Get Mystery Box with random crypto!

Volontyorlar, ya’ni ko‘ngilli yordamchilar bilan uchrashuv o‘t | Judo Uz

Volontyorlar, ya’ni ko‘ngilli yordamchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Poytaxtimiz mezbonligida o‘tadigan 35-Jahon chempionati startiga 13 kun vaqt qoldi.

Har qanday nufuzli musobaqa, ayniqsa Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarining o‘tkazilishida mezbon davlat volontyorlar xizmatiga extiyoz sezadi. Ya’ni, sportdan biroz bo‘lsa-da xabari bor, ingliz va boshqa xorij tillarini biladigan asosan talaba yoshlar musobaqa tashkilotchilari uchun yordamga keladilar. Tabiiyki, bu o‘zlari uchun ham katta tajriba maktabi vazifasini o‘tab beradi. Boshqacha aytganda, amaliyot uchun tayyor maydon.

Kecha O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida 6-13 oktabr kunlari o‘tkaziladigan jahon chempionatida volontyor sifatida ishlash istagini bildirgan ko‘ngillilar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik, Iqtisodiyot, Jahon tillari, Vestminster, Axborot texnologiyalari hamda AKFA universitetlari talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati