Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.37K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 84

2022-09-24 07:53:55
6-13 oktabr kunlari “Humo Arena”da o‘tkaziladigan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati medallari…

Обуна бўлинг
Telegram
2.1K viewsedited  04:53
Ochish/sharhlash
2022-09-23 16:34:52 Toshkentga kelayotgan "Ozodlik oroli" tarkibida Olimpiadaning 4 ta medali sohibasi bor

Xabaringiz bor, 6-13 oktabr kunlari poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Jahon chempionatidagi ishtirokini rasman tasdiqlagan davlatlar soni 85 taga yetdi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi rasmiy saytida Toshkentga kelishi qayd etilgan dzyudochilar soni esa 566 (307 erkak, 259 ayol) nafarni tashkil etyapti.

Ular orasida Kuba terma jamoasi ham bor. "Ozodlik oroli" vakillari hozircha 12 nafar (7 erkak, 5 ayol) dzyudochini ro‘yxatdan o‘tkazishgan. Tarkibda Olimpiya o‘yinlarining 1 ta oltin (London-2012), 2 ta kumush (Rio-2016 va Tokio-2020), 1 ta bronza (Pekin-2008) medali sovrindori Idalis Ortiz ham bor. 32 yoshli dzyudochi +78 kg vazn toifasida Kuba sharafini himoya qilib kelyapti.

Kuba terma jamoasi tarkibi

Erkaklar:
Danni Porte (-60 kg), Kimi Blanko Bravo, Orlando Polanso (ikkisi ham -66 kg), Magdiel Estrada (-73 kg), Ivan Felipe Morales (-90 kg), Endi Granda, Omar Leon Kruz (ikkisi ham +100 kg).

Ayollar: Melissa Munos Xurtado (-52 kg), Arnayes Garsiya Odelin (-57 kg), Maylin Del Toro Karvaxal (-63 kg), Kaliyema Antomarchi (-78 kg), Idalis Ortiz (+78 kg).

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
2.5K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2022-09-23 08:16:10
Volontyorlar, ya’ni ko‘ngilli yordamchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan 35-Jahon chempionati startiga 13 kun vaqt qoldi.

Har qanday nufuzli musobaqa, ayniqsa Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarining o‘tkazilishida mezbon davlat volontyorlar xizmatiga extiyoz sezadi. Ya’ni, sportdan biroz bo‘lsa-da xabari bor, ingliz va boshqa xorij tillarini biladigan asosan talaba yoshlar musobaqa tashkilotchilari uchun yordamga keladilar. Tabiiyki, bu o‘zlari uchun ham katta tajriba maktabi vazifasini o‘tab beradi. Boshqacha aytganda, amaliyot uchun tayyor maydon.

Kecha O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida 6-13 oktabr kunlari o‘tkaziladigan jahon chempionatida volontyor sifatida ishlash istagini bildirgan ko‘ngillilar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik, Iqtisodiyot, Jahon tillari, Vestminster, Axborot texnologiyalari hamda AKFA universitetlari talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
5.0K views05:16
Ochish/sharhlash
2022-09-23 06:49:04
Jahon chempionati startiga 13 kun qoldi

6-13 oktyabr kunlari poytaxtimiz ilk bor dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Muhtasham “Humo arena”da o‘tadigan musobaqaga tashrif buyurishni istagan muxlislar hoziroq iticket platformasi orqali chiptalarni xarid qilishlari mumkin.

Chiptalarni Iticket saytida xarid qilishga ulgurib qoling!!!

Обуна бўлинг
Telegram
5.3K views03:49
Ochish/sharhlash
2022-09-22 17:50:15 Toshkentda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga aʼzo mamlakatlar Kengashi majlisi boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolangan edi.

Xalqlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlash va MDH davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimni amalga oshirish maqsadida har ikki yilda bir marta MDH mamlakatlari oʻyinlarini oʻtkazish taklifi esa 2018-yil 28-sentyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkazilgan MDH davlatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida qoʻllab-quvvatlandi.

Shu kunlarda Toshkent shahri MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga aʼzo mamlakatlarning Kengash majlisiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida boʻlib oʻtgan Kengash majlisida MDH Ijroiya qoʻmitasi nomidan rais oʻrinbosari Beketjan Jumaxanov, Gumanitar hamkorlik, umumiy siyosiy va ijtimoiy muammolar boʻlimi Madaniyat, sport, turizm va yoshlar sohalarida hamkorlik boʻlimi maslahatchisi Aleksandr Dubkovskiy, shuningdek Kengashga aʼzo mamlakatlar vakillari, jumladan Ozarbayjon Yoshlar va sport vaziri oʻrinbosari Mariana Vasilyeva, Armaniston Taʼlim, fan, madaniyat va sport vazirining oʻrinbosari Karen Giloyan, Belarus Sport va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Doroxovich, Qozogʻiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi Samat Yergaliyev, Qirgʻiziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri oʻrinbosari, vazirlik huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport departamenti direktori Kanat Shabdanbayev, Rossiya Federatsiyasi sport vaziri oʻrinbosari Aleksey Morozov, Tojikiston hukumati huzuridagi yoshlar va sport qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Parviz Sobirzoda, Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdulla Aslonov hamda vazir maslahatchisi Avazjon Karimovlar ishtirok etishdi.

Kun tartibidan bir qator muhim masalalar oʻrin olgan boʻlib, Kengashda jami 12ta masala koʻrib chiqildi. Jumladan, yigʻilishda koʻrib chiqilgan eng muhim masalalardan biri sifatida MDH oʻyinlari dasturiga Paralimpiya sport turlarini ham kiritish taklifi bir ovozdan maʼqullanganligini aytish mumkin.
6.0K views14:50
Ochish/sharhlash
2022-09-22 16:14:32
RESPECT!!! Instagramni portlatgan video

O`zimizning qorako`zlar - Muhammad Yusuf va Ibrohimning mashg`uloti 7,6 million martadan oshiq ko`rilibdi...

Обуна бўлинг
Telegram
6.7K views13:14
Ochish/sharhlash
2022-09-22 08:11:11
V Islom birdamligi o`yinlarida birinchi bo`lgan dzyudochilarimiz taqdirlanishdi

Обуна бўлинг
Telegram
6.8K views05:11
Ochish/sharhlash
2022-09-07 17:10:19
Germaniya ham kuchli tarkib bilan Toshkentga keladi

Poytaxtimiz mezbonligida o`tadigan jahon chempionatiga keluvchi mamlakat terma jamoalari o`z tarkiblarini e`lon qilishda davom etmoqda.

Jumladan, Germaniya terma jamoasi murabbiylari ham tarkibni oshkor qilishdi. Unda Tokio-2020 Olimpiadasining aralash jamoaviy bahsida yaponiyalik Shohei Ononi mag‘lub etgan Igor Vandtke, Tokio-2020 sovrindorlari Eduard Trippel (-90 kg) hamda Anna-Mariya Vagner kabi nomlarni uchratish mumkin.

Germaniya terma jamoasi tarkibi:

Erkaklar:
M.Plafki (-60); L.Slamberger (-66); I.Vandtke (-73); D.Ressel (-81); E.Trippel (-90), K.Frey va D. Xerbst (-100), J.Frey va E.Abramov (+100).

Ayollar: K.Menz (-48); M. Bolxaus (-52); P.Stark (-57); N.Bazinski (-63); M.Butkereit va S.Mayekelburg (-70); A.Vagner va A.Boyexm (-78).

Обуна бўлинг Telegram
3.0K viewsedited  14:10
Ochish/sharhlash
2022-09-07 14:14:53
"SEVIMLI" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi ijodkorlari 6-13 oktabr kunlari Toshkent shahrida o`tkaziladigan kattalar o`rtasidagi 35-Jahon chempionatiga tayyorgarlik yuzasidan lavha tayyorlashdi...

E`tibor uchun tashakkur!!!

Обуна бўлинг
Telegram
4.1K views11:14
Ochish/sharhlash
2022-09-07 11:48:48
35-Jahon chempionatidagi ishtirokini tasdiqlagan davlatlar 65 taga yetdi

Tarixda ilk bor Toshkent shahri mezbonligida o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati startiga bir oydan kam vaqt qoldi.

Ayni shu soniyalarga kelib, 6-13 oktabr kunlari muhtasham "Humo" arena saroyida o‘tkaziladigan dunyo birinchiligidagi ishtirokini rasman tasdiqlagan davlatlar soni 65 taga yetdi. Alfavit bo‘yicha Angola va Avstraliyadan boshlangan ro‘yxat hozircha Zambiyada yakuniga yetib turibdi. Qatnashchi mamlakatlar soni kun sayin oshib boryapti.

Poytaxtimiz mezbonligida o‘tajak jahon chempionati hisob bo‘yicha o‘ttiz beshinchisi bo‘ladi. Oxirgi jahon chempionati o‘tgan yilning 6-13 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi Laslo Pappa nomidagi arenada o‘tkazilib, unda 118 davlatdan jami 661 (383 erkak, 278 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib borgan edi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
5.1K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash