Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.37K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 80

2022-10-04 20:48:57
Marius Vizer jahon chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlikni yuqori baholadi

Bugun Marius Vizer boshchiligidagi Xalqaro dzyudo federatsiyasi vakillari Sportni rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurishdi. Delegatsiyani Vazir Adham Ikramov qarshi oldi. Shundan so‘ng tomonlar do‘stona aloqalarning yangi rejalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov ham ishtirok etishdi.
2.5K views17:48
Ochish/sharhlash
2022-10-04 18:33:54
”Humo Arena” saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 35-jahon chempionatiga so‘nggi tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Ayni shu soniyalarda arena shunday holatda…

Обуна бўлинг
Telegram
4.8K viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash
2022-10-04 11:38:38
Yaponiya terma jamoasi mashg’ulotlarni yopiq tarzda o’tkazyapti. Ular biroz avval mehmonxonaga qaytishdi…

Обуна бўлинг
Telegram
6.1K viewsedited  08:38
Ochish/sharhlash
2022-10-04 07:48:23
Xitoy Taypeyi terma jamoasi "Humo"da mashg‘ulot o‘tkazdi

Jahon chempionati ishtirokchisi Xitoy Taypeyi terma jamoasi "Humo Arena" saroyining kichik zalida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Ushbu zal barcha terma jamoalar uchun asosiy mashg‘ulot joyi hisoblanadi. Bellashuvlarga chiqishdan oldin dzyudochilar aynan shu yerda chigalyozdi, badanni qizdirib oluvchi mashg‘ulotlarni o‘tkazishadi.

Tarkibda Tokio Olimpiadasining kumush medali sovrindori Yang Yung Vey ham o‘rin olgan.

Xitoy Taypeyi tarkibi:

-60 kg: Yang Yung Vey

Qizlar

-48 kg: Chen-Xao Lin
-52 kg: Xsuan Lin Xsu
-57 kg: Chen-Ling Liyen
-70 kg: Yu-Jung Liao, Su-Tzu Chang
-78 kg: Li-Ling Shin
+78 kg: Jia Ven Tsay

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
6.5K views04:48
Ochish/sharhlash
2022-10-03 17:41:50
Yaponiya terma jamoasi o’zi uchun ajratilgan mehmonxonaga joylashdi

Обуна бўлинг Telegram
4.5K viewsedited  14:41
Ochish/sharhlash
2022-10-03 17:38:43 Judo Uz pinned a photo
14:38
Ochish/sharhlash
2022-10-03 15:29:04
Yaponiya termasining qolgan dzyudochilari ham Toshkentga yetib keldi

Ikki kun avval poytaxtimiz mezbonligida o`tadigan 35-jahon chempionatida ishtirok etish uchun dunyoning eng kuchli jamoasi hisoblangan - Yaponiya termasining bir qismi Toshkentga yetib kelgandi. Biroz avval Kunchiqar yurtning qolgan dzyudochilari ham tantanali ravishda kutib olindi.

Обуна бўлинг Telegram
5.3K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-10-03 15:28:50
Yaponiya termasining qolgan dzyudochilari ham Toshkentga yetib keldi

Ikki kun avval poytaxtimiz mezbonligida o`tadigan 35-jahon chempionatida ishtirok etish uchun dunyoning eng kuchli jamoasi hisoblangan - Yaponiya termasining bir qismi Toshkentga yetib kelgandi. Biroz avval Kunchiqar yurtning qolgan dzyudochilari ham tantanali ravishda kutib olindi.

JCHda qatnashadigan tarkib:

(Erkaklar):
Naohisa Takato (-60 kg), Hifumi Abe, Joshiro Maruyama (ikkisi ham -66 kg), Soichi Hashimoto (-73 kg), Takanori Nagase, Sotaro Fujivara (ikkisi ham -81 kg), Kosuke Mashiyama (-90 kg), Kentaro Iida (-100 kg), Tatsuru Saito (+100 kg).

(Ayollar): Natsumi Sunoda, Funa Tonaki (ikkisi ham -48 kg), Uta Abe (-52 kg), Haruka Funakubo (-57 kg), Megumi Horikava (-63 kg), Shiho Tanaka, Saki Nizoye (ikkisi ham -70 kg), Shori Hamada (-78 kg), Vakaba Tomita (+78 kg).

Обуна бўлинг Telegram
4.9K views12:28
Ochish/sharhlash
2022-10-03 13:26:51
"Humo Arena" mashg`ulot zali dzyudochilar uchun shay holatga keltirildi

35-Jahon chempionati o‘tkaziluvchi "Humo" saroyining asosiy arenasi bilan bir qatorda dzyudochilarning tayyorgarlik ko`rishi uchun mo`ljallangan katta mashg`ulot zali ham shay holatga keltirib qo`yildi.

Biroz avval MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov jahon chempionati ishchi guruhi hamrohligida ushbu mashg`ulot zalini ham ko`zdan kechirishdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.9K views10:26
Ochish/sharhlash
2022-10-02 08:16:36
O‘smirlar o‘rtasida Buxoro viloyati chempionati o‘tkazildi

Buxoroda 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida tashkil etilgan viloyat chempionati o‘z g‘oliblarini aniqladi.

Musobaqada jami 363 nafar (329 nafar o‘g‘il, 34 qiz) sportchi o‘quvchilar ishtirok etishdi. Murosasiz bahslarga boy bo‘lgan viloyat birinchiligi yakunida barcha vazn toifalarida kuchlilar saralandi. G‘olib va sovrindorlar ushbu musobaqaning Respublika final bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Taqdirlash marosimida Buxoro viloyat dzyudo federatsiyasi raisi Shuhrat Ochilov barcha g‘olib va sovrindor dzyudochilarga Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ham omad tiladi.

Обуна бўлинг Telegram
5.4K views05:16
Ochish/sharhlash