Get Mystery Box with random crypto!

Olotda KU talabi uchun imtixonlar boshlandi Buxoro viloyatini | Judo Uz

Olotda KU talabi uchun imtixonlar boshlandi

Buxoro viloyatining chekka Olot tumanida yosh dzyudochilarga KU talab va majburiyatlari uchun imtixon tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi ko‘magida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda yosh dzyudochilar KU talabi, sodda qilib aytganda rangli belbog‘lar uchun imtixon topshirishadi. KU talab va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarganlar esa yangi rangli belbog‘larga ega bo‘ladilar va tabiiyki, bir daraja yuqoriga ko‘tarilib oladilar.

Imtixonga shaxsan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov boshchilik qilyapti. Unga xalqaro toifadagi hakamlar Ilhom Adizov va Ozod To‘rayev yordam berishmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram