Get Mystery Box with random crypto!

Judo Uz

Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz J
Telegram kanalining logotibi judouz — Judo Uz
Kanal manzili: @judouz
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 17.88K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!
➖➖➖➖➖
Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 88

2022-09-02 13:01:33
"SEVIMLI" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi ijodkorlari kadetlar o`rtasidagi Jahon chempionatida muvafaqqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a`zolarini tantanali kutib olish marosimidan reportaj tayyorlashdi...

E`tibor uchun tashakkur!!!

Обуна бўлинг
Telegram
5.4K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-09-02 10:36:58
Jahon chempionatiga chiptalar sotuvi boshlandi

Ma’lumki, 6-13 oktyabr kunlari poytaxtimiz ilk bor dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Muhtasham “Humo arena”da o‘tadigan musobaqaga tashrif buyurishni istagan muxlislar hoziroq iticket platformasi orqali chiptalarni xarid qilishlari mumkin.

Обуна бўлинг Telegram
6.2K viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-09-02 10:33:07
Niderlandiyaning Toshkentdagi jahon chempionatiga keladigan tarkibi ma'lum

Og‘ir vazn toifalaridagi vakillari bilan kuchli sanalgan Niderlandiya jamoasi ham Toshkentga olib keladigan tarkibini ma’lum qildi. Undagi Noel van T End, Sanne van Diyke, Mixael Korrel kabi dzyudochilar biz uchun prinsipial ahamatga ega.

Toshkentdagi JCh uchun to‘liq tarkib:

Erkaklar:
T.Tsyakadoye (-60 kg), I.Verxostert (-66 kg), F. de Vit (-81 kg), N. T End va Y.Smink (-90 kg), M.Korrel va S.Katarina (-100 kg), Yu.Spiykers va R.Mayer (+100 kg)

Ayollar: S.Vermer va G.Den Berg (-63 kg), S.Diyke va X.Yager (-70 kg), N.Ausma va G.Stinxyus (-78 kg), M.Kamps (+78 kg).

Обуна бўлинг Telegram
5.5K views07:33
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:16:30
Jahon chempionatida tarixni yangilagan qahramonlar

Xabaringiz bor, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Bosniya va Gertsegoviniyaning Sarayevo shahri mezbonligida o‘tgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgandi.

Tohir Fayziev murabbiyligidagi o`smirlarimiz dunyo birinchiligida 1 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida dunyoning 60 davlati orasida 4-o‘rinni egallagandi. Jamaoviy mikst bahslarida esa ilk bor bronza medali qo`lga kiritilgan edi.

Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari:

Oltin medal

-70 kg: Barchinoy Qodirova

Kumush medallari

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-66 kg: Shohjahon Otaboyev
-81 kg: Alisher Samanov
-90 kg: Abbos Shermahmatov

Bronza medallari

-44 kg: Umidaxon Burxonjonova
-63 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-73 kg: Samariddin Muhibiddinov

Обуна бўлинг
Telegram
2.2K views15:16
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:54:35
Qizlarimiz European Open 2022 turniriga jo`nab ketishdi

O`zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni Avstriyaning Obervart shahrida o`tkaziladigan Yevropa Ochiq chempionatidagi ishtiroki orqali davom ettiradi.

Oberwart European Open 2022 musobaqasi 3-4 sentabr kunlari o`tkaziladi va unda 38 davlatdan jami 302 (198 erkak, 104 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqadi. Yurtimiz sharafini 9 nafar vakilamiz himoya qiladi.

Avstriyaga yo`l olgan terma jamoamiz delegatsiyasi tarkibi:

-48 kg: Xalimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Murabbiylar - Jamshid Xudoyberganov, Muqaddas Kubeyeva, Nellya Kiyamova,
Marko Spittka

Shifokor - Stromm Nelli

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram
4.8K views07:54
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:15:36
Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 31 йиллиги муборак бўлсин, азиз ватандошлар!

С 31-летием независимости Республики Узбекистан, дорогие соотечественники!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
4.5K views06:15
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:15:31
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз бир йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 31-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
4.1K views06:15
Ochish/sharhlash
2022-09-01 08:47:36 Istiqlolimizning 31 yillik to‘yi muborak, aziz yurtdoshlar!

Bugun 1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni!

Istiqlol barcha sohalarda bo‘lgani kabi sportda ham keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Bugun hech mubolag‘asiz O‘zbekiston jahonning sporti taraqqiy etgan davlatlari bilan bemalol bellasha oladigan darajaga yetgan deyishga asosimiz bor. Bularning bari istiqlol, hurriyatimiz mevasidir. Yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, mustaqilligimizni mustahkamlash uchun xizmat qilish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va majburiyatimizdir.

Bugungi qutlug‘ sanada O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik to‘yi bilan muborakbod etib, mamlakatimizga tinchlik, osoyishtalik, har bir xonadonga farovonlik, dasturxonlaringizga to‘kinlik tilaydi!

Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimizning mustaqilligi abadiy bo‘lsin!


С 31-летием нашей независимости, дорогие соотечественники!

Сегодня, 1 сентября, День Независимости Республики Узбекистан!

Независимость, как и во всех сферах, открыла двери широким возможностям в спорте. Сегодня без преувеличения можно сказать, что Узбекистан вышел на уровень, на котором он может легко конкурировать с развитыми странами в мире спорта. Все это плод нашей независимости, нашей свободы. Гражданский долг и ответственность каждого из нас - служить развитию страны, развитию Родины и укреплению нашей независимости.

В этот знаменательный день Федерация дзюдо Узбекистана поздравляет всех наших соотечественников с 31-летием независимости Республики Узбекистан и желает нашему государству мира, спокойствия, благополучия в каждом доме и изобилия на ваших столах!

Пусть наша Родина будет мирной, небо нашим чистым, а независимость нашего Узбекистана вечной!

Обуна бўлинг Telegram
4.6K viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:27:40
Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Обуна бўлинг
Telegram
4.8K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:27:00
Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

Обуна бўлинг
Telegram
4.3K views13:27
Ochish/sharhlash