Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 65

2022-06-04 14:36:43 Kreativ Pedagog kursining ijtimoy-gumanitar fan o'qituvchilariga foydali tomonlari

Bugungi kunda ijtimoiy-gumanitar ta’limning samaradorligi hal qiluvchi darajada o‘qituvchining o‘quv fanlari tizimidagi o‘rni, zamonaviy maqsadlari va yangi metodlarni to‘g‘ri qo'llay olishiga bog‘liq. 

Zamonaviy, ya'ni jahon standartlari darajasida dars bermoqchi bo‘lgan har bir o‘qituvchi "Kreativ Pedagog" kursiga murojaat qilishi mumkin. Kurs tarkibidan o'rin olgan metodlar ham o'quvchilarga ham o'qituvchilarga birdek samaralidir.

Metodlar gumanitar-fanlarga bo'lgan:
- dunyoqarashni oshiradi;
- tafakkurni rivojlantiradi;
- o’quvchilarning diqqat-e’tiborini tortadi;
- har bir o’quvchi bilan individual munosabat paydo bo’ladi;
- xotirani kuchaytiradi;
- izlanishga chorlaydi;
- o’quvchilarni o’z ustida ishlashga da’vat etadi!


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.6K views11:36
Ochish/sharhlash
2022-06-04 11:25:51 Kreativ Pedagog kursining tabiiy fan o'qituvchilariga foydali tomonlari

Ta’limida har bir fanning o‘z o‘rni bor. Tabiiy fanlar qiziqar­liligi, yangilig-u kash­fiyot­larga boyligi bilan o‘quv­chini o‘ziga tortadi.

Misol uchun, biologiya va geog­rafiya darslari mavju­dotlar, atrof-muhit haqidagi ma’lu­mot­larga boyligi bilan o‘quvchini o‘ziga jalb qilsa, kimyo va fizika labo­ra­toriya mashg‘ulot­larining qiziqarliligi ham bu fanlardan aslo qolish­maydi.

Eng asosiy masala esa, ana shun­day qiziqarli fanlarni o‘quv­chilarga yetkazib berishda o‘qituvchi­larning  malakasi yetarlimi? Ular darslarida qan­day metod va texno­logiya­lardan foyda­lan­yapti?

"Kreativ Pedagog" kursi esa ustozlarimizga ana shunday muammolarni hal qilishda yordam berib kelmoqda. Kursda o'rgatiladigan metodlar o'quvchilarni ushbu fanlarga qiziqishini yanada orttirib, tabiiy fanlarni jon-jahdi bilan o'rganishga undaydi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.3K views08:25
Ochish/sharhlash
2022-06-04 06:30:33 ​​#kun_iqtibosi

Ko'pchilik odamlar jonsiz deb bilgan kitob ularga qanchalik savodsiz ekanliklarini isbotlab bera oladi.

Oskar Uayld

@Krepeduz
- Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.2K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2022-06-03 17:13:46 Kreativ Pedagog kursining tillar filologiyasi o'qituvchilariga foydali tomonlari

Til – dil qulfi, deb bejiz aytishmagan. Tilga muhabbat uyg'otish va uni o'quvchilarga zamonaviy metodlar orqali o'rgatish esa har qanday tilshunos ustozning burchidir.

Til sohasidan dars beradigan har bir o'qituvchi o'zida: notiqlik, xattotlik, lug'atshunoslik, aktyorlik, va shoir - yozuvchilik kabi xususiyatlarni rivojlantirmog'i lozimdir.

Til o'rgatishdagi eng muhim jihatlardan yana biri o'quvchilar diqqat e'tiborini darsga yo'naltirishdir. Bunga erishish uchun esa o'qituvchi barcha o'quvchilar uchun qiziq bo'lgan "nimadir" topishi kerak.

"Kreativ Pedagog" kursi metodlari orqali esa ustozlar o'quvchilarning qobilyatlarini tartibga solish va samaraga erishish yo'llarini o'rganishlari va o'zlarida yuqorida eslatib o'tilgan sifatlarni rivojlantirishlari mumkin! Bu esa o'quvchilarga har bir tilni qiziqish bilan, chuqur o'rganishiga yordam beradi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.5K views14:13
Ochish/sharhlash
2022-06-03 06:13:13
Assalomu alaykum, aziz dindoshlar!

Barchangizga Sayyid-ul ayyom JUMA muborak bo'lsin!

Ushbu qutlug' kunda Alloh yuzingizga nur, qalbingizga huzur, xonadoningizga rizq-u baraka ato etsin!

Kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
4.2K views03:13
Ochish/sharhlash
2022-06-02 17:07:11
Kreativ pedagog kursiga 10 ta bepul o‘rin ajratishimizni istaysizmi?
Anonymous Poll
64%
Juda zo‘r bo‘lardi!
25%
Ha albatta
7%
Men kursda o‘qiganman
3%
Menga qiziq emas
767 voters2.2K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-06-02 10:42:44 #Krepeduz_qahramoni

Har qanday muammoga yechim topa olasiz...

Kalbayeva Gulzoda Medetbayevna Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani 64-maktabning biologiya fani o'qituvchisi.

"Krepeduz" ning navbatdagi qahramoniga aylangan Gulzoda ustozimiz o'zining mehnatsevarligi va yangi bilimlarni egallashga bo'lgan ishtiyoqi bilan boshqa ustozlardan ajralib turadi.

Ustozimiz o'zining kurs haqidagi samimiy fikrlarini quyidagicha tasvirlaydi:

"Men Kreativ pedagog kursidan minnatdorman. Sababi bu kurs orqali pedagogik mahoratim yanada oshdi. Shu kursda o'rganganlarimdan foydalanib, darslarimda o'quvchilarning darsga va fanga bo'lgan qiziqishlarini yanayam oshirishga erishdim. O'quvchilarning darslarimda faol qatnashishi jadallashdi.

" Ta'lim jarayonidan fotolavhalar "

Barcha o'qituvchilarga shu kursda ta'lim olishlarini tavsiya qilaman. Sinfda va darsda bo'ladigan qandaydir bir muammoli vaziyatlarda ham kreativ yondashgan holda qiynalmay yechim topib keta olasiz. Bu kursni tashkil etganlarga ham o'z tashakkurimni aytib qolaman! "

Biz ham ustozimizning rivojlanishida oz bo'lsa ham o'z hissamizni qo'shganimizdan baxtiyormiz. Ustozimizga kelgusi ishlarida ham yuksak muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo'lishini tilab qolamiz!

Yuksalishdan va o'zingizni rivojlantirishdan aslo to'xtamang aziz ustozlar!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.4K viewsedited  07:42
Ochish/sharhlash
2022-06-02 06:09:36 ​​#kun_iqtibosi

Biror narsaga erishgan va hech narsaga erishmagan odam o'rtasidagi farq, kim oldin boshlaganiga qarab belgilanadi.

 Charlz Shvab

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.9K views03:09
Ochish/sharhlash
2022-06-01 18:36:38 #Rasman
#Qabul_boshlandi

"Kreativ Pedagog" kursiga qabul boshlandi

Iyun oyi - o'zgarishning va kreativ pedagog bo'lishning ayni vaqti!

“Kreativ pedagog” onlayn kursi umumiy barcha o‘qituvchilarga to‘g‘ri keluvchi zamonaviy metodlardan tashkil topgan. Kursda Dunyoning zamonaviy ta'lim o'qitish uslublari, o'quvchilar bilan tizimli ishlash, natijaga qaratilgan metodlar, tez o'zlashtirish hamda o'qituvchilarning barcha muammolariga samarali yechimlar o'rgatiladi

Darslar haftaning har kuni 18:00 - 19:00 oralig'ida maxsus Kurs kanaliga yuklanib boriladi. Sizga ushbu darslarni istalgan paytda qayta ko‘rish va takrorlash imkoniyati yaratib beriladi. Ushbu 1 oylik onlayn kurs 70 ta siz bilmagan zamonaviy metodlardan tashkil topgan.

Darslar onlaynligi sababli siz darslarni xohlagan paytda o'zlashtirishingiz mumkin. Darslar to'liqligicha guruhda to'liq 1 yil saqlanadi.

Kursga qabul 20-iyun 18:00 ga qadar davom etadi. Joylar soni cheklangan miqdorda bo'ladi

Boshqalar yozni dam olish bilan o'tkazayotgan vaqtda, siz "Kreativ Pedagog" kursini o'rganib keyingi butun faoliyatingizda "mazza qilib" dara o'tasiz

Kurs mundarijasi va narxi haqida to'liq ma'lumot

Ro'yhatdan o'tish uchun ushbu yozuv ustiga bosing

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.3K views15:36
Ochish/sharhlash
2022-06-01 14:05:00 ​​#bilasizmi

​​Kitobdan olingan maʼlumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan maʼlumotdan koʻra koʻproq miyaga ijobiy taʼsir qiladi.

Bundan tashqari kitob oʻqish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.4K views11:05
Ochish/sharhlash