Get Mystery Box with random crypto!

Germaniya ham kuchli tarkib bilan Toshkentga keladi Poytaxti | Judo Uz

Germaniya ham kuchli tarkib bilan Toshkentga keladi

Poytaxtimiz mezbonligida o`tadigan jahon chempionatiga keluvchi mamlakat terma jamoalari o`z tarkiblarini e`lon qilishda davom etmoqda.

Jumladan, Germaniya terma jamoasi murabbiylari ham tarkibni oshkor qilishdi. Unda Tokio-2020 Olimpiadasining aralash jamoaviy bahsida yaponiyalik Shohei Ononi mag‘lub etgan Igor Vandtke, Tokio-2020 sovrindorlari Eduard Trippel (-90 kg) hamda Anna-Mariya Vagner kabi nomlarni uchratish mumkin.

Germaniya terma jamoasi tarkibi:

Erkaklar:
M.Plafki (-60); L.Slamberger (-66); I.Vandtke (-73); D.Ressel (-81); E.Trippel (-90), K.Frey va D. Xerbst (-100), J.Frey va E.Abramov (+100).

Ayollar: K.Menz (-48); M. Bolxaus (-52); P.Stark (-57); N.Bazinski (-63); M.Butkereit va S.Mayekelburg (-70); A.Vagner va A.Boyexm (-78).

Обуна бўлинг Telegram