Get Mystery Box with random crypto!

#ibratli Olim boʻlish uchun… Bir oʻsmir yigit bir olimnin | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#ibratli

Olim boʻlish uchun…

Bir oʻsmir yigit bir olimning oldiga kelib soʻradi:
Ustoz, sizday donishmand olim boʻlish uchun nima qilishim kerak?

Donishmand javob bermadi. Oʻspirin uning ortidan bir necha kun tinimsiz ergashib yurdi, savolini takrorlayverdi. Nihoyat olim unga “ortimdan yur!” degan ishora berdi-da, daryoga boshlab bordi. Suvga tushishdi. Shu payt donishmand oʻsmirning yelkasidan qattiq tutib, suvga botirdi. Bola bechora qutilishga ming chiranmasin, uddasidan chiqolmadi. Ozroq vaqt oʻtgach, olim uni qoʻyib yubordi. Oʻsmir oʻpkasini toʻldirib-toʻldirib nafas oldi, bir ozdan soʻng sal-pal oʻziga keldi. Shunda ustoz soʻradi:

– Bolam, suvda dimiqib turgan payting eng koʻp istagan narsang nima boʻldi?
– Havo! Faqat havoga yetishishni xohladim! – dedi oʻspirin hech ikkilanmay.
– Uning oʻrniga boylikmi, koʻngil ochishmi, kuch-qudrat yo sevgi-muhabbatmi istamadingmi? – deb soʻradi donishmand.
– Aslo yoʻq. Nafasim tugab, boʻg'iliib ketdim, faqat havo olishnigina istadim, xolos, – dedi oʻsmir shosha-pisha.

– Olim boʻlish uchun, boʻtalogʻim, – deb soʻzida davom etdi ustoz, – xuddi ana shunday xohish kerak. Sen boshqa maqsadlarni chetga surib, faqat shu yoʻlda harakat qilishing kerak. Bu maqsad kecha-yu kunduz xayolingni band etishi zarur. Agar olimlikka shunday gʻayrat bilan intiladigan boʻlsang, niyatingga albatta yetishasan.

Har qanday maqsadga yetish uchun ham, insonda eng avvalo kuchli xohish bo'lmoqg'i lozim!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!