Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorli | Judo Uz

Toshkentda MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga aʼzo mamlakatlar Kengashi majlisi boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-apreldagi “Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim imzolangan edi.

Xalqlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlash va MDH davlatlarining jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitimni amalga oshirish maqsadida har ikki yilda bir marta MDH mamlakatlari oʻyinlarini oʻtkazish taklifi esa 2018-yil 28-sentyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkazilgan MDH davlatlari rahbarlari Kengashi yigʻilishida qoʻllab-quvvatlandi.

Shu kunlarda Toshkent shahri MDHning jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga aʼzo mamlakatlarning Kengash majlisiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida boʻlib oʻtgan Kengash majlisida MDH Ijroiya qoʻmitasi nomidan rais oʻrinbosari Beketjan Jumaxanov, Gumanitar hamkorlik, umumiy siyosiy va ijtimoiy muammolar boʻlimi Madaniyat, sport, turizm va yoshlar sohalarida hamkorlik boʻlimi maslahatchisi Aleksandr Dubkovskiy, shuningdek Kengashga aʼzo mamlakatlar vakillari, jumladan Ozarbayjon Yoshlar va sport vaziri oʻrinbosari Mariana Vasilyeva, Armaniston Taʼlim, fan, madaniyat va sport vazirining oʻrinbosari Karen Giloyan, Belarus Sport va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Doroxovich, Qozogʻiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi Samat Yergaliyev, Qirgʻiziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri oʻrinbosari, vazirlik huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport departamenti direktori Kanat Shabdanbayev, Rossiya Federatsiyasi sport vaziri oʻrinbosari Aleksey Morozov, Tojikiston hukumati huzuridagi yoshlar va sport qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Parviz Sobirzoda, Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Abdulla Aslonov hamda vazir maslahatchisi Avazjon Karimovlar ishtirok etishdi.

Kun tartibidan bir qator muhim masalalar oʻrin olgan boʻlib, Kengashda jami 12ta masala koʻrib chiqildi. Jumladan, yigʻilishda koʻrib chiqilgan eng muhim masalalardan biri sifatida MDH oʻyinlari dasturiga Paralimpiya sport turlarini ham kiritish taklifi bir ovozdan maʼqullanganligini aytish mumkin.