Get Mystery Box with random crypto!

'5 DAQIQALIK ESSE' METODI Bu usuldan siz darsingizning tuga | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

"5 DAQIQALIK ESSE" METODI

Bu usuldan siz darsingizning tugallanish qismida foydalanishingiz maqsadga muvofiq. Fanning nazariy qismida o'tilgan mavzu oxirida bu usuldan foydalanish o'quvchilarda bir nechta ko'nikmalar hosil bo'lishini va bilimini mustahkamlashni ta'minlaydi.

5 daqiqalik esse – o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotining mustahkamlash bosqichida 5 daqiqa oralig‘ida o‘tkaziladi. Siz o'quvchilaringizga o'tilgan mavu yuzasidan esse yozish topshirig'ini berasiz.

Yozma topshiriqning ushbu turi o‘quvchilarning mavzuga doir ichki hissiyotlari, olgan taassurotlari va mustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o‘qituvchiga o‘z o‘quvchilari o‘quv materiali bilan tanishganda qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berishlari xususida bilish
imkonini beradi.


Siz ham darsingizda ushbu usuldan foydalanishingizni tavsiya qilamiz va usul haqidagi fikrlaringizni kutib qolamiz..)

Maqsadimiz: Bir o'qituvchiga ta'lim berish orqali butun avlod ta'limiga hissa qo'shish

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!