Get Mystery Box with random crypto!

​​#Krepeduz_qahramoni Oxirgi dars soatlarida ham energiya | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

​​#Krepeduz_qahramoni

Oxirgi dars soatlarida ham energiya bilan dars o'taman

Sobirova Barno Xadjiboyevna, 64-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

"Kreativ Pedagog" loyihasi o'ziga ishongan, o'z sohasining mohir ustasiga aylangan "kreativ" ustozlarni kashf etishda davom etmoqda. Bizning bugungi qahramonimiz ham ana shunday ustozlarimizdan biridir.

Barno ustozimiz 22 yillik ish tajribasiga ega bo'lishiga qaramasdan, o'zini rivojlantirishda davom etish pedagog uchun eng to'g'ri tanlov ekanligini tushungan o'qituvchilardan biridir. Chunki millat kelajagi hozirgi yosh avlodga qay darajada sifatli ta'lim berishga va ularni zamonaviy metodlar bilan o'qitishga bog'liq.

Ustozimiz o'zining kurs haqida fikrlarini quyidagicha bayon etdilar:

"Sizning" Kreativ Pedagog" kursida o'rgatgan metodlaringiz darslarimni juda ham samarali qilmoqda. Men darslarimda ,,Qarsak", "Avtofokus" va "Sohil koptogi" kabi metodlardan yosh avlodning ilmiga bo'lgan qiziqishini yanada orttirishda foydalanayapman.

Kursda o'rgatilgan "10 sekundlik nafas olish mashqi" esa, menga diqqat-e'tiborimni yanada oshirishga va oxirgi dars soatlarida ham charchoqsiz, energiya bilan dars o'tishimda yordam bermoqda".

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!