Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.98K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-02-22 21:40:40 Диққат! Central Asian Studies, Decolonial Research ва антропология ишқибозлари. Таниқли рус олими, Марказий Осиё бўйича эксперт Сергей Абашиннинг янги интервьюси.

Соҳага қизиқувчи ҳамма ўқиши шарт бўлган каттакон матн. Кўп мавзулар кўтарилган, фандан тортиб Украинадаги урушгача.

Ҳа, интервью баҳона фандаги янги қарашларни ўрганасиз, Мадина Тлостанова ва бошқа тренддаги олимлар ҳақида билиб оласиз.

«Деколонизация освобождает от одних зависимостей, но несет другие»

@AsanovEldar
3.4K views18:40
Ochish/sharhlash
2023-02-21 07:34:08 Va albatta, bu narsada dronlarni muhimligini unutmaylik. Dronlar - bu millat xavfsizligi uchun o’ta muhim ekanini ko’rdik. Shu urushdan O’zbekiston xavfsizligi uchun bir saboqlardan biri - dronlarga ruhsat bo’lishi kerak. Iloji bo’lsa millionlab vatandoshlarimiz har xil turdagi dronlardan foydalana olishlari mamlakatni harbiy potensiali uchun o’ta muhim va kerakli.
3.0K viewsedited  04:34
Ochish/sharhlash
2023-02-21 07:34:08 O’tgan yili shu kunlarda urush hademay boshlanadi deb o’tirgan edim.

O’tgan yili shu paytda yozgan postlarimni o’zimga o’qish qiziq bo’lyapti. O’sha paytda kelajak qanday bo’lishini bilmasdan yozgan edim - kelajakni bilmasdan qanday fikrlaganimni eslamoqdaman.

O’sha paytda bir xil narsalarni aniq bilmagan edim.

Rus qo’mondonlari 24 fevral kuni bir to’da Rosgvardiyachilarni paradda yuradigan kiyimlari bilan birga yaxshi himoyalanmagan avtomobillarda, yoqilg’isiz, Kyivni zabt etishga yuborishini normal deb o’ylashlarini.

Rosgvardiyachilar Moskva va katta shahar markazlarida huquq himoyachilarini qo’llarini qayirib avtozaklarga tiqishni bilshadigan millitsiyaviy tuzilma edi. Yaxshi qurollangan regulyar armiyaga qarshi, Oliy iqtisodiyot maktabida o’qiydigan student qizlarni qamash bilan shug’ullanadigan odamlarni yengil qurollar bilan yuborishini tasavvur qilmagan edim. Ular haqiqiy harbiylarga qarshi umuman kurashishni bilmaydigan guruhlar edi va birinchi kuni yonib ketishdi.

Xuddi shunday, himoyalanishi zaif bo’lgan vertolyotlarda, Ruslar o’z desant qo’shinlarini - Kyiv yonidagi aerodromga yuborishi ham kutilmagan edi. Desant qo’shinlari, xuddi gvardiyaga o’xshagan kvazipolitsiya kuchlari. Yengil qurollangan bu qo’shin, o’zi haqida afsonalarni yozda hiyobonlarda ochki kiygan talaba yigitlarni boshiga pivoni butilkasi bilan urish orqali va o’tib ketayotgan qizlarga tegajonlik qilib yaratib olishgan.

Ha, desant rus armiyasini “elitar” qo’shinlari. Lekin ular aynan politsiyaviy operatsiyalar uchun ishlatiladigan va ishlashni biladigan qo’shin. Ular o’ta yengil qurollangan va regulyar urush uchun umuman to’g’ri kemaydigan qo’shin turi. Masalan, sobiq Afg’oniston prezidentini qarorgohiga kirib uni o’ldira olishar edi. Yoki Praga aeroportidagi bir nechta qorovulni o’ldirib, aeroportni ushlab turish uchun ularni ishlatishgan. Yoki hech qanday harbiylar qarshilik ko’rsatmaydigan Qrim mamuriyati binolarini egallash uchun yaxshi vosita bo’lishi mumkin edilar. Xuddi shunday, Qozog’istondagi to’polonlarni tinchlanitirish uchun ishlatilishgan. Bular hammasi politsiyaviy operatsiyalar. Lekin politsiyaviy operatsiyalar bilan harbiy operatsiyalar mutlaq farq qiladi: harbiylarda haqiqiy, normal og’ir qurollar bor. Ukrainalik regulyar harbiylar ham, o’sha Gostomeldagi desantni bemalol qirgani natijasida, bugunga kelib, eng kamida, rus desantini yarimi kurash uchun yaroqli emas. Shuni albatta kutmagan edim va tasavvur qilmagan edim. O’z raqiblarini shunchalik kamsitib, o’zlarini shu darajada zo’r deb o’ylashadi deb o’ylamagan edim. Urushni politsiyaviy “tinchlantirish” opertatisyasidek o’ylashgan.

Xuddi shunday, Chechen rosgvardiyachilari ham urushga borib, bilib turib, qirilib ketishiga ishonish qiyin edi. Axir Chechnyada juda kichik bo’lgan va deyarli qurollanmagan siyosiy raqobatchilar yoki terror guruhlarga qarshi operatsiya qilgan chechen rosgvardiyasi, tabiiyki regulyar armiyaning og’ir qurollangan moto-o’qchilarlarni oldida ip esha olmay qoladi. Hozir chechenlar deyarli urushmayotgani, ular to’g’ri xulosa qilganidan dalolat deb o’ylayapman.

O’ylab qarasak, desant va rosgvradiya qo’shinlari haqiqiy regulyar armiyaga qarshi umuman kurashishga yuborish ularni atayin o’ldirib yuborishga o’xshagan harakatga o’xshaydi. Lekin menimcha, rus qo’mondonlarini katta xatosi, o’zlarini armiya haqidagi propagandasiga, o’zlari ishonib qolishganida edi. Ya’ni rus qurolli kuchlari urush qila olmasliklarini eng kamida o’sha qo’mondonlari ham bilmagan ekan. Chunki ularni urushni boshida qilgan hatti harakatlarini boshqacha tushuntirish mumkin emas.

Boshqa tarafdan, bu takkaburlikni yaxshi taraflari shunday iboratki, Ukrain askarlari - vatan himoyachi va qahramonlari, quruqlikdagi dunyoni eng katta armiyasini eng “elitar” qo’shinlarini bir necha haftada tor-mor qilib tashlashdi. Shu narsa urushni qanday kechishi uchun o’ta muhim edi. Ayniqsa psixologik nuqtai nazardan.
2.5K views04:34
Ochish/sharhlash
2023-02-21 06:57:47 Ko’p an’nalar nisbatan yangi ijtimoiy ixtirolar.

https://t.me/profsherzod/42
3.0K views03:57
Ochish/sharhlash
2023-02-21 05:08:59 Павел Чиковни 2020 йилда Сергей Гуриев билан суҳбати орқали таниган эдим. Гуриев бу кўрсатувида турли соҳаларни қандай ислоҳ қилиш мумкинлиги бўйича суҳбатлар уюштирганди (Саволлар «Орзудаги Россиянинг фалон соҳаси қандай бўлади» кўринишида берилган).

Ўша суҳбатда Чиковга полиция қандай бўлиши кераклиги ҳақида саволлар берилган, у эса ечим сифатида децентрализация, ҳодимлар сонини қисқартириш, жавобгарлик тизимини ўзгартириш ва самарадорлик кўрсаткичларини тўғри қўйиш кераклиги ҳақида яхши таклифлар берган.

Россияда бошқа мамлакатлар билан солиштирганда полиция ҳодимлари сони каррасига кўп эканини ўшанда билгандим (бутун дунёда 1000 нафар аҳолига тўғри келадиган полиция ҳодимлари сони 3 кишини, Швецияда 2 кишини, Финляндия, Япония ва Ҳиндистонда 1 кишини ва АҚШда 3 кишини ташкил этадиган бир вақтда Россияда бу рақам 9 киши экан).

Бундан ташқари, Гуриевга ҳам қамоқхоналар ҳақида Дудга айтгани каби Скандивания модели энг яхши эканини таъкидлаган (Птушкиннинг мана бу сафари ёдимга тушди).

Хуллас, Дудни кўриб бўлгандан кейин Чиковнинг Гуриев билан суҳбатини ҳам кўриб қўйса арзийди. Умуман олганда ўша туркумдаги суҳбатлар орқали жуда кўп соҳаларни айнан қандай ислоҳ қилиш мумкинлиги ҳақида тасаввур ҳосил қилиш мумкин.
3.2K views02:08
Ochish/sharhlash
2023-02-20 22:10:12
Pavel Chikovni Dudga intervyusini ko’rishni boshladim, birinchi gapi, Marksist g’oyadagi “kapitalistik” huquq - Rossiyaning hozirgi ahvoli haqida ekanligini aytib o’tdi.

Xuddi shunday g’oyani quyidagicha davom ettirish mumkin. SSSRda, “g’arb” mamlakatlaridagi hayotni karikatura qilib chizishar edi. O’sha karikaturalar, hozirgi Rossiya haqida deb o’ylab qolish mumkin.

Qandaydir ma’noda - shu karikaturalarda katta bo’lgan bolalar, o’zlari qurgan mamlakatni xuddi karikaturadek qilib qo’yishdi.
1.7K views19:10
Ochish/sharhlash
2023-02-20 18:46:17 Jeyms Robinsonning "Millatlar nima uchun tanazzulga uchraydi?" mavzusida Ted maruzasini o‘zbekcha subtitrlarini qo‘yishibdi.

Subtitrni yoqib, ko‘rsangiz bo‘ladi.



4.0K viewsedited  15:46
Ochish/sharhlash
2023-02-20 16:54:48 Korrupsiya ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin korrupsiyani eng muhim yomon asoratini ta'rifini aniqlashtirish kerak.

Agar qandaydir davlat ishchisi poraxo‘rlik natijasida xalq puildan 10 so‘m o‘g‘rilik qilsa - korrupsiya deb ataymiz va yomon ko‘ramiz bu ishni.

Lekin bu masalani eng kichik muammosi. Asl muammo shundaki, shu 10 so‘m o‘g‘rilik qila olishi uchun, o‘yin qoidalarini, qonunlarni va muhitni shunday o‘zgartirishadiki, asl iqtisodiy zarar minglab barobar ko‘p bo‘ladi. Ya’ni koshki edi zarar faqat 10 so‘m bo‘libgina qolsa. Eng yomon tarafi, shu 10 so‘mni o‘g‘rilayman deb, 10 ming so‘mli zarar qilishlarini o‘zlari ham bilmaydi, yoki ularga farqi yo‘q. Ko‘pincha aholiga o‘sha 10 so‘mlik o‘g‘rilik xunuk ko‘rinadi, jahli chiqadi. Lekin ko‘rinmaydigan 10 ming so‘mlik zarar umuman muhokamada bo‘lmaydi.
4.2K viewsedited  13:54
Ochish/sharhlash
2023-02-20 16:49:18
Freelancer platformalari va Payoneer orqali O'zbekistonga tushib kelgan mablag'lar kesimi.

@nuruddinblogs
3.7K views13:49
Ochish/sharhlash
2023-02-20 16:34:20
Все буде Україна!
4.0K views13:34
Ochish/sharhlash