Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.99K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 95

2022-01-07 18:30:13
Dasturlash qanday soha?

Dasturlash inson bilan texnologiya o'rtasidagi aloqa vositasidir. Bugungni texnologiya rivojlangan davrga kelib sifatli mutaxassis ya'ni dasturchilarga talab keskin darajada oshmoqda. Ma'lumot o'rnida aytish mumkunki bu soha vakillari qolgan soha vakillariga nisbtan bir necha barobar ko'p maosh olishi hech kimga sir emas.

Bu tasnifdan keyin sizda bir nechta savollar tug'ilishi tabiiy hol. Masalan, qanday qilib dasturlashni o'rgansam bo'ladi yoki qancha vaqt ichida o'rganib real daromadga chiqsam bo'ladi ?

Bu kabi savollarni barchasiga CAT o'quv markazida tashkillashtirilayotgan ochiq darsda javob olishingiz mumkin. Kurslarni tugatib biz bilan ish topishingiz muammo emas.


Ha aytgancha, ochiq darsga kelishingizni o'zidayoq kursga yozilsangiz maxsus sovg'alarga ega bo'lasiz.

Sana: 9-Yanvar
Soat: 13:00

Ro'yxatdan o'tish uchun

Murojaat uchun : +998999110204

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud ko'ch., 15-uy

Instagram | Facebook | YouTube | TikTok
1.5K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2022-01-07 17:40:17 #internet #maslahat

Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash

Chrome brauzerida ko‘plab ochilgan varaqa (вкладка)lar bilan ishlash paytida kerakli varaqa (вкладка)ni yoki brauzer oynasini bexosdan yopib qo‘yish mumkin, bu esa barcha ochilib turgan sahifalarning yopilishiga olib keladi.

Agar bu holat sodir bo‘lib, barcha yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash lozim bo‘lsa, buni amalga oshirish osondir. Varaqalar joylashgan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan menyudan Открыть закрытую вкладку bandini tanlang.

Bundan tashqari, brauzer qayta ishga tushirilganidan keyin CTRL + SHIFT + T klavishlari birikmasini bosish orqali ham barcha yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklashingiz mumkin.

Agar varaqa (вкладка)lar bugun emas, balki vaqt bo‘yicha ancha oldin yopilgan bo‘lsa, ularni Chrome brauzeri tarixi (История) orqali ochish mumkin. Buning uchun CTRL + H klavishlari birikmasini bosing, yopilgan saytni tanlang, ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan menyudan Открыть ссылку в новой вкладке bandini tanlang.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
• Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
• Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Brauzer ishlashini tezlashtirish
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• Kesh nima?
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
1.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-01-07 14:40:16 #mulohaza_uchun #ict_news #game

Kompyuter o‘yinlariga qaramlik kasallik deya tan olindi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kompyuter o‘yinlariga qaramlikni kasallik sifatida rasman tan oldi.

Bu haqda tashkilot hujjatiga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, kompyuter va video o‘yinlarga haddan tashqari ishtiyoq va qaramlik ruhiy buzilishning yangi turi hisoblanadi. Biroq, bu kasallikni tashxislash uchun, yil davomida odamda oila, ijtimoiy, ta’lim, kasbiy va hayotning boshqa sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan belgilar bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga faqat malakali tibbiy mutaxassis ushbu tashxisni qo‘yishi mumkin, deydi JSSTning psixofaol moddalar va giyohvandlik bo‘yicha eksperti Vladimir Poznyak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ta’rifni qarindoshlar, do‘stlarga nisbatan shaxsiy fikrga asoslanib qo‘llash mumkin emas.

Manba: Xabar.uz

@itspecuz | Mundarija
2.2K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-01-07 13:40:18
Siz aynan siz Biologiyadan nazariyani yaxshi bilasiz lekin masala ishlashda qiynalasizmi? Shu sizni og‘riqli nuqtangizmi, endi bu muammo emas!

Biz sizga biologiyaning Davlat imtihonlarida tushuvchi barcha masalalarni professional darajada yechishingizga yordam beruvchi ONLAYN KURS'ni tavsiya etamiz.

Bizning kursimizdagi afzalliklar:
• Aniq tuzilgan reja;
• 2 soatlik jonli muloqotda darslar;
• Individual yondashuv (xohlovchilarga);
• Hamyonbop narxlar;
• Onlayn taʼlim tufayli barcha maʼlumotni istalgan paytda qayta ko‘rish imkoniyati.

Murojaat uchun: +998 91 973 97 57
Telegram: @kichkina_shahzoda_1224 yoki @Onlayn_biolog

Ma'lumot uchun: @biologiya_masala_online

Joylar soni cheklangan
2.1K views10:40
Ochish/sharhlash
2022-01-07 10:40:11 #operatsion_tizim #hardware

Tizimdagi disk harfini o‘zgartiramiz

Faraz qiling, siz yuklanuvchi fleshka yordamida Windows'ingizni qayta o‘rnatdingiz va ushbu jarayon yakunlanib, tizimdagi Проводник (Этот компьютер, WIN + E) fayl menejeri dasturiga murojaat etganingizda Windows lokal C diskiga o‘rnatilganiga, yuklanuvchi fleshka D diski harfini egallaganiga va yangi tizimni o‘rnatish oldidan harfi D bo‘lgan lokal disk uchun endi E harfi tayinlanganiga guvoh bo‘ldingiz deylik.

Yuklanuvchi fleshka tizim o‘rnatib bo‘linganidan keyin sizga kerak bo‘lmaydi, disk harflarining esa alfavit tartibida joylashganiga barchamiz odatlanganmiz, bu holatda quyidagicha yo‘l tutishimiz mumkin:

. Yuklanuvchi fleshkangiz band etib turgan disk harfi, ya’ni D harfini boshqa disk uchun qo‘llay olishingiz uchun uni tizimdan “Извлечь” qilgan holda USB-razyomidan ajratib oling.

. Vazifalar panelidagi “Пуск” tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Управление дисками” bandini tanlang.

. Kerakli disk ustiga yana bir bor sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochilgan kontekstli menyudan “Изменить букву или путь к диску” bandini tanlang.

. “Изменить...” tugmasiga bosgan holda boshqa disk harfini kiriting (E diski uchun shunda fleshka ortidan bo‘shagan D harfi tayinlanadi).

. Agarda shaxsiy kompyuteringizda CD/DVD'larni o‘quvchi diskovod mavjud bo‘lsa, katta ehtimol bilan uning ham harfi odatiy E harfidan F harfiga o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Buni ham yuqorida keltirilgan ko‘rsatmaga muvofiq alfavit tartibidagi mos keluvchi boshqa harfga o‘zgartirishingiz mumkin.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Windows 10’da “Проводник” ilovasi tomonidan ochiladigan doimiy papkani o‘zgartirish
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.3K viewsedited  07:40
Ochish/sharhlash
2022-01-07 07:40:00
#mulohaza_uchun #dizayn #dasturlash #IT_humor

Dizayner va dasturchilarning doimiy dardi... Texnik shartlarni kelishib olish aynan shuning uchun ham kerak, version 1, version 2 va hkz shu tarzda shakllanadi…

@itspecuz | Mundarija
2.4K views04:40
Ochish/sharhlash
2022-01-06 18:45:29 #operatsion_tizim #maslahat

Windows 10'ni tezkor ishga tushirish

Tezkor ishga tushirish
— bu kompyuterini doim o‘chirib yurishga odatlangan foydalanuvchilar uchun maxsus o‘ylangan funksiyadir. Uning yordamida shaxsiy kompyuterda ish yakunlanganidan so‘ng uning qayta ishga tushirilishida ishchi stoliga o‘tish jarayoni biroz tezlashadi.

. “Пуск”“Параметры”“Система”“Питание и спящий режим” ketma-ketligi bo‘yicha o‘ting. Oynadagi “Дополнительные параметры питания” bandiga bosing.

. Tezkor ishga tushirish funksiyasini faollashtirish uchun ushbu ketma-ketlik bo‘yicha o‘ting: “Действия кнопок питания” — “Изменение параметров, которые сейчас недоступны” — “Включить быстрый запуск” (so‘nggi keltirilgan bandni faollashtiring) va “Сохранить изменения” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni saqlang, tayyor!.

Manba: @trojan_anonym

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
• Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
• Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.4K views15:45
Ochish/sharhlash
2022-01-06 16:31:36
Chet tillarini uydan chiqmasdan o'rganing

@novqaTalimbot
- sizga barcha fanlardan bepul va saralangan video darslarni taqdim etadi. Har bir video dars alohida tugmada chiroyli bo'lib joylashgan, foydalanish uchun juda qulay, sodda va tez.

Botning afzalliklari:
31 mingdan ortiq ro'yxatdan o'tganlar
Har bir video dars muallifning ruxsati bilan joylangan
Doimiy tarzda video darslar joylanadi
Majburiy a'zolik yo'q

@novqaTalimbot
2.0K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-01-06 13:31:02 #operatsion_tizim #software

Kompyuterning ishga tushishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish

smartfix.pro saytidagi SmartFix — tizimning ishga tushishi bilan bog‘liq fayllar va tarmoq parametrlarini avtomatik ravishda tiklash imkonini beruvchi bepul dasturdir.

U tizimni tiklash muhitiga biriktirilishi mumkin, viruslarni o‘chirish uchun tashqi vositalarni ishga tushirish, zararli dasturlarni olib tashlash va tizim ish faoliyatini tiklash uchun boshqa vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi.

Agar tizimning ishga tushirilgan holatida unga bevosita kirib foydalanishning imkoni bo‘lmasa, qayta tiklash muhitida yordamchi dasturning mavjudligi – Windows'ning ishchi holatini avtomatik ravishda tiklashga urinish imkonini taqdim etadi.

Qayta tiklash muhitidan ishga tushirilganida, yordamchi dastur tarmoq muammolarini avtomatik ravishda bartaraf etadi va viruslarning ta’sirini olib tashlashga “urinib ko‘radi”.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.2K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-01-06 10:30:59
#telegram

Spoyler formatlanishi. Xabaringizni tahrirlash vaqtida, uning ixtiyoriy qismini belgilang va matnni chatda animatsiya ortiga, shuningdek chatlar ro‘yxati va bildirishnomalarda berkitish uchun formatlash menyusidagi “Spoiler” bandini tanlang.

Berkitilgan matnni ko‘rish uchun animatsiya ustiga bosing – spoylerlar shuningdek matnning boshqa formatlanish turlari bilan, shu qatorda havolalar bilan ham qo‘llanilishi mumkin.

MIUI qurilmalarida formatlash opsiyalariga o‘tish uchun ekranning yuqori o‘ng burchagidagi ⋮ belgili menyu ustiga bosiladi.

Foydali postlar ro‘yxati: |

@itspecuz | Mundarija
2.5K views07:30
Ochish/sharhlash