh oraligʻidagi Oʻzbekiston aholisining 16,5 foizi, shu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki chekadi. Aholining 9,9 foizi tutunsiz tamaki, oʻz navbatida tutunsiz tamaki chekuvchilarning 89 foizi esa nosvoy chekadi.

Qayd etilishicha, ushbu zararli odatlar maktab yoshidagi bolalar orasida ham uchramoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 1,7 foizi – oʻgʻil bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi.

Bunda oʻsmirlarning 7,7 foizi – 10 foiz oʻgʻil bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta boʻlsa ham chekib koʻrgan.

Statistikaga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni taʼsirida boʻlishadi.

Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi oʻsib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq taʼsir qiladi. Bu haqda sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari qatʼiy ogohlantirmoqda.

Taʼkidlanishicha, oʻsmir yoshdagilarga tamaki va uning boshqa shakllari toksik taʼsir qilib, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:

nafas olish yoʻllari – tomoq-burun, halqum, traxeya, bronxlar, oʻpkaga salbiy taʼsir koʻrsatadi;

oʻpkalarda yiliga 1 kggacha qatron yigʻiladi. Qatronlar kanserogen modda boʻlib, oʻpka saratonini rivojlantiradi. Chekuvchilarda surunkali bronxit, bronxoektaz va oʻpka emfizemasi rivojlanadi, bu esa nafas yetishmovchiligiga olib keladi;
koʻrish va xotira yomonlashadi, mushaklarning kuchi kamayadi;

yurakning muddatidan oldin qarishi ortadi, nerv hujayralari oʻladi;
teri quriydi, husnbuzarlar toshib ketadi;

tana oʻsishdan toʻxtaydi, eshitish pasayadi, uyqu buziladi;

jinsiy ojizlik, farzand koʻrish tizimida muammolar (erta bepushtlik), gormonal buzilishlar paydo boʻladi;
ateroskleroz, yurak miokardi infarkti, insult, gastrit va oshqozon-ichak yaralari bilan kasallanishlar kuzatiladi.
Bular sigaret, nos va snyus kabi oʻta zararli odatlarning zamonaviy tibbiyot tomonidan hozirgacha isbotlangan oqibatlari.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 1,3 milliardga yaqin odam muntazam ravishda chekadi yoki boshqa shakllarda tamaki isteʼmol qiladi. Erkaklarning taxminan 47 foizi va ayollarning taxminan 12 foizi chekadi. Chekishni erta boshlash va 20-yildan ortiq vaqt davomida muntazam chekish umr koʻrish davomiyligini 20-25-yilga qisqartirar ekan.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e