Get Mystery Box with random crypto!

CHET TILI FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN  ATTESTATSIYA JARAYONI 202 | Maktab | Rasmiy kanal

CHET TILI FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN  ATTESTATSIYA JARAYONI 2023-YIL 1-YANVARDAN QUYIDAGICHA BO‘LADI

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovlari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:

a) “tinglab tushunish” bo‘limi og‘zaki nutqni qabul qilish ko‘nikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

b) “o‘qish” bo‘limi o‘qilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

v) “yozma ish” bo‘limi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan mavzular bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan matnlarni tuzish mahoratini tekshiradi;

g) “gapirish” bo‘limi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va o‘z nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi qog‘oz blankalarda yoki kompyuterda (onlayn platforma orqali) o‘tkazilishi mumkin. Malaka sinovini o‘tkazish joyi Ta’lim inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.

Malaka sinovi qog‘oz blankalarda o‘tkazilganda, ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “yozma ish” bo‘limlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” bo‘limidan tashkil topadi.

Malaka sinovi tegishli maxsus dasturlar asosida kompyuterda o‘tkazilganda, barcha bo‘limlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.

“Tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida Ta’lim inspeksiyasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi nazorati ostida imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi va natijalari rasmiylashtiriladi.

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:
“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

Malaka sinovida:
“tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlarining har biri 30 ta savoldan;
“yozma ish” bo‘limi 120 — 150 ta so‘zdan iborat topshiriqdan;
“gapirish” bo‘limi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat bo‘ladi.

Ta’lim inspeksiyasi malaka sinovi natijalarini sinov yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmasdan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fanidan malaka sinovi har bir bo‘limining eng yuqori bahosi 20 ballni va barcha bo‘limlar uchun maksimal baho 80 ballni tashkil etadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5641270

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa