Get Mystery Box with random crypto!

MAKTABLAR REYTINGINI ANIQLASHDA TUMAN (SHAHAR) HOKIMLARI HAMDA | Maktab | Rasmiy kanal

MAKTABLAR REYTINGINI ANIQLASHDA TUMAN (SHAHAR) HOKIMLARI HAMDA ULARNING TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHILARI FAOLIYATIGA HAM BAHO BERILADI.

Reyting Vazirlar Mahkamasining qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini baholash uchun reytingni aniqlash quyidagi baholash mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda Finlyandiya, АQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya, Estoniya, Singapur, Gollandiya kabi davlatlarining ilg‘or tajribasiga muvofiq 8 ta indikator bo‘yicha jami 100 ballik tizimda taʼlim sifatiga baho beriladi:

11-sinf bitiruvchilari tomonidan OTMlarga kirishda to‘plagan o‘rtacha ballari (bunda bitiruvchi OTMga kirgani yoki kirmagani ahamiyatsiz)10 ball;

OTMga o‘qishga kirganlar salmog‘i – 10 ball; (Davlat OTM bilan birga O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy OTMning filiallari hamda xususiy OTM, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTM xam inobatga olingan)

O‘quvchilarining chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

11-sinf bitiruvchilarining bandligi – 10 ball;

O‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi– 10 ball;

Pedagoglarning sifati (salohiyati) – 20 ball (amaldagi malaka toifa sertifikatlari asosida);

O‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar hajmi – 10 ball;

Taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy va oʼquv tarbiyaviy muhit (Besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi – 10 ball (xalqaro va respublika tanlovlarining faqat 1-2-3 oʼrinlari inobatga olingan)

Reytingda yuqori natijaga erishgan hokimlar va ularning maslahatchilari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va pedagog xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi haqida avvaligi postlarimizda ma'lumot berganmiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa