Get Mystery Box with random crypto!

​​ Kreativ pedagog bo‘lishni nimadan boshlash kerak? Masal | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

​​ Kreativ pedagog bo‘lishni nimadan boshlash kerak?

Masalan, ko‘pincha "ertadan mana bu ishni qilishni boshlayman, bu kitobni ertadan o‘qishga kirishaman, yoki ertadan til o‘rganishni boshlayman" degan aldamchi fikrlar bilan o‘zimizni hotirjam qilib kelamiz!

Ammo, hech biri bajarilmasligi ayni haqiqat! Bu kasallikdan halos bo‘lishning oson yo‘li mavjud. Buning uchun siz boshlamoqchi bo‘lgan ishingizni qachon boshlanishi haqida emas, balki bu ishni qachon tugatishingiz haqida o‘ylang. O‘z o‘zidan sizda ijobiy impulslar uyg‘onadi!

His-hayajon bilan mustahkamlangan bilim harakatga teng. Harakat natijani taʼminlaydi. Faqat harakat ijobiy reaksiyani chaqiradi. Esda tutingki, rivojlanish, yuksalish uchun bugundan boshlashingiz kerak.

Yaxshi hayot uchun o‘zingizda biror-bir impuls hosil qiling. O‘zingizga nisbatan talabchan bo‘ling!

Kursga yozilish @Krepeduz_admin

Natijalar - @Ustozlar_fikri

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!