Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 53

2021-12-20 18:08:01
Endi Fargʻonada: Bir kilo vazn tashlagan insonga 500 ming so‘m beriladi

Bugun Farg‘ona hokimi Xayrullo Bozorov xalqqa murojaat bilan chiqdi va Farg‘onada amalga oshirilgan ishlar va qilinishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida vazn tashlagan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Tegishli poliklinikaga borib, joriy vaznini belgilatib qo‘yadi. 6 oydan keyin vazni yana qayta o‘lchanadi. Yo‘qotilgan har bir kilo uchun 500 ming so‘m beriladi.

«5 kilo vazn tashlasa 2,5 million, 10 kilo vazn tashlasa, 5 million pul oladi. Keyin unga pul berishning hojati qolmaydi. 10 kilo vazn tashlasa, o‘zi ham yengil bo‘lib qoladi. Ko‘zlari ochiladi. Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaydi», — dedi Xayrulla Bozorov.

@jalolmurad • Manba
1.8K views15:08
Ochish/sharhlash
2021-12-20 17:08:01
Prezident huzurida baliqchilikni rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

"Dunyoda oziq-ovqat narxlarining o‘sishi, inflyatsiya xavf-xatarlari kelgusi yilda oziq-ovqat xavfsizligi eng dolzarb masala bo‘lib qolishini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Shu bois, viloyat hokimlari o‘z hududida baliq yetishtirish holatini tahlil qilib, tadbirkorlar va aholi xonadonlariga barcha sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tizimli shug‘ullanishi zarur", dedi davlat rahbari.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan besh yilda baliq yetishtirish hajmi 6 baravarga oshib, joriy yilda 400 ming tonnaga yetkaziladi.

Shunday bo‘lsada, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida hosildorlik haligacha gektariga 3-4 tonnani tashkil etmoqda. Sababi, ushbu hududlarda intensiv baliq yetishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 10 foizidan oshmayapti.

@jalolmurad • Manba
1.8K views14:08
Ochish/sharhlash
2021-12-20 16:08:01
O‘zbekistonliklar o‘tgan yilga qaraganda ko‘proq nikoh tuzishmoqda

2021-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizda jami 276,9 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

2021-yilning 11 oyida qayd etilgan nikohlar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 foizga oshgan.

Statqo‘m avvalroq qaysi viloyatlarda tug‘ilish ko‘pligi bo‘yicha ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari peshqadam bo‘lib qolmoqda.

@jalolmurad • Manba
1.9K views13:08
Ochish/sharhlash
2021-12-20 14:08:01
Jizzaxda deputatlardan viloyat hokimiga savol bermaslik talab qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi sessiyasida deputatlardan rasmiy formada, telefonlarsiz kelishi hamda viloyat hokimi Ergash Soliyevga savol bermaslik talab qilingani aytilgan xabar tarqaldi.

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning yozishicha, viloyat kengashi sessiyasida hokimga savol bermaslik va telefon bo‘yicha cheklovga oid talablar viloyat kengashi kotibiyati mudirining tashabbusi bilan qilingan.

@jalolmurad • Manba
2.0K views11:08
Ochish/sharhlash
2021-12-20 12:08:01
Shoshilinch axborot! O‘zbekistonda kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda

Joriy yilning 21-22 dekabrida O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmat markazining shoshilinch axborotida aytib o‘tilgan.

21 dekabrda respublika hududlari bo‘yicha shamol kuchayishi kutilmoqda: Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.

21-22 dekabrda respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kuchli bo‘lishi mumkin.

@jalolmurad • Manba
2.0K views09:08
Ochish/sharhlash
2021-12-20 11:12:19
Maktablarda Yangi yilni nishonlash taqiqlandi

Maktablarda bolalar xavfsizligi hamda turli pul yig‘imlarining oldini olish maqsadida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq ayrim cheklovlar joriy qilinmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoni hamda Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida ta’lim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish mumkin emas.

@jalolmurad • Manba
1.9K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:08:01
Toshkentda avtobus yonib ketdi

20 dekabr kuni soat 07:50 da Uchtepa tumani «Farhod» koʻchasida «Oʻrikzor-Doʻmbirobod» 125 yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan «Mercedes-benz» avtobusida yongʻin chiqdi.

FVV bergan maʼlumotlarga koʻra, holat boʻyicha tuman FV boʻlimidan 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 07:56 da yetib borgan.

Yongʻin soat 08:00 da oʻchirilgan. Buning oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani qoʻshimcha qilindi.

@jalolmurad • Manba
1.9K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-20 08:30:23 Kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng Namangan shahar ko‘chalarini suv bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar ko‘chalarini suv bosgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Kadrlarda shaharda “Lola” bozori va Namangan davlat universiteti oldini suv bosganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr, shanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelgandi. “O‘zgidromet”ning 19-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozida respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi aytilgan.

Gidrometeorologiya xizmati markazi meteorologi Erkin Abdulahatov o‘zining Telegram kanaliga yozishicha, 19-dekabr kechasi va 20-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) kuzatilgan. Ayrim kuzatuv hududlarida 20 millimetrgacha yog‘in yog‘ib qo‘ygan.

20-dekabrga o‘tar kechasi esa nam havo oqimlari sharqqa tomon siljib, Namangan viloyatiga yaxshigina yog‘ingarchilik keltirgan. Masalan, Namangan shahrida 10 millimetr oraliqda yog‘ib o‘tgan yomg‘ir shaharning ayrim ko‘chalarida suv bosish holatlarini keltirib chiqargan.

@jalolmurad • Manba
1.9K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2021-12-20 08:30:20
1.7K views05:30
Ochish/sharhlash
2021-12-20 08:08:01
Eng yaxshi kamerali smartfonlar reytingi: Vivo birinchi marta oliy ligada

«DxOMark» kompaniyasi mutaxassislari qator smartfonlarni testdan o‘tkazib, kamerasi eng yaxshilarini aniqlashdi.

iPhone 13 Pro Max, Xiaomi Mi 11 Ultra, Vivo X70 Pro+, Google Pixel 6 Pro va boshqa smartfonlar testdan o‘tkazildi. Ekspertlar birinchi marta top-10 ga kirgan Vivo kamerofonini alohida e’tirof etishdi.

Vivo X70 Pro+ smartfoni Pixel 6 Pro bilan birga 6-o‘rinda joylashdi. Mutaxassislar boshqa smartfonlarni tavsiflab o‘tirmay, asosiy e’tiborni Vivo kamerasi afzalliklariga qaratishdi. Smartfon 135 ball to‘plagan.

Vivo X70 Pro+ning asosiy sensori — 50 megapikselli Samsung GN1, 48 megapikselli o‘ta keng burchakli kamera, ikki va besh karra optik yaqinlashtiruvchi ikkita yordamchi kamera. Minuslar ham yo‘q emas. masalan, yorug‘lik yetarli bo‘lmaganida Vivo kamerofoni avtofokuslashi sust ishlaydi, qolaversa, videosida ozroq artefaktlar va shovqinlar bor.

@jalolmurad • Manba
2.0K views05:08
Ochish/sharhlash