Get Mystery Box with random crypto!

Yangi ish haftasiga tayyorlanishning 6 usuli 1. Ortga surmasl | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Yangi ish haftasiga tayyorlanishning 6 usuli

1. Ortga surmaslik!

Barchamiz dam olish kunlarini yaxshi ko‘ramiz, biroq tugallanmagan ishlar kayfiyatimizni tushiradi. Uy vazifasini yakunlash, uyni tozalash, do‘konga borib kelish… oxiriga yetkazilmagan barcha ishlar bajarilishi lozim!

2. Bir hafta uchun ro‘yxat

Juma kunigacha yakunlash kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tayyorlang. Agar kundalik daftaringiz bo‘lmasa, uni xarid qiling. Har bir kun uchun vazifani yozish orqali hayotingizni ancha osonlashtirasiz.

3. Kiyishga kiyimim yo‘q!

Dushanba kuni kuzatiladigan mashhur muammolardan biri, shunday emasmi? Kiyimlaringizni bir hafta uchun oldindan tayyorlang. Bu erta tongda ishga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtni tejab, asablaringizni asraydi.  

4. Bir haftalik tushlikni rejalashtiring

Bir haftalik menyuni oldindan rejalashtirsangiz, hayotingizni bir necha ming marta osonlashtirgan bo‘lasiz.

5. Ish muhiti

Yangi hafta oldidan ish joyingizni tayyorlang va optimallashtiring.  Keraksiz buyumlar, qog‘ozlarni olib tashlang.

Ishoning, yuqorida aytilgan maslahatlardan bittasini bajarsangiz ham hayotingizni ancha yengillashtirasiz va bu yangi haftani maksimal darajada qulay boshlashga yordam beradi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!