Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-04-25 13:01:28 USTAMA BO’YICHA

8-BO’LIM. SINFDAN TASHQARI ISHLAR


O‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va san’atga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borganligi sabab o’qituvchiga mazkur band uchun maksimal 15 ball beriladi. Sinfdan tashqari qilingan ishlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan 1 varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va 2 dona fotolavha ishchi guruhga taqdim etiladi.

Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 24-iyundagi 02-02/3-1305-sonli xatiga asosan sinfdan tashqari ishlari doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi kerak.

1.“Eng obod ta’lim muassasasi” ko’rik tanlovi;
2.Fan toʼgaraklari tashkil etish;
3.“Yoshlar teatr studiyalari”ni tashkil etish
4.Teatr, muzey, muqaddas qadamjolarga o’quvchilar sayohatini tashkil qilish;
5.“Yosh kitobxonlik klubi”ni tashkil etish;
6.Xor va ansambl jamoalarini tashkil etish;
7. 5 ta muhim tashabbus to’garaklari va tadbirlarini oʼtkazish;
8.Yozuvchi va shoirlar tavallud kuniga bagʼishlab mushoira kechalari va turli tadbirlar oʼtkazish;
9. O’quvchilar uchun yozgi ta’til davrida sog’lomlashtrish maydonlarini tashkil etish;
10.”Ekopatrul” loyihasi;
11.Gazeta va veb-saytlarda yangi yondashuv asosida qoʼshimcha mashgʼulotlar olib borilganligi yuzasidan maqollar chiqarish.
12.”Qizlarjon” sammiti;l
13. “Street Law” loyihasi


Shuningdek agar sinfdan tashqari ish sifatida maktab radiosida chiqish qilingan bo’lsa, uning elektron nusxasi tashqi qurilma xotirada CD-DVD disklarda, maktab gazetasida maqola chiqarilgan bo’lsa, maqolaning nusxasi ishchi guruhga taqdim etiladi.

Agar o’qituvchi tomonidan maktabning veb- sayti yuritilayotgan bo’lsa, ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etilmaydi. Ma’lumot uchun veb- sayt internet brauzuridan kiriladi va sayt nomi WWW. ---------.uz ko’rinishida bo’ladi.

Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot beramiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.7K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-04-25 12:01:37
#Tezkor
9-sinf va 11-SINF barcha fanlardan imtihon javoblari tarqaldi

• Tarix
• Fizika
• Ingliz tili
• Biologiya
• Geografiya
• Informatika
• Jahon tarixi
• Matematika
• Oʻzbekiston tarixi
• Ona tili va adabiyoti

Boshqa fanlarni yuklash
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
4.0K views09:01
Ochish/sharhlash
2023-04-25 07:32:15

IMTIHON BO'YICHA ESLATMA

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 6-mart kungi 46-sonli buyrugʻida 9-sinflar uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy imtihon 1-6-may kunlari o’tkazilishi belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan 9-sinflardagi jismoniy tarbiya fanini dars jadvalidan boshqa fan bilan almashtirishni va imtihon kuniga qadar jismoniy tarbiya fanini to’liq rejasini bajarishni ta’minlashingizni eslatib o’tmoqchimiz.

Imtihonga oid barcha hujjatlarni esa, ushbu havoladan ko’rishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
29.1K views04:32
Ochish/sharhlash
2023-04-24 17:38:16 Таълимни ривожлантириш республика илмий-методик маркази ташкил этилмоқда

Президент қарори (№128 20.04.2023й) билан Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг Таълимни ривожлантириш республика илмий-методик маркази ташкил этилмоқда.

Мазкур Республика маркази:

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Республика таълим марказининг 34 та штат бирлигини ҳамда фаолияти тугатилаётган Таълим сифатини баҳолашнинг халқаро тадқиқотлар миллий марказининг 18 та штат бирлигини;

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Олий таълимни ривожлантириш тадқиқотлари ва илғор технологияларни татбиқ этиш марказининг 10 та штат бирлигини қисқартириш ҳисобига ташкил этилади.

Марказнинг асосий вазифалари қилиб:

таълим жараёнига инновацион педагогик технологияларни, ўқитишнинг самарали шакл ва усулларини, таълим сифатини баҳолаш ва мониторинг қилишнинг замонавий тизимларини жорий қилиш;

мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари, шунингдек, қисқа муддатли, шу жумладан хусусий ўқув курслар (кейинги ўринларда - ўқув курслари)нинг таълим стандартлари, ўқув режалари ва дастурларига қўйиладиган талабларни ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш;

таълим ташкилотларида ўқитиш методикасини такомиллаштириш, замонавий талаблар ва илғор хорижий тажриба асосида янги дарсликлар ва ўқув-методик мажмуаларни нашр қилиш, тажриба-синовдан ўтказиш ва экспертиза қилишни ташкиллаштириш;

таълим ташкилотларининг раҳбар ва педагогик кадрларини тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишнинг илғор шаклларини жорий қилиш, ўқитувчиларнинг касбий маҳоратини узлуксиз ошириб бориш учун шарт-шароит яратиш;

таълим ташкилотларидаги ўқув-тарбия жараёнлари ва кадрларни тайёрлаш сифатини мониторинг қилишда, таълим олувчиларнинг билими таълим стандартлари ва талабларига мувофиқлигини таҳлил қилишда иштирок этиш, Ўзбекистон Республикасида таълим сифати соҳасида халқаро дастурлар ва тадқиқотлар ўтказилишини ташкиллаштириш;

таълим соҳасини ривожлантиришга қаратилган таҳлилий ва амалий тадқиқотлар ўтказиш, таълим жараёнида жаҳон илм-фани ва технологиялари ютуқларидан кенг фойдаланиш бўйича илмий ишланмалар ва тавсиялар тайёрлаш;

таълим соҳасидаги илғор амалиётни ўрганиш ва тизимли таҳлил қилиш ҳамда уни республикада жорий этиш бўйича комплекс чора-тадбирларни қабул қилиш, етакчи хорижий илмий-тадқиқот ташкилотлари билан алоқаларни ривожлантириш белгиланди.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.3K views14:38
Ochish/sharhlash
2023-04-23 20:17:42 KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.

DIREKTORning vazifalari:

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

O‘IBDO‘ning vazifalari:

elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;

fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;

o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;

fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.

MMIBDO‘ning vazifalari:

fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;

maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
3.4K viewsedited  17:17
Ochish/sharhlash
2023-04-23 19:00:20
Daromadingizni qanday qilib kamida 2 barobarga oshirsa bo'ladi?

Shaxsiy rivojlanib, hozir topayotgan daromadini ko'paytirib yanada baxtli yashashni xohlaydiganlar diqqatiga

Men 19 yillik tajribaga ega biznes trener va shaxsiy rivojlanish bo'yicha ekspert Mehriniso Nurullayevna sizlarni 3 kunlik "MUVAFAQQIYAT SARI 3 QADAM" nomli 3 kunlik bepul marafonimga taklif qilaman.

Bu marafonda siz quyidagilarni o'rganasiz:

1-kun
Emotsional intelektni rivojlantirib hayotda hech kimdan nimadur kutmay baxtli yashash qadamlari

2-kun
Daromad topish bo'yicha insonlarning 4 xil toifasi, qanday qilib ko'proq pul topish yo'llari

3-kun
Haqiqiy sevgiga kim loiq, nima uchun yaxshi ko'rganingizdan pand yiysiz?

Hoziroq quyidagi silka ustiga bosing va marafonda qatnashing
https://t.me/+RhLBIfQAN9MyYjAy
3.7K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-23 12:12:21 BILASIZMI, KUNDALIK.COM DA O’QITUVCHI QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI.

Xalq ta'limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug’iga ko’ra pedagoglar elektron kundalik jurnalini yuritishda quyidagi funksiyalarni bajaradi.

1-chorak boshida ish rejalarni kundalikka joylaydi (mavzularni kunligini-kunda kiritsa ham bo’laveradi). Bayram yoki ishlanmaydigan kundagi mavzularni tig’izlatadi.

2-darsda qatnashgan o’quvchilarni kamida 30% ni baholaydi. Bunda 1 smenalik maktablar soat 9.00-21.00 gacha bo’lgan muddatda, 2 smenalik bo’lgan maktablar joriy kundan ertasi kuni soat 13:00 gacha baholashi kerakdir. O’quvchilarni o’z vaqtida baholamaslik, o’qituvchini dars o’tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to’lanmaydi.

3-online tartibda kiritilgan baholarni 72 soat ichida o’zgartirish, qo’shimcha kiritishga ruxsat beriladi.

4-dars boshlanganda davomatni online tarzda kiritadi. Bunda faqat ikkita belgini qo’yadi. Kichkina “s” belgisi-o’quvchi sababsiz dars qoldirganda. Kichik “kq” belgisi-o’quvchi kech qolganda (baholash mumkin). Davomat bo’yicha qolgan belgilarni (s,dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) sinf rahbari kiritadi.

Shuningdek 205-sonli buyrug’da maktab rahbarlari va sinf rahbarining ham vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bu haqda avvali postlarimizda xabar bergan edik.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.6K viewsedited  09:12
Ochish/sharhlash
2023-04-23 10:59:34BUGUN ONLAYN TEST!
YUTUQ: 1.000.000 SO'M!

Bugun, 23-aprel kuni Oliygoh.uz platformasi va University of Management and Future Technologies oliygohi hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 38-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Umumiy sovrin: 1 mln so'm
G'oliblar soni: 20 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

Ma'lumot uchun, UMFT Universiteti - xalqaro standartlar asosida IT, iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Respublikadagi yirik nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biridir.

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
3.5K views07:59
Ochish/sharhlash
2023-04-22 20:35:56 USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak.

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.


Baholash mezonlari va shu o‘quv yilidagi tadbirlar ro‘yxatini ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.6K views17:35
Ochish/sharhlash
2023-04-22 18:24:47
Ўйин билдим дунёни
Онам қадрин билмадим
Билдим ҳамма балони
Онам қадрин билмадим

Шоир Хуршид Каримнинг шеърий каналига аъзо бўлинг

@Xurshid_Karim
@Xurshid_Karim
@Xurshid_Karim
@Xurshid_Karim
7.4K views15:24
Ochish/sharhlash