Get Mystery Box with random crypto!

Bolaning o‘qishga qiziqishi bo‘lmasa nima qilish kerak? Ko | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Bolaning o‘qishga qiziqishi bo‘lmasa nima qilish kerak?

Ko‘ngliga yo‘l toping

Darsda o‘qituvchining gapini eshitmaslik, ichki olamiga kirib ketish, mehrga tashna, yetarli e‘tibor ololmayotgan bolalar uchun xos. Bunday paytda o‘qituvchi ham, ota-onalar ham bola bilan munosabatda o‘zgacha yo‘l tanlashlari kerak. Bolani tanqid emas, qo‘llab-quvvatlash orqali yo‘lga solinadi. Bolaning arzimagan yutuqlarini ham inobatga olish shart!

Mehr ko‘zda va so‘zda

Bolaga shirinso‘z bo‘lish kerak! Kamchiliklarni ko‘rsatib, hadeb siltash o‘rniga ko‘proq boshini silang. Shu yo‘l bilan uni o‘zingizga yaqinlashtirasiz, asabiy taranglikni ham bartaraf etasiz. Bu borada ota-onasi bilan maslahatlashib ish ko'rish eng to'g'ri tanlovdir.

Ijodga yo'naltiring

Ichki olamiga sho‘ng‘ib ketmasligi uchun o‘z tuyg‘ularini ijod (rasm chizish, plastilindan buyum yasash) orqali namoyon qilishga undang. Bular tajovuzli harakatlardan chalg‘ishga yordam beradi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!