Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib o'qishga kirish uchun mustaqil tayyorlanish mumki | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Qanday qilib o'qishga kirish uchun mustaqil tayyorlanish mumkin?

Vaqtingizdan unumli foydalaning. Imtihonga tayyorgarlik davomida kerakli fanlardan o'rganilish lozim bo'lgan ma'lumot ko'lamiga asoslanib, o'zingizga jadval tuzib oling. Bu sizga tayyorlanish davrida sizni shoshilib qolishdan va ortiqcha asabiylashishdan saqlaydi, chunki siz hammasi rejaga asosan borayotganini his qilib turasiz. Imtihonga tayyorlanaman, deb uyqudan butunlay voz kechmang.

Darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni to'g'ri tanlang. Bu borada to'g'ri tanlov qilish uchun atrofdagi tajribali abituriyentlarning fikridan foydalansangiz ma'qul. Agar o'zingiz tanlashingizga to'g'ri kelsa o'quv qo'llanmani ko'zdan kechiring, undagi ma'lumotlar va testlarda xatoliklar yo'qligiga ishonch hosil qiling.

Dars qilish uchun joyni tayyorlab oling. Sizning dars qiladigan joyingiz yorug', quyosh nuri tushub turadigan, ortiqcha shovqinlardan iloji borisha holi joy bolishi kerak. Fikrni bir joyga jamlashga halaqit beradigan buyumlardan holi joy tanlab u yerni jihozlang. Bu borada dars qilish uchun partadan muhimroq narsa bu kitob-daftarlaringiz saqlanadigan javondir.

 Faqat ta'lim olish bilan cheklanib qolmang. Agar siz imtihonga tayyorlanish davrida vaqtingizni sport yoki biron hunar o'rganishga ham ajratsangiz sizning xotirangiz mustahkamlanadi va o'quv jarayoningiz muvaffaqiyatliroq bo'ladi, chunki uzoq vaqt tinimsiz ravishda ta'lim olish miyangizni charchashiga olib keladi.

O‘zingizni muntazam ravishda sinov testlari bilan sinab turing. Shunda siz qaysi mavzuda bilimlaringiz yetarli emasligini bilib olasiz, ruhiy jihatdan ham testlarga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lasiz.

 Imtihonlarga oz vaqt qolganida imtihonda o'zini qanday tutish kerakligi haqidagi ma'lumotlar bilan Uz-Testda tanishib boring.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!