Get Mystery Box with random crypto!

Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma’lum (Ayoll | Judo Uz

Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibimiz ma’lum (Ayollar)

Xabaringiz bor, 7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 36-jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Yilning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Hozirgacha jahon chempionatida qatnashish istagini 5 qit’aning 91 davlatidan jami 592 (307 erkak, 285 ayol) nafar dzyudosi bildirgan.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi:

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva

-57 kg: Shukurjon Aminova, Nilufar Yermaganbetova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova, Shohista Nazarova

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

+78 kg: Rinata Ilmatova

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram