Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim #hardware #software HDD'dan SSD'ga qanday | IT specialist

#operatsion_tizim #hardware #software

HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?

Agar siz shaxsiy kompyuteringizni yangilamoqchi bo‘lib, HDD (qattiq disk) o‘rniga SSD (qattiq jinsli tezkor disk)ni o‘rnatishga qaror qilsangiz, barcha ma’lumotlarni boshqa joyga o‘tkazish kabi vaqt oluvchi va ba’zida xarajat ham talab etuvchi ortiqcha ishni qilishingizga hojat yo‘qdir. Ushbu jarayonda qattiq disklarni klonlash va eski diskdan yangisiga “og‘riqsiz” o‘tish mumkin.

Buning uchun talab etiladigan harakatlar:

. Macrium Reflect dasturini yuklab olamiz va o‘rnatamiz.

. “Клонировать этот диск” va “Выбрать диск для клонирования” bandlari ustiga bosamiz.

. 2-bo‘sh maydonda SSD'ni ko‘rsatamiz.

. Klonlash uchun kerakli disklarni tanlaymiz yoki agar bizda yetarlicha joy bo‘lsa, barchasini belgilaymiz.

. “Далее” va “Готово” tugmalarini bosamiz.

. Shaxsiy kompyuterimizni o‘chiramiz, HDD'ni asosiy platadan uzamiz va SSD'ni ulagan holda qurilmamizni qayta ishga tushiramiz.

Manba: @tech_lifehacks

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija