Get Mystery Box with random crypto!

Xitoyda jamoat joyida raqs tushganlik uchun 3 140 AQSh dollari | Jalol Murad

Xitoyda jamoat joyida raqs tushganlik uchun 3 140 AQSh dollarigacha jarima yozilishi mumkin

Sinxua axborot agentligining xabariga ko‘ra, Xitoyda jamoat joylarida joylashgan raqs maydoni va boshqa tadbirlarda ishtirok etuvchi kishilarga shovqinni bartaraf hamda nazorat etish qonunini buzish aybi bilan jarima yozilishi mumkin.

Ushbu qonunga kiritiladigan o‘zgartirishlar loyihasiga ko‘ra, qonunni qo‘pol ravishda buzgan, ogohlantirishdan keyin ham qonunbuzarlikni davom ettirgan shaxslarga nisbatan jarima jazosi qo‘llaniladi. Jarima miqdori esa ming yuandan 20 ming yuangacha etib belgilangan (157—3 140 AQSh dollari).

Yuqorida aytib o‘tilgan loyihaga ko‘ra, jamoat joylarida, shu jumladan ko‘chalar, jamoat maydonlari va bog‘lari hududida o‘tkaziluvchi ko‘ngilochar va fitnes-tadbirlari shovqin nazorati qonun-qoidalariga muvofiq ravishda o‘tkazilishi zarur.

Xabar berilishicha, qonun loyihasi Pekinda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi qonunchilik sessiyasida ko‘rib chiqishga beriladi.

@jalolmurad • Manba