Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash | IT specialist

#operatsion_tizim

Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati (1)

Operatsion tizimning qulay interfeysi tufayli hamma ham buyruq satri (Командная строка)ning imkoniyatlari haqida bilmaydi. Odatda buyruq satri yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatoliklarni tuzatish uchun qo‘llaniladi (shunda ham kompyuterda uncha-muncha ishlash tajribasi bor foydalanuvchilar tomonidan).

Buyruq satri bo‘yicha video ko‘rsatmani ushbu postimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu maqolada Windows'ning konsol oynasida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati qisqa izohi bilan keltiriladi. Buyruqlarning aksariyati ma’lum parametrlar bilan bajarilishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun buyruqning o‘zidan keyin funksiya bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun /? belgilari kiritiladi.

Masalan, PING buyrug‘i ulanishning butligi va sifatini tekshiradi. Konsolga PING /? ni yuborib, biz buyruqning turli parametrlari bo‘yicha ma’lumotnomaga ega bo‘lamiz.

• ASSOC – fayl nomi kengaytmalari bo‘yicha solishtirmalarni chiqarish yoki o‘zgartirish
• ATTRIB – fayl atributlarini ko‘rsatish yoki o‘zgartirish
• BREAK – CTRL + C klavishlari kombinatsiyasini qayta ishlash rejimini faollashtirish yoki o‘chirib qo‘yish
• BCDEDIT – boshlang‘ich yuklanmani boshqarish uchun yuklanma ma’lumotlar bazasida xususiyatlarni belgilaydi
• CACLS – fayllarga murojaatni boshqarish ro‘yxatlari (ACL)ni ko‘rsatish va tahrirlash
• CALL – bir paketli faylni boshqasidan turib chaqirish
• CD – joriy papkaning nomini chiqarish yoki uni o‘zgartirish
• CHCP – faol kod sahifasini chiqarish yoki o‘rnatish/sozlash
• CHDIR – joriy papkaning nomini chiqarish yoki uni o‘zgartirish
• CHKDSK – diskni tekshirish va statistikani chiqarish
• CHKNTFS – yuklanish vaqtida disk tekshirilishi bajarilishini ko‘rsatish yoki o‘zgartirish
• CLS – buyruq satri oynasini yozuvlardan tozalash
• CMD – buyruq satrlari interpretatorining yana birini ishga tushirish
• COLOR – qoida bo‘yicha qo‘llanilayotgan oldingi plan (matn) va fon ranglarini o‘rnatish/sozlash
• COMP – ikki fayl yoki ikki fayllar to‘plamlari tarkibini solishtirish
• COMPACT – NTFS bo‘lim (раздел)larida fayllar siqilishini ko‘rsatish va o‘zgartirish
• CONVERT – FAT tom (fayl tizim)ini NTFS'ga o‘zgartirish
• COPY – bir yoki bir nechta fayllarni boshqa joyga nusxalab o‘tkazish
• DATE – joriy sanani chiqarish yoki o‘rnatish/sozlash
• DEL – bir yoki bir nechta fayllarni o‘chirish
• DIR – ko‘rsatilgan papka tarkibidagi fayllar va ichki papkalar ro‘yxatini ko‘rsatish
• DISKPART – disk bo‘lim (раздел)i xususiyatlarini ko‘rsatadi yoki sozlaydi
• DOSKEY – buyruq satrlarini tahrirlaydi, makroslar yaratadi va Windows 10 buyruqlarini qayta chaqiradi
• DISM – Windows 10 obrazlarida komponentlar va paketlarni sanab o‘tadi, o‘rnatadi, o‘chiradi, sozlaydi va yangilaydi
• DRIVERQUERY – qurilma drayverining joriy holati va xususiyatlarini ko‘rsatadi
• ECHO – xabarlarni ko‘rsatadi va ekranda buyruqlarni ko‘rsatish rejimini o‘zgartiradi

Ushbu maqolaning 2-qismi | 3-qismi

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija