Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 67

2022-05-29 15:47:53 #mulohaza

Aqlli himoya

Yoshi ulg‘ayib qolgan jang san’ati ustasi qaytib maydonga tushmaslikka qaror qildi. Biroq bir kuni yosh, manman polvon uni olishuvga chorladi. Usta bunga e’tibor bermay, jim o‘tiraverdi. Yosh jangchi endi uni masxaralashga, ajdodlarini haqoratlashga tushdi. Ammo bu ham natija bermadi.

Oxir-oqibat yosh polvonning hafsalasi pir bo‘lib, indamay qoldi.

Ustozning shogirdlari uning xatti-harakatidan hayron qolishdi, ayrimlari esa ta’na ham qilishdi:

– Nahot sizga o‘zingizning yoki ajdodlaringizning sha’ni qadrli bo‘lmasa?!

Ustoz bu savolga savol bilan javob berdi:

– Agar sizga biror narsa sovg‘a qilishsa-yu, uni olmasangiz, hadya kimda qoladi?

– Egasining o‘zida qoladi-da! – deyishdi ular.

– Hasad, g‘azab va nafrat ham xuddi shunday. Agar biz uni qabul qilmasak, u o‘z egasida qoladi.
Xulosa o'zingizdan!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.0K views12:47
Ochish/sharhlash
2022-05-29 10:35:00 #maslahat

Dam olish kunini qanday o'tkazish kerak?

Uzoq kutilgan dam olish kuni keldi va uning kelishi bilan foydali va samarali dam olish haqidagi barcha g'oyalar va fikrlar g'oyib bo'ldi. Natijada, dam olish kuni iz va xotira qoldirmasdan, hech qanday foyda keltirmasdan o'tadi. Xo'sh, bu vaziyat sizga tanishmi?

Gap shundaki, hayotning yuqori tezligiga ko'nikib, biz qanday qilib to'g'ri dam olishni bilmaymiz, dam olishni va stressdan uzoqlashishni unutamiz. Masalan, oddiy odamlar ko'pincha dam olish kunini: ba'zi uy ishlarini qilish, kun bo'yi televizor yoki monitor oldida o'tirish yoki butunlay bo'sh bo'lib ko'p uxlash bilan o'tkazishadi.

Albatta, bu narsalar ham kerak, lekin ularga qimmatbaho va yagona dam olish kunini bag'ishlamang! Hech bo'lmaganda bu bo'sh vaqtning bir qismini boshqa yo'l bilan o'tkazish yaxshiroqdir.

Xo'sh, ruhiy va jismoniy dam olish uchun dam olish kunida nima qilish kerak? O'zingizga g'amxo'rlik qiling. So'zning to'liq ma'nosida, bo'sh vaqtingizni jismoniy va ruhiy kuchni tiklashga bag'ishlang. Misol uchun, siz ertalabni mashg'ulot bilan boshlashingiz, o'zingizni sog'lom nonushta bilan siylashingiz, xarid qilishga, do'stlar bilan uchrashuvga, cho'milish havzalariga yoki ayol kishi bo'lsangiz, go'zallik saloniga borishingiz mumkin.

Eng muhimi shundaki, dam olish kunidan unumli foydalanish, o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirish, keyingi ish haftasi uchun motivatsiya darajasini oshirish uchun hamma narsa qilishingiz mumkin!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.4K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-05-29 09:58:04
Siz dam olish kunini qanday o'tkazasiz?
Anonymous Poll
84%
Uy ishlarini qilaman
5%
Do'stlarim bilan uchrashaman
7%
Kuni bilan uxlayman
3%
Televizor ko'raman
951 voters3.0K views06:58
Ochish/sharhlash
2022-05-29 06:07:22 ​​#kun_iqtibosi

Millat sifatida bizning taraqqiyotimiz batamom taʼlim sohasidagi taraqqiyotga bog‘liq....

Djon Fisdjerald Kennedi
AQSHning 35-Prezidenti


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K views03:07
Ochish/sharhlash
2022-05-28 16:09:37
#bilasizmi

Bugun 28-may - xalqaro Pofigistlar kuni ekan!

Insonlar odatda to'rt turga bo'linadi: optimist, pessimist, realist va pofigist!

Pofigist- bu hayotga, uning jarayonlariga, hodisalariga befarq qaraydigan odam. U voqeaning oqibati qanday bo'lishidan tashvishlanmaydi, va bu haqda hech qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirmaydi. "Nima bo'lsa ham menga baribir" - bu ularning shiori.

Ular har bir arzimas narsa haqida qayg'urmaydilar hech narsaga ahamiyat bermaydilar, bezovtalanmaydilar va g'azablanishlari umuman mumkin emas. Pofigistlar tinch va o'lchovli hayot kechirishadi. Ular to'g'ri qaror qabul qilishadimi yoki yo'qmi bu haqida o'ylamaydilar.

Yaqinlaringizga ulashing!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.7K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-05-28 14:14:03
Yuqoridagi maslahatga muvofiq, o‘quvchilaringizning necha foizi OTM ga topshirmoqchi?
Anonymous Poll
7%
10% - 20%
10%
20% - 40%
15%
40% - 60%
27%
60% - 80%
41%
80% - 100%
361 voters2.5K views11:14
Ochish/sharhlash
2022-05-28 13:35:00 #maslahat

Imtihonlardan qo'rqmang!

Agar imtihonlardan yiqilsangiz, bu hayotingiz buzilib ketadi degani emas. Vaqt o‘tib, yaxshilikka bo‘lgan ekan, deb o‘ylab qolishingiz ham mumkin.

Imtihonlarda vahimaga tushmang. Agar qaysidir savolga qanday javob bo‘lishini umuman bilmasangiz ham xotirjamlik bilan keyingi savolga o‘ting. Miyangiz imtihon oxirida yo‘q joydan o‘sha savolga javob topishi ham mumkin.

Imtihon kuni ertalab miyangizni tinchlantiring. Kuningizni badantarbiya va kitob o‘qishdan boshlang. Bu tashvishlantiradigan o‘y-xayollardan uzoqlashishga yordam beradi. Ham e’tiboringizni bir joyda yaxshiroq saqlay olasiz.

Imtihonlarga tayyorlanishda xato qilishdan qo‘rqmang. Savol berayotganingizda ahmoq bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqmang. Qancha ko‘p xato qilsangiz, shuncha yaxshi. Oddiy bilimlar bilan bilib bo‘lmaydigan ma’lumotlarni tushunib olasiz. Hayotda ham shunday. Xato qilishdan qo‘rqmang

Yuqorida keltirilgan maslahatlar maktabni bitiruvchilar uchun judayam foydali. Ustoz sifatida o'quvchilaringizga shu kabi maslahatlar bering va o'ziga bo'lgan ishonch hissini yanada orttiring!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.0K views10:35
Ochish/sharhlash
2022-05-28 09:05:00 ​​#Krepeduz_qahramoni

O'z fanimni bilsam ham, sinf bilan ishlashga qiynalar edim...

Azimova Surmaxon, Farg‘ona viloyati Rishton tumani 30-IDUM Biologiya o‘qituvchisi

Bizning bugungi qahramonimiz yosh bo'lishiga qaramasdan yetarlicha malakaga ega bo'lgan va o'zini rivojlantirish uchun tinmasdan mehnat qilayotgan jonkuyar ustozlarimizdan biridir.

Nima deb o'ylaysiz, ustozimizni shu vaqtgacha qanday muammolar qiynab kelgan? Keling, yaxshisi buni ustozimizning o'zlaridan so'ray qolamiz:

"Men har doim o‘qituvchilar uchun dars o‘tishda qo‘llaniladigan texnologiya, o‘yin va metodlarni izlardim. Lekin darsliklardagi metodlar biroz murakkab va tushunarsizdek edi. Malaka oshirish kurslarida ham bunday ma‘lumotlar berilmas edi. Va nihoyat, " Kreativ Pedagog" kanalini uchratib qoldim va kurslaringizga qo‘shildim.

Kurs davomida juda ko‘p pedagogik texnalogiyalarni o‘rgandim. Ularning soddaligi va qo‘llash uchun qulayligi diqqatga sazovordir. Men o'rgangan texnika va metodlarimni darslarda qo‘llashni boshladim va natijasi ajoyib darajada. Tavsiyam bu kurslarni hududiy Malaka Oshirish muassasalariga ham targ‘ib etish kerak.

O‘z fanim bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lsam ham, lekin sinf bilan ishlashga qiynalar edim. Bunda siz bergan tavsiyalar juda samarali bo‘ldi. Bu ma‘lumotlar tagida katta mehnat borligi ko‘rinib turibdi va menga juda foydali bo‘ldi. Barchangizga samimiy minnatdorchilik bildirib qolaman! "

Biz ham ustozimizning samimiy fikrlaridan minnatdormiz va ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.4K views06:05
Ochish/sharhlash
2022-05-28 06:05:00 ​​#kun_iqtibosi

Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi.
Agar suv harakatlanib turmasa ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz, beradi.

Leonardo Da Vinchi

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.3K views03:05
Ochish/sharhlash
2022-05-27 13:26:35 Darz ketgan olmos

Davomi...

Ishbilarmon shu soatning o‘zidayoq Amsterdamga uchib boribdi. Zargar toshni monoklda diqqat va qiziqish bilan ko‘zdan kechirib, xavf haqida ogohlantira boshlabdi. Tadbirkor uning so‘zlarini bo‘lib, bu haqda eshitganini va buni yoddan bilishini aytibdi. Zargar ishni zimmasiga olib, xizmat haqini aytibdi.

Olmos sohibi rozi bo‘lganidan so‘ng, donishmand usta ancha uzoqroqda o‘z ishi bilan shug‘ullanib o‘tirgan yosh shogirdini chaqiribdi. Yigit toshni kaftiga qo‘yibdi-da, bolg‘acha bilan bir urib, teng ikkiga bo‘libdi va hatto nazar tashlamasdan zargarga qaytarib beribdi. Hayratda qolgan mehmon so‘rabdi:

— Bu yigitcha sizda qachondan beri ishlaydi?
— Bor-yo‘g‘i uch kun bo‘ldi. U bu toshning haqiqiy qiymatini bilmaydi. Shu sababli uning qo‘llari dadil bo‘lib, umuman qaltiramadi.

Xulosa

Hayotdagi barcha qiyinchiliklarni yechimi oson va oddiy masalalar kabi qabul qiling, aksincha, yengib bo‘lmas muammolarni o‘zingizcha kashf etmang.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.2K views10:26
Ochish/sharhlash