Get Mystery Box with random crypto!

MAKTABLAR REYTINGI QUYIDAGI MEZON BO‘YIChA ANIQLANADI. Reytin | Maktab | Rasmiy kanal

MAKTABLAR REYTINGI QUYIDAGI MEZON BO‘YIChA ANIQLANADI.

Reyting Vazirlar Mahkamasining qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan umumiy oʼrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Bunda 7 ta yo‘nalishda jami 100 ballik tizimda baholanadi.

1. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi bitiruvchilarining  umumta’lim fanlari bo‘yicha
tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi, 20 ball

2. Umumiy o'rta ta’lim muassasasi o'quvchilarining bilim darajasi  ko'rsatkichi, 20 ball

3. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi o'quvchilarining
chet tillarni bilish darajasi ko‘rsatkichi, 10 ball

4. Umumiy o'rta ta’lim muassasalari  pedagoglarining sifat (salohiyat) ko‘rsatkichi, 20 ball

5. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o'qituvchilarining
chet tillarini bilish darajasi ko‘rsatkichi, 10 ball

6. Ijtimoiy so‘rovnoma natijalari, 10 ball

7. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasida ma'naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit
(O‘zbekiston Respublika Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida), 10 ball

Reyting natijalarini ommaviy axborot vositalarida va Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida har yili
1-sentabrga qadar
e’lon qilinadi.


Ushbu nizomning (345-son) to‘liq matni.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa