Get Mystery Box with random crypto!

#tongi_motivatsiya Kun bugundir... Tong otgach, tunni | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#tongi_motivatsiya

Kun bugundir...

Tong otgach, tunni kutmagin, yaxshi-yomon o‘tgan kechagi kunni emas, hali kelib ulgurmagan ertani ham emas, yashayotgan buguningni o‘ylagin.

Quyoshi charaqlagan bu kun - sening kuningdir, bir kunlik umr... Go‘yo bu kunda tug‘ilib, shu kunda o‘ladigandek, bugungi hayotingni bugun uchun bag‘ishlagin. Shundagina sening hayoting o‘tmish g‘am-tashvishlari, kelajakning xatarnok sharpalariga to‘qnash kelmaydi.

Kun buguningdir, bu so‘z hayotni go‘zal suratda ko‘rishni istagan inson uchun, saodat lug‘atida eng go‘zal so‘zdir. Barcha ijod, mehnatlaringni buguning uchun sarflagin.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!