Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekiston erkaklar terma jamoasining Yaponiyadagi yig’ini ya | Judo Uz

O’zbekiston erkaklar terma jamoasining Yaponiyadagi yig’ini yakunlandi

Deyarli ikki hafta davomida O`zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiya davlatida o’tkazilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etdi. Dzyudo vatanidagi ushbu yig‘in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan kattalar o`rtasidagi 36-Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab berdi.

Bugun Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudochilarimiz Kunchiqar yurtdan Toshkentga qaytib kelishadi. Qisqa muddatli dam olishdan so’ng so’nggi o’quv-mashg’ulot yig’iniga to’planiladi.

Ma’lumot uchun, O’zbekiston ayollar terma jamoasining Yaponiyadagi mashg’uloti 21 aprelga qadar davom etadi…

Обуна бўлинг Telegram