Get Mystery Box with random crypto!

#Ibratli Darz ketgan olmos Bir ishbilarmon Janubiy Afrika | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#Ibratli

Darz ketgan olmos

Bir ishbilarmon Janubiy Afrika davlatida tuxum sarig‘i hajmicha keladigan olmos sotib olibdi. Bir qancha vaqt o‘tib qarasa, qimmatbaho tosh ichida yoriq bo‘lib, bu olmosning yangi sohibini qayg‘uga solibdi.
Tadbirkor biror maslahat olish ilinjida toshni endi nima qilish kerakligini so‘rab, zargarga ko‘rsatibdi. Usta olmosga zavq bilan tikilib, boshini sarak-sarak qilibdi:

— Toshni ikki bo‘lakka bo‘lish mumkin. Natijada, hozirgi holatidan ancha qimmat qiymatga ega ikki olmos yuzaga keladi. Biroq muammo shundaki, ehtiyotsizlik bilan urilgan zarba buni hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan bir hovuch maydalangan tosh uyumiga aylantirishi ham mumkin. Men bu xavfli tavakkalni zimmamga ololmayman, tadbirkor ish yuzasidan ko‘plab mamlakatlarga safarga borar va u yerdagi zargarlardan ham huddi yuqoridagi javobni eshitar edi. Bir kishi unga Amsterdamdagi keksa zargarga murojaat qilishini maslahat beribdi.

... davomi keyingi sonda

Hikoyaning davomini o'qishni xohlasangiz pastga reaksiya qoldiring!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!