Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 52

2021-12-21 14:08:01
“UzAuto Motors” nosozliklarni tekshirish uchun sotilgan yangi avtomobillarni qaytarib olmoqda

“UzAuto Motors” orqa oyna isitish tizimini tekshirish maqsadida “Nexia”, “Cobalt”, “Lacetti” mashinalarini qaytarib olishini e'lon qildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, sifat talablaridan kelib chiqib, 5–17 dekabrda ishlab chiqarilgan “Nexia”, “Cobalt”, “Lacetti” avtomobillarini chaqirib olish dasturi e'lon qilingan. Bu avtomobillarning orqa oyna isitish tizimini tekshirish zarurati bilan bog‘liq.

Barcha ishlar kompaniya xodimlari tomonidan dilyerlik markazlarining syervis xizmatida ishlab chiqaruvchining mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. Avtomobillarni chaqirib olish dasturiga to‘g‘ri kelgan barcha mashina egalari dilyerlik markazlari yoki kompaniya tomonidan ogohlantiriladi.

@jalolmurad • Manba
2.0K views11:08
Ochish/sharhlash
2021-12-21 13:08:18
Rossiya mehnat muhojirlariga yangicha patent joriy qilmoqda

Rossiyada mehnat muhojirlariga yuzining elektron tasviri va barmoq izlarini o‘z ichiga olgan chipli karta ko‘rinishida patent berish boshlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining mamlakat huquqiy axborot portalida e’lon qilingan buyrug‘ida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, karta ichiga o‘rnatilgan kontaktsiz interfeysga ega mikrosxema patentda ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni, shuningdek egasining shaxsiy biometrik ma’lumotlarini yuzning elektron tasvirini va qo‘lining ikki barmog‘ izini o‘z ichiga oladi hamda uning identifikatsiyasiga mos keladi.

Bundan tashqari, hujjatda karta egasining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu farmon joriy yilning 29 dekabridan kuchga kiradi.

@jalolmurad • Manba
1.9K views10:08
Ochish/sharhlash
2021-12-21 12:08:01
Qarshida changli boʻron kuzatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida changli boʻron boʻlayotgani haqida xabalar tarqaldi. Suratlarda 4-noyabr kuni poytaxtda sodir boʻlgan chang-qumli tumanga yaqin holat kuzatilayotganini koʻrish mumkin.

Avvalroq, Oʻzgidromet respublikaning ayrim viloyatlari hamda choʻl hududlarida 21-dekabr kuni chang boʻroni va chang gʻubor hodisalari boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantirgandi.

SSV xabar berishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 179 ta aholi punktidagi subfiliallari doimiy shay holatda. Respublika boʻyicha 2861 ta tez tibbiy yordam brigadasi zarur dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlangan.

Qolaversa, vazirlik changli havo vaqtida fuqarolar nimalarga eʼtibor berishi kerakligi borasida oʻz tavsiyalarini eʼlon qildi.

@jalolmurad • Manba
1.9K views09:08
Ochish/sharhlash
2021-12-21 11:12:01
Eng zo'r soqol chiqaruvchi vosita — BEARD OIL

100% kafolatga ega

Effekt a'lo darajada

BESOQOLIKKA NUQTA QO'YISH VAQTI KELDI

SOQOL QO'YISH PAYG'AMBARLARDAN MEROS

Siz uchun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish mutlaqo bepul!

Aksiya narxida: 149 ming so'm

Maxsulot qo'lingizga yetib borganidan keyin to'lovni amalga oshirasiz!
1.8K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-12-21 10:44:55
Statistikaga ko‘ra O‘zbekistonda bir kunda 106ta oila ajrashib ketyapti

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-dekabr holatiga respublika bo‘yicha 35 660 ta ajrim holatlari qayd etilgan.

Ajrim holatlari o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10 456 taga oshgan (o‘tgan yilning mos davrida bir kunda 75ta oila ajrab ketgan).

2021-yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha jami 3 428 ta ajrim holatlari qayd etilgan (bir kunda 114,2 ta oila).

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2020 yil davomida 28,2 mingta ajrim qayd etilgan (bir kunda 77,2 ta holat).

@jalolmurad • Manba
1.9K views07:44
Ochish/sharhlash
2021-12-21 08:08:01
Qibrayda vagon ustiga chiqqan litsey o‘quvchisi tok urishidan halok bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi 2-son Toshkent Akademik litseyining 3-bosqichida tahsil oluvchi bola poyezd vagoni ustiga chiqib, tok urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIV Akademik litseyning 3-kurs o‘quvchisi bo‘lgan Z.J. Qibray tumanida joylashgan “Oq-qovoq” temir yo‘l bekatining 21-km.da vagon ustiga chiqqan va yuqori kuchlanishdagi tok urganligi oqibatida voqea joyida vafot.

Bugun, 20 dekabr kuni u o‘qigan litseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘quvchilarga temir yo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temir yo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik, temir yo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.

@jalolmurad • Manba
2.2K views05:08
Ochish/sharhlash
2021-12-21 04:12:01
Krishtianu Ronaldu futbolkasini xayriya uchun kimoshdi savdosiga qo‘ydi

Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kanar arxipelagining bir qismi bo‘lgan Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishidan jabr ko'rgan oilalarga yordam berish uchun Portugaliya terma jamoasi uchun kiygan futbolkasini xayriya auksioniga qo‘ydi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 sentyabr kuni ushbu orolda vulqon faollashgan. 88 kun ichida 1600 dan ortiq bino, 74 km uzunlikdagi yo‘l vayron bo‘lgan, 7 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. Hozirda vulqon otilishi to‘xtagan.

Ma'lum qilinishicha, auksion 24 dekabrda boshlanadi va undan tushgan barcha mablag‘ Palma orolidagi vulqon otilishida qurbon bo'lganlarning oilalariga yuboriladi.

@jalolmurad • Manba
103 views01:12
Ochish/sharhlash
2021-12-20 20:00:37
Millionlab yoshlarni ergashtirayotgan
Jalol Murad blogini kuzatib boring!


• telegram.me/jalolmurad

• youtube.com/jalolmurad

• tiktok.com/@jalolmurad

• instagram.com/jalolmurad

JalolMurad.uz - Yoshlar biz bilan
1.4K views17:00
Ochish/sharhlash
2021-12-20 19:08:01
OTMda ro‘mol bog‘lash variantlari ham berilishi kerak – Toshqulov forma haqida

Oliy ta’lim vazirligi talabalarning formasi bo‘yicha cheklov qo‘yishga qarshi. Bu haqda vazir Abduqodir Toshqulov “O‘zbekiston yoshlar forumi — 2021” doirasidagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.

Vazirga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasasida kiyinish qanday bo‘lish kerak deganda, faqat ro‘mol bog‘lamagan qizlar varianti berilishi kerak emas.

@jalolmurad • Manba
1.8K views16:08
Ochish/sharhlash
2021-12-20 18:44:01
Jahongir Ortiqxoʻjayev va Ruslanbek Davletov — ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi haqida

20-dekabr kuni poytaxt yoshlar forumida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxodjayev hamda adliya vaziri Ruslanbek Davletov ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi haqida fikr bildirdi, deb xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.

«TikTok masalasi boʻyicha bu bitta platforma u yerda kontentlari har xil. Hamma oʻziga kerakli kontentni olib qaraydi. Lekin ming afsuski, taqiqni qoʻygan odamlar keraksiz kontentga kirganligi koʻrinib turibdi. Agar kerakli kontentlarga kirganda hech qanday platformani zarari yoʻq deb oʻylayman» — dedi hokim.

Ruslanbek Davletov esa axborot almashinuvi erkinligi tarafdori ekanini aytdi. «Hozirgi asrda axborotni hech qachon cheklab, siz uni ustiga oʻtirib, jilovlay olmaysiz» — dedi u.

Vazirning soʻzlariga koʻra, axborot almashinuvini cheklash aholining qoloqligiga olib keladi.

@jalolmurad • Manba
1.7K views15:44
Ochish/sharhlash