Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 69

2022-05-24 21:23:14 Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigi e’lon qilindi

«Hech qachon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va mas’uliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, ko‘zlagan cho‘qqilarga albatta erishasiz» — Shavkat Mirziyoyev

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.7K views18:23
Ochish/sharhlash
2022-05-24 14:39:26
#mulohaza

Dunyoqarash

Ikki aka — uka bor edi. Akasi sahiy, omadli va boy, ukasi esa qotil, yomon inson bo’lgan ekan. Sud oldidan jurnalistlar qotil ukaga savol berishdi:
— Qanday qilib jinoyat yo’liga kirib qoldingiz?
Meni bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi?!

Keyin jurnalistlar akani savolga tutishdi:
— Siz shuncha yutuqlarga qanday qilib erishdingiz?
Mening bolaligim og’ir o’tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo’lishim mumkin edi…?!

Xulosa, o'zingizdan!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K viewsedited  11:39
Ochish/sharhlash
2022-05-24 09:35:00 #qiziqarli

“Amerikacha bitiruv kuni” qanday o‘tadi?

Amerikada 1920 yillarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalingandan keyin bitiruvchilar sayohatga chiqishgan. 30 yillarga kelib, Amerikada bitiruvchilar sayohat, o‘yin va musobaqalar tashkil qilib, bitiruv kunini nishonlashni boshlagan.

Hozir Amerikada maktabda bitiruv kunini tashkil etish Amerika Ta'lim Kengashi tomonidan tartibga solinadi: Bunda ta'lim muassasalari rioya qiladigan ko‘rsatmalar bor. Bayramlar stadion, maydon va ochiq o‘tloqda o‘tkaziladi. So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bitiruvchilarning 5 daqiqagacha kechikishiga ruxsat berilgan.

Shuningdek, bitiruvchilar, qora xalat va akademik bosh kiyimida diplom olishadi: Ularni kuzatish uchun ota-ona va yaqinlari ham bayramga tashrif buyuradi. Marosim yakunida bitiruvchilar bosh kiyimlarini tepaga uloqtirishadi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.3K views06:35
Ochish/sharhlash
2022-05-24 06:41:21
#tonggi_kulgu

Ikki talaba dekanat oldida o’tgan yilgi sessiyani topshirish ilinjida turishardi.

Ulardan biri yozdi: «Menga sessiyani topshirishga ruxsat berishingizni so’rayman!»

Ikkinchisi:

— Jinni, so’rayman deganing o’tmaydi. Yalinaman deb yoz!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.2K views03:41
Ochish/sharhlash
2022-05-23 16:50:12 Tanqid

... davomi

- Ustoz, mendan rassom chiqmaydi! Qarang, eng mukammal deb hisoblagan rasmim ham odamlarga yoqmabdi.

Ustoz qarasa rasmning hamma joyiga qizil bilan chizib tashlangan, qizil qalam tegmagan joyi yo‘q hisobi. Shunda shogirdini ovutish uchun ustoz yana bitta topshiriq beribdi.

- Endi qizil qalamlarni o‘chirib tashlagin-da, shu rasmni o‘sha gavjum joyga yana ilib qo‘y, ammo bu safar rasmning yonida qizil qalam emas, mo‘yqalam bilan ranglar idishini qoldir va shu satrlarni yoz: «Rasmga e'tirozi borlar mo‘yqalam bilan o‘sha e'tirozni tuzatib qo‘ysin!»

Shogird chiqib ketibdi. Bir kun, ikki kun, bir hafta, bir oy vaqt o‘tibdi. Ammo rasmga bironta odam o‘zgartirish kiritmabdi. Shogird buni tushuna olmay turganida ustozi unga so‘nggi maslahatini ilinibdi:

- Ko‘rdingmi! Odamlar shunaqa, tanqid qilish so‘ralsa hamma o‘zini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi, ammo tuzatishga kelganda hammalari jim bo‘lishadi.

Unutma, biron narsani tanqid qilishdan avval o‘rniga nima bera olishing mumkinligini o‘yla. Yo‘qsa, tanqid qilma!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.9K views13:50
Ochish/sharhlash
2022-05-23 13:35:00 #mulohaza

Tanqid

Bir shogird uzoq fursat mashhur rassomning qo‘lida ta'lim olibdi va kasb mahoratini egallab olgach, ustozidan oq fotiha berishni so‘rabdi.

- Ijozat bersangiz, men ham mustaqil ish boshlasam, o‘rganganlarimni amalda tadbiq etsam…

Ustoz javob beribdi:

- Sen mening eng yaxshi shogirdimsan, juda ko‘p narsani o‘rganding. Ammo mustaqil ish boshlashingdan oldin so‘nggi maslahatim bor. Buning uchun borgin-da, eng yaxshi rasmingni chizib kel!

Shogird ustozining oldidan mamnun holda chiqib, bor mahorati bilan zo‘r rasm chizibdi. So‘ng uni ustozining oldiga olib kelibdi. Ustozi rasmni ko‘rib, shogirdiga topshiriq beribdi:

- Endi shu suratni shaharning eng gavjum joyiga olib borib ilib qo‘y va yoniga qizil qalam qo‘yib, shu satrlarni yoz: «Rasmga e'tirozi borlar qizil qalam bilan o‘sha e'tiroz o‘rniga belgi qo‘ysin!»

O‘z rasmining mukammalligiga shubha qilmagan shogird ustozining aytganini bajaribdi va ikki kundan so‘ng ko‘z yosh bilan qaytib kelibdi:

Hikoyaning davomini o'qishni xohlasangiz pastga reaksiya qoldiring!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K views10:35
Ochish/sharhlash
2022-05-23 09:41:39 So'nggi qo'ng'iroq tarixi haqida bilasizmi?

Ta'lim muassasalarida dastlabki qo‘ng‘iroqlardan foydalanish Qadimgi Yunonistonda boshlangan. Birinchi qo‘ng‘iroq Aflotun akademiyasida joriy qilingan. Aflotun foydalangan qo‘ng‘iroq biz bugun ko‘rib turgan qo‘ng‘iroqlardan ancha farq qilgan. Unda jarang hosil qilish uchun suv va naydan foydalanilgan. Olim 2ta kemani naycha bilan bog‘laydi. Bir kemadan keladigan suv nay orqali ikkinchisiga o‘tayotganda ovoz chiqqan va jarang hosil bo‘lgan.

XVII asrga kelib, qo‘ng‘iroq uchun yangi tizimdan foydalanishga o‘tiladi. Chexiyalik o‘qituvchi Yan Amos Komenskiy darslarni qo‘ng‘iroq bilan tugatish g‘oyasini ilgari surib, sinfda ko‘chma yoki statsionar qo‘ng‘iroqdan foydalangan. XX asrga kelib, qo‘ng‘iroqning ancha takomillashgan turi – elektr qo‘ng‘iroqlar keng tarqaldi.

So‘nggi qo‘ng‘iroqni 25 may sanasida nishonlash 1948 yilda Rossiyada boshlangan. Bu an'ana Krasnodar shahridagi 182-maktab direktori Fyodor Bryuxovetskiy tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bilimlar kuni, maktabda navbatchi sinflarni tashkil qilish, 1-sinf o‘quvchilari uchun alifbo bilan xayrlashish kabi an'analarni ham Fyodor Bryuxovetskiy olib kirgan. Keyinchalik bu g‘oyalar butun ittifoq bo‘ylab yoyilgan va ularning aksari hozirgacha davom etadi

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
8.0K viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2022-05-23 06:37:38
#tonggi_kulgu

Omad

So‘nggi qo‘ng‘iroqdan uyga qaytgan bola otasini yoniga kelib debdi:
— Dada omadingiz bor ekan!
— Nimaga unaqa deyapsan o‘g‘lim?
— Kelasi yil menga yangi darsliklar sotib olmaysiz. Meni 6-sinfda qoldirishdi. Yana qayta o‘qiydigan bo‘ldim.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.2K views03:37
Ochish/sharhlash
2022-05-22 17:02:40 ​​#Kreped_news

"Kreativ Pedagog" kursi bo'yicha eng so'nggi yangiliklar:

1. Qadrli ustozlar, e'tiboringizga yana Kurs faoliyatiga oid eng so'nggi yangiliklarni taqdim etamiz. O'tgan va kelayotgan haftadagi qaynoq yangiliklardan bahramand bo'ling;

2. May oyi 034-guruhiga darslar 16-may kunidan boshlandi. Ushbu guruhga bir haftalik darslar ham bo'lib o'tdi. Ushbu guruhga qabul Bugun 19:00 da yopildi.

3. O'tgan hafta kursni 031-guruhimiz yakunladi. Ushbu guruhdagi o'qituvchilarimiz ham a'lo natijalar qayd etishdi. Buni Ustozlar fikri tasdiqlab turibdi;

4. Krepeduz'da yangi kanal faoliyat yuritishni boshladi. Kursimizni ajoyib natija bilan tugatgan, darsida samarali foydalangan o'qituvchilarimizni Krepeduz qahramoni kanalimizda yoritib boramiz;

5. Kanalimizni kuzatib boring, hamkasblaringizni ham taklif eting va kreativ o'qituvchi bo'ling. Kanalimizda "Yoz-2022" dasturi faoliyatini boshlamoqda. Foydali maqolalar, qiziqarli ma'lumotlar sizlarni kutmoqda!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.2K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2022-05-22 13:37:32 Imtihonga samarali tayyorlanish uchun muhim bo'lgan 12 ta qoida

... davomi

7. Oʻqituvchiga aylaning

Oʻzlashtirganlaringizni boshqalarga oʻrgatishga harakat qiling. Bunda xotira va yodlash qobiliyati keskin oshadi. Sababi siz mavzuni boshqalarga tushuntirib berishingiz uchun uni, birinchi navbatda, oʻzingiz yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishingiz talab etiladi.

8. Telefonni yashirib qoʻying

Zamonaviy dunyoda smartfonlar eng yaqin yordamchi ekani borasida bahslashishdan foyda yoʻq.
Biroq imtihonga tayyorgarlik davrida smartfonlar eng katta chalgʻituvchiga aylanishi mumkin.

9. Kamroq musiqa, koʻproq sukunat

Baʼzilar musiqa sadosi yoki quloqchin bilan dars tayyorlashni xush koʻradi. Biroq bu maʼlumotlarni miyada oʻzlashtirishga xalal berishi mumkin. Dars payti atrofda sukunat hukmron boʻlishini taʼminlashga urining.

10. Toza havo va badantarbiya

Dam olishsiz oʻtgan tayyorgarlik - besamar yumush. Miyaga dam berish, toza havoda sayr qilish va badanni chiniqtirish yuqori natija garovidir.

11. Toʻyib uxlang

Imtihondan bir kun oldin tiniqib uxlashingiz zarur boʻladi.
Tayyorgarlik davrida, imkon qadar, ertaroq yotishga harakat qiling. Shunda, toʻyib uxlaysiz va barvaqt tura olasiz, kun boʻyi rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirishga ulgurasiz.

12. Xotirjam va pozitiv boʻling

Oʻqishga kirishda raqobat qanchalik kuchli boʻlmasin, bu tushkunlikka berilishingizga asos boʻlmasligi lozim. Shunchaki yuqoridagi maslahatlarga amal qiling va muvaffaqiyatga erishing.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.1K views10:37
Ochish/sharhlash