Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 68

2022-05-27 09:56:30 #Ibratli

Darz ketgan olmos

Bir ishbilarmon Janubiy Afrika davlatida tuxum sarig‘i hajmicha keladigan olmos sotib olibdi. Bir qancha vaqt o‘tib qarasa, qimmatbaho tosh ichida yoriq bo‘lib, bu olmosning yangi sohibini qayg‘uga solibdi.
Tadbirkor biror maslahat olish ilinjida toshni endi nima qilish kerakligini so‘rab, zargarga ko‘rsatibdi. Usta olmosga zavq bilan tikilib, boshini sarak-sarak qilibdi:

— Toshni ikki bo‘lakka bo‘lish mumkin. Natijada, hozirgi holatidan ancha qimmat qiymatga ega ikki olmos yuzaga keladi. Biroq muammo shundaki, ehtiyotsizlik bilan urilgan zarba buni hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan bir hovuch maydalangan tosh uyumiga aylantirishi ham mumkin. Men bu xavfli tavakkalni zimmamga ololmayman, tadbirkor ish yuzasidan ko‘plab mamlakatlarga safarga borar va u yerdagi zargarlardan ham huddi yuqoridagi javobni eshitar edi. Bir kishi unga Amsterdamdagi keksa zargarga murojaat qilishini maslahat beribdi.

... davomi keyingi sonda

Hikoyaning davomini o'qishni xohlasangiz pastga reaksiya qoldiring!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.9K views06:56
Ochish/sharhlash
2022-05-27 06:05:00 #tongi_motivatsiya

Kun bugundir...

Tong otgach, tunni kutmagin, yaxshi-yomon o‘tgan kechagi kunni emas, hali kelib ulgurmagan ertani ham emas, yashayotgan buguningni o‘ylagin.

Quyoshi charaqlagan bu kun - sening kuningdir, bir kunlik umr... Go‘yo bu kunda tug‘ilib, shu kunda o‘ladigandek, bugungi hayotingni bugun uchun bag‘ishlagin. Shundagina sening hayoting o‘tmish g‘am-tashvishlari, kelajakning xatarnok sharpalariga to‘qnash kelmaydi.

Kun buguningdir, bu so‘z hayotni go‘zal suratda ko‘rishni istagan inson uchun, saodat lug‘atida eng go‘zal so‘zdir. Barcha ijod, mehnatlaringni buguning uchun sarflagin.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.0K views03:05
Ochish/sharhlash
2022-05-27 03:04:00
Assalomu alaykum, aziz dindoshlar!

Barchangizga Sayyid-ul ayyom JUMA muborak bo'lsin!

Ushbu qutlug' kunda Alloh yuzingizga nur, qalbingizga huzur, xonadoningizga rizq-u baraka ato etsin!

Kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
805 views00:04
Ochish/sharhlash
2022-05-26 17:09:16
26. 05. 2022-yil

Bugun "Kreativ Pedagog" oilasining 032-guruh bitiruvchilari Kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi


25-apreldan 25-mayga qadar 1 oy davomida "Kreativ Pedagog" kursini 032-guruhimiz tugatishdi va Bonus va Sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Ushbu guruh bitiruvchilariga qo'shimcha bonus kitobchamiz ham qo'shib berildi

Vaqtida o'rganilgan bilimlar ertaga albatta bizga yordam beradi. Ajoyib natijalar, ehtirom va yuksak marralar sizni ko'p kuttirib qo'ymaydi. Faqat sizdan vaqtida to'g'ri qaror qabul qilish, o'rganishdan to'xtamaslik talab etiladi

"Kreativ Pedagog" - bu yuksalishni istagan haqiqiy lider pedagoglar maktabi!

@Krepeduz - Elita o'qituvchilar qatlami!
2.7K views14:09
Ochish/sharhlash
2022-05-26 14:05:00
#bilasizmi

Qo'l yozuvi xotira mashqida yordam beradi!

Norvegiyalik olimlar professor Anne Mangen va neyrofizyolog Jan-Lyuk Velay tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, qo'l yozuvi xotirani mashq qildirishga yordam beradi.

Olimlarning tajribalarida ko'ngillilardan noma'lum alifboni o'rganishni so'rashdi. Ba'zilar xatlarni qo'l bilan o'rgangan va yozgan, boshqalari klaviaturadan foydalangan.

Bir hafta o'tgach, ko'ngillilarning bilimlarini tekshirgandan so'ng, qo'l bilan yozganlar alifboni yaxshiroq o'rganishganligi maʻlum boʻldi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali?
3.6K views11:05
Ochish/sharhlash
2022-05-26 09:41:10 Qanday qilib o'qishga kirish uchun mustaqil tayyorlanish mumkin?

Vaqtingizdan unumli foydalaning. Imtihonga tayyorgarlik davomida kerakli fanlardan o'rganilish lozim bo'lgan ma'lumot ko'lamiga asoslanib, o'zingizga jadval tuzib oling. Bu sizga tayyorlanish davrida sizni shoshilib qolishdan va ortiqcha asabiylashishdan saqlaydi, chunki siz hammasi rejaga asosan borayotganini his qilib turasiz. Imtihonga tayyorlanaman, deb uyqudan butunlay voz kechmang.

Darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni to'g'ri tanlang. Bu borada to'g'ri tanlov qilish uchun atrofdagi tajribali abituriyentlarning fikridan foydalansangiz ma'qul. Agar o'zingiz tanlashingizga to'g'ri kelsa o'quv qo'llanmani ko'zdan kechiring, undagi ma'lumotlar va testlarda xatoliklar yo'qligiga ishonch hosil qiling.

Dars qilish uchun joyni tayyorlab oling. Sizning dars qiladigan joyingiz yorug', quyosh nuri tushub turadigan, ortiqcha shovqinlardan iloji borisha holi joy bolishi kerak. Fikrni bir joyga jamlashga halaqit beradigan buyumlardan holi joy tanlab u yerni jihozlang. Bu borada dars qilish uchun partadan muhimroq narsa bu kitob-daftarlaringiz saqlanadigan javondir.

 Faqat ta'lim olish bilan cheklanib qolmang. Agar siz imtihonga tayyorlanish davrida vaqtingizni sport yoki biron hunar o'rganishga ham ajratsangiz sizning xotirangiz mustahkamlanadi va o'quv jarayoningiz muvaffaqiyatliroq bo'ladi, chunki uzoq vaqt tinimsiz ravishda ta'lim olish miyangizni charchashiga olib keladi.

O‘zingizni muntazam ravishda sinov testlari bilan sinab turing. Shunda siz qaysi mavzuda bilimlaringiz yetarli emasligini bilib olasiz, ruhiy jihatdan ham testlarga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lasiz.

 Imtihonlarga oz vaqt qolganida imtihonda o'zini qanday tutish kerakligi haqidagi ma'lumotlar bilan Uz-Testda tanishib boring.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K views06:41
Ochish/sharhlash
2022-05-26 06:37:28
#tonggi_kulgu

Imtihon zo‘r o‘tdi!

Telefon qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan o‘g‘ilga otasi xabar yozmoqda:

“O‘g‘lim, bitiruv imtihonlaring qalay o‘tdi? Javobingni kutaman!”

O‘g‘li javob yozyapti:
Imtihon zo‘r o‘tdi! Ustozimga yoqdi. Kuzda yana takrorlashimni so‘radi!”

Siz-chi?! Imtihonga qay darajada tayyorsiz?

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.0K views03:37
Ochish/sharhlash
2022-05-25 13:51:51 Muvaffaqiyat - bu...

Muvaffaqiyat bu - o‘rganishning mevasi.

O‘rganish esa - qiziqishning mevasi.

Agar siz biror narsaga judayam qiziqsangiz...

Oxir-oqibat o‘sha narsa bo‘yicha muvaffaqiyatga erishasiz.

O‘sha narsaga qanchalik ko‘p qiziqsangiz...

O‘sha narsa bo‘yicha shuncha ko‘p muvaffaqiyatga erishasiz.

Qaysi sohada bo‘lishingizdan qatʼiy nazar...

100% KUCHINGIZNI BERING.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.7K views10:51
Ochish/sharhlash
2022-05-25 09:44:53 #fikrlang

​​O’g’ri ikki xil bo’ladi:

1. Odatiy o‘g‘ri.
U sendan molingni, telefoningni, mashinangni, pulingni... o‘g‘irlaydi.

2. Ma’naviy o‘g‘ri.
U sendan vaqtingni, kelajagingni, orzuyingni, ta’limingni, sog‘lig‘ingni, quvvatingni...o‘g‘irlaydi.

Bu ikkisining ajoyib farqi shundaki, birinchisi seni tanlaydi. Ikkinchisini esa sen tanlaysan.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.0K views06:44
Ochish/sharhlash
2022-05-25 07:10:48
So'nggi qo'ng'iroq muborak!

Bugungi maktab bitiruvchilari uchun "so'nggi qo'ng'iroq" hayotning yangi bosqichining boshlanishidir. Ularning oldida katta dunyo va imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.

Aziz o'quvchilar, sizlarni katta dunyo ostonasiga qo'ygan ilk qadamingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizga keyingi o'qishlarda va professional faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Biz ishonamizki, barchangiz kelajakda o'zingiz tanlagan kasbining mahoratli ustasi bo'lib yetishib, Vatanimiz ravnaqi uchun o'z hissangizni qo'shasiz! Shu kabi buyuk va ezgu maqsadlar yo'lida hechqachon charchamang! Biz sizga ishonamiz!

Hayotning eng yuksak yutuqlari hamisha sizga hamroh bo'lsin!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.1K views04:10
Ochish/sharhlash