Get Mystery Box with random crypto!

​​Toshkentda maoshlari kechiktirilgan obodonlashtirish xodimla | Jalol Murad

​​Toshkentda maoshlari kechiktirilgan obodonlashtirish xodimlari hokimlik binosida to‘planishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga maosh to‘lash kechiktirilayotganligi sabab tuman hokimiyati binosi oldida to‘planishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining maoshi masalasiga bildirilgan e’tirozlar sabab ular bilan uchrashdi. Muloqot jarayonida ishchi xodimlarning dekabr oyi avans maoshlari kechiktirilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Tuman moliya bo‘limi tomonidan bildirilgan izohga ko‘ra, Moliya vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan 1-darajali maosh oylik to‘lovlari har oyning 20-sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirilishi kerakligiga qaramay, tuman Moliya bo‘limi obodonlashtirish ishchi xodimlarga tegishli mablag‘lar “Ipoteka” banki Chilonzor filialiga o‘tkazilgan va xodimlarning plastik kartalariga soat 12:00da o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari, tuman hokimi tomonidan boshqarma xodimlarini kiyinish xonasi bilan ta’minlash, ularning faoliyatiga aloqador avtoulov masalasini o‘rganib chiqib, yechimi borasida taklif kiritish hamda ish mehnatiga qo‘llaniladigan yagona tarif 3-razryad bo‘yicha berilayotgan maoshni qayta hisoblash, moddiy rag‘batlantirish, maxsus rag‘batlantirish fondi hisobidan takliflarini ishlab chiqish masalalari ham ko‘rib chiqildi va tegishlicha topshiriqlar berildi.

@jalolmurad • Manba