Get Mystery Box with random crypto!

SINF RAHBARLARI METODBIRLAShMASI TUGATILDIMI? Bizga ma’lumki, | Maktab | Rasmiy kanal

SINF RAHBARLARI METODBIRLAShMASI TUGATILDIMI?

Bizga ma’lumki, Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i bilan metodbirlashmalar faoliyati tasdiqlangan edi. Ushbu buyruqda sinf rahbarlari metodbirlashmasi haqida yozilib, uning maqsad va vazifalari belgilangan edi.

Lekin, 2022-yilning 5-dekabr kuni Xalq ta’limi vazirining 372-sonli “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyrug‘ bilan 2020-yildagi 183-sonli buyruq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.

Yangi 372-sonli buyruqda umumta’lim muassasalarida fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashmalar tuzish, uning maqsad vazifalarini belgilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan. Biroq, ushbu nizomda sinf rahbarlari metodbirlashmasi haqida yozilmagan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, sinf rahbarlari metodbirlashmasi endi mavjud emas.

Metodbirlashma rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarorining 26-bandi bo‘yicha to‘lanishi mumkin bo‘lgan 10% lik ustama ham faqat fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbarlariga to‘lanishi mumkinligi yozilgan. Shu boisdan sinf rahbarlari metodbirlashmasi tuzish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lishi mumkin.

Sinf rahbarlarining vazifalari Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug’i bilan belgilangan.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa