Get Mystery Box with random crypto!

'Vijdonni uyg'otib turish kerak...' Biz pedagog sifatida s | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

"Vijdonni uyg'otib turish kerak..."

Biz pedagog sifatida sinfdagi barcha o'quvchilarning nafaqat tarbiyasiga balki kelajakda kim bo'lib yetishishiga ham ma'sul bo'lgan shaxslarmiz. Shu sababli biz o'quvchilarimizga tez-tez psixologik jihatdan ham ijobiy ta'sir o'tkazishimiz ya'ni "ularnining vijdonini uyg'otib turishimiz" kerak. Buning uchun:

1. Partalar gapirsin. Har bir o'quvchi partasiga quyidagi eslatmani yopishtirish kerak: «O‘quvchi, unutma — maktabga qanday kelishing, stolda qanaqa o‘tirishing, darsga qanchalik qiziqishing va nisbatan o‘zlashtirishing, sinfdoshingga va ustozingga qanday muomalada, munosabatda bo‘lishing bu — ota-onangdan qanday tarbiya olayotganing, ota-onang qanday tarbiyaga ega va kim ekanligini namoyon qilish degani! Ota-onangni va o‘zingni hurmat qil! Ustoz — ota-onang kabi ulug‘ kishidir!».

2. Sinf eshiklari tilga kirsin.
Har bir sinfxonaga kirish eshigi yuziga: «Uyga vazifangni va olayotgan bilimlaringni bugun darsda bildirib qo‘y. O‘zingni hech kimdan kam emasligingni yana bir bor isbotla».
Eshikning sinfxonadan chiqish yuziga: «Bugun darslikdan, ustozingdan nima olib ketyapsan. Sen o‘quvchi bo‘lib yutib ketyapsanmi, yutqazibmi?» deb yozib qo'yish kerak.

Maqsad oddiy — vijdonni uyg‘otib turish.

Xo'sh, bunga sizning fikringiz qanday?

Maqsadimiz: Bir o'qituvchiga ta'lim berish orqali butun avlod ta'limiga hissa qo'shish

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!