Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Fayllar va papkalar joylashgan manzilini | IT specialist

#operatsion_tizim

Fayllar va papkalar joylashgan manzilini tezkor nusxalab olish

Agarda sizda qaysidir papkada ko‘plab fayllar va papkalar joylashgan bo‘lib, ularning kengaytmalari (masalan, *.txt, *.jpg, *.mp3)ni ham inobatga olgan holda maxsus ro‘yxat tuzish lozim bo‘lsa, buni Windows 10'ning standart Проводник dasturi oynasida ortiqcha dasturlarsiz amalga oshirish mumkin.

Buning uchun kerakli papkani oching va CTRL + A klavishlari birikmasi orqali barcha fayllarni belgilang. Проводник dasturida oynasining yuqorisidagi Главная varaqa (вкладка)siga o‘ting va undagi Буфер обмена bo‘limida Скопировать путь tugmasi ustiga bosing.

Shundan so‘ng istalgan matn muharririni oching va unga almashinish buferiga nusxalab olingan matnni CTRL + V klavishlari birikmasi orqali joylashtiring.

Manba: @computer_life

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija