Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.37K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 85

2022-09-06 08:17:43
Jahon chempionatlari qahramonlari taqdirlanishdi

Обуна бўлинг
Telegram
3.8K views05:17
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:17:12
Jahon chempionatlari qahramonlari taqdirlanishdi

Обуна бўлинг
Telegram
3.2K views05:17
Ochish/sharhlash
2022-09-05 17:54:08
"SPORT" telekanalida Avstriyaning Obervart shahri mezbonligida o‘tgan Yevropa Ochiq chempionati hamda hamyurtlarimizning ushbu musobaqadagi ishtirokiga bag`ishlangan lavha efirga uzatildi...

Обуна бўлинг
Telegram
4.0K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-09-05 17:08:49
"Mening yurtim 5" telekanalining "My Sport" dasturi ijodkorlari kadetlar o`rtasidagi Jahon chempionatida muvafaqqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a`zolarini tantanali kutib olish marosimidan reportaj tayyorlashdi...

E`tibor uchun tashakkur!!!

Обуна бўлинг
Telegram
1.1K views14:08
Ochish/sharhlash
2022-09-05 15:01:07
Ukraina tarkibi ma’lum. Darya Bilodid ham Toshkentga kelyapti

Jahon chempionati startiga bir oy qolgan bir paytda Toshkentga o‘z terma jamoasini jo‘natishni rasman tasdiqlagan davlatlar soni 56 taga yetdi.

Jumladan, Ukraina terma jamoasi murabbiylar shtabi ham tarkibni e’lon qildi. O‘n nafar (6 erkak, 4 ayol) dzyudochi orasida ukrainaliklar yetakchisi, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, to‘rt karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, "Katta Dubulg‘a", Gran-pri turnirlarining ko‘p karra g‘olib va sovrindori, eng yosh (17 yosh) ikki karra jahon chempioni Darya Bilodid ham bor. Endigina 21 yoshga to‘lgan Dasha shuncha "yuk"ni o‘z yelkasiga ortib ulgurdi.

Ukraina terma jamoasi tarkibi:

-60 kg: Artyom Lesyuk
-66 kg: Bogdan Yadov
-81 kg: Gevorg Manukyan, Sergey Krivchach
-90 kg: Artyom Bubir
+100 kg: Yakiv Xammo

Ayollar

-57 kg: Darya Bilodid
-63 kg: Anastasiya Antipina
-70 kg: Natalya Chistyakova
-78 kg: Yelizaveta Litvinenko

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
3.1K viewsedited  12:01
Ochish/sharhlash
2022-09-05 10:13:39 Ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga!

Toshkent shahri mezbonligida o‘tadigan jahon chempionati startiga ham roppa-rosa bir oy vaqt qoldi.

Xabaringiz bor, 6-13 oktabr kunlari poytaxtimizdagi muhtasham "Humo" arena saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston dzyudosi tarixida ilk bor bunday nufuzdagi musobaqaga mezbonlik qilamiz.

Sir emas, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning talablari anchayin jiddiy hisoblanadi. Toshkentga dunyoning 140 ga yaqin davlatidan dzyudochilarning kelishi kutilmoqda. Tabiiyki, yilning eng nufuzli musobaqasini yoritish uchun ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlari ham yurtimizga keladi.

Shundan kelib chiqib ma’lum qilamizki, ayni paytda Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan akreditatsiya jarayoni davom etmoqda. Jahon chempionatini yoritish istagida bo‘lgan har bir xodim quyidagi havola orqali kirib, onlayn tarzda akreditatsiyadan o‘tishi mumkin.

http://ijfmedia.datastat.si/?p=register&id=242

Ma’lumot uchun, akreditatsiya jarayoni jahon chempionati startiga bir hafta qolganida yopiladi.

Обуна бўлинг Telegram
4.6K viewsedited  07:13
Ochish/sharhlash
2022-09-05 09:55:52
Jahon chempionatiga BIR OY qoldi

Обуна бўлинг
Telegram
4.6K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-09-05 09:37:40
Italiya Toshkenga katta va kuchli tarkib bilan keladi

6-13 oktabr kunlari Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatida katta tarkib bilan qatnashadigan yana bir jamoaning nomi ma’lum bo`ldi. Bu - Italiya terma jamoasi!

Ahamiyatlisi, Apennin yarim oroli vakillari poytaxtimizga Rio-2016 chempioni Fabio Bazilesiz keladigan bo‘ldi.

To‘liq tarkib:

Erkaklar:
Angelo Pantano (-60 kg), Matteo Piras va Elios Manzi (-66 kg), Manuel Lombardo va Jiovanni Esposito (-73 kg), Antonio Esposito (-81 kg), Kristian Parlati va Nikolas Mungai (-90 kg), Lorenso Agro (+100 kg).

Ayollar: Francheska Milani va Assunta Skutto (-48 kg), Odette Guffrida va Martina Kastagnola (-52 kg), Veronika Toniolo (-57 kg), Nikol D`Isanto (-63 kg), Martina Esposito (-70 kg), Jiorjia Stangerlin (-78 kg), Alice Bellandi (-78 kg).

Обуна бўлинг Telegram
4.5K viewsedited  06:37
Ochish/sharhlash
2022-09-05 09:08:50
Sherzod Ochilovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi foto muxbiri Sherzod Ochilov o‘z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Juda kamgap, 4 ta so‘rasangiz bitta javob beradigan, lekin o‘z ishini vaqtida bajarib qo‘yadigan Sherzodbek yana bir yoshga ulg‘aydi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, hakamlar, dzyudochilar va do‘stlari nomidan bugungi kun qahramonini muborakbod etamiz. Unga inson uchun eng kerak bo‘lgan - salomatlik, tan-sihatlik, oilaviy baxt va xotirjamlikni tilaymiz.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.7K viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash
2022-09-04 17:44:21
European Open musobaqasini ikkita bronza medali bilan yakunladik

Avstriyaning Obervart shahri mezbonligida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq chempionati hamyurtlarimiz uchun yakunlandi.

Biroz avval European Open 2022 musobaqasi medali uchun kurashgan so‘nggi vakilamiz ishtirokidagi bahs ham yakuniga yetdi. -78 kg vazndagi terma jamoamiz a’zosi Irisxon Qurbonboyeva bronza medali uchun kechgan bellashuvda turkiyalik Nurxan Yilmazga imkoniyatni boy berib, 5-o‘rin bilan kifoyalandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning birinchi kuni Sita Kadambayeva (-52 kg) va Nilufar Yermaganbetova (-57 kg) tomonidan qo‘lga kiritilgan ikkita bronza medali bilan Yevropa Ochiq chempionatidagi ishtirokini nihoyaladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.9K viewsedited  14:44
Ochish/sharhlash