Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2023-02-17 18:40:59
Google kompaniyasidan “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturi ishga tushirildi
IT Park va “GDG Toshkent” “Uzum” va Digital-operator Beeline Uzbekistan ko‘magida poytaxtimizda “Solution Challenge” tanloviga tayyorgarlik dasturini ishga tushirmoqda.

“Solution Challenge” – bu BMTning 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan bir yoki bir nechtasiga muvofiq Google texnologiyalaridan foydalangan holda mahalliy muammoga yechim yaratish maqsadida Google tashabbusi bilan talabalar uchun har yili oʻtkazib kelinadigan tanlov.

Tayyorgarlik dasturi Oʻzbekiston loyihalariga butun dunyo boʻylab 10 ta eng yaxshi “Solution Challenge” final bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirishga yordam berish uchun yoʻlga qoʻyilgan. U seminarlar, mentorlik va feedback sessiyalarini o'z ichiga oladi. Tadbirlar gibrid formatda o'tkaziladi.

Seminarlar Google kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ularda spikerlar o‘z loyihalarida Google resurslaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot beribgina qolmay, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob beradilar. Seminarlarda o‘tgan yilgi tanlovlar g‘oliblari ham ishtirok etadi.

Mentorlik sessiyalari ishtirokchilar uchun turli sohalardagi yetakchi mutaxassislarning qimmatli maslahatlarini tinglash orqali loyihalarni sayqallash, koʻnikmalarni rivojlantirish hamda yangi gʻoyalarga ega boʻlishdek noyob imkoniyat yaratadi.

Feedback sessiyalar esa loyihani sayqallash uchun kerakli fikr-mulohazalarni olishning ajoyib usuli hisoblanadi. Ushbu tadbir tayyorgarlik dasturining yakuniy bosqichi bo'lib, shundan so'ng tanlov uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi.

Tayyorgarlik dasturi doirasidagi tadbirlar fevral oyi oxirida start oladi. Ro‘yxatdan o‘tish orqali loyihalar ustida ishlashni bugundanoq boshlash imkoniyati mavjud. “Solution Challenge” uchun arizalar esa 2023-yil 17-martdan 31-martga qadar qabul qilinadi.

Dasturga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin: https://forms.gle/7C9WvE2GtyCkhSeG6


@nuruddinblogs
4.6K views15:40
Ochish/sharhlash
2023-02-16 06:30:37 «Биронта фикрингизга қўшилмайман, лекин шу фикрни айтиш ҳуқуқингиз учун жонимни беришга тайёрман», деган экан файласуф Вольтер.

Чинакам эркинлик ёки ҳаммада бўлади ёки ҳеч кимда бўлмайди. Ё ҳамма соҳада бўлади ё ҳеч қайси соҳада бўлмайди. Бизга ёқмаган одамларнинг овозини ўчиргимиз келиши ва шу билан бир қаторда сўз эркинлигини хоҳлашимиздан маъно йўқ. (Замонимизнинг доно одамларидан бири айтганидек: биз барчамиз туташ идишлармиз. Кимнингдир ҳуқуқи бузилиши айни вақтда бизнинг ҳам ҳуқуқларимиз поймол қилинаётганини англатади)

Фикр минбарлари кўпайиши, янги-янги фикр эгалари пайдо бўлиши ва уларнинг бир-биридан мустақил экани бизни қувонтириши керак, аксинча эмас. Ҳамма бизга ёқадиган гапларни гапиришга мажбур эмас, агар аксинча бўлганда бу жуда хавфли бўларди. ИМҲО.
1.5K views03:30
Ochish/sharhlash
2023-02-15 22:26:59 AQShda ikki hayron qolarli joyi bor. Birinchisi, boy odamlarni va ayniqsa korporatsiyalarni siyosiy qarorlarga kam ta’sir qila olishi (odamlar tassavur qilganidan ancha kam). Ikkinchisi, siyosiy jarayonlarda kam pul aylanishi. Hayratda qolarli daraja kam…
3.2K viewsedited  19:26
Ochish/sharhlash
2023-02-15 20:23:47 AQShda ikki hayron qolarli joyi bor. Birinchisi, boy odamlarni va ayniqsa korporatsiyalarni siyosiy qarorlarga kam ta’sir qila olishi (odamlar tassavur qilganidan ancha kam).

Ikkinchisi, siyosiy jarayonlarda kam pul aylanishi. Hayratda qolarli daraja kam pul. Buni sotsiologik oqibatlari qiziq.
4.0K views17:23
Ochish/sharhlash
2023-02-15 20:19:31 Qisqa aytsam: birinchi qismiga qo’shilaman. Ha, umumiy mahraj bu noto’g’ri iqtisodiy siyosat.

Lekin XVJni maslahatlari odatda tabiiy. “Yong’in ustida benzin quyma” qabilida.

https://t.me/the_bakiroo/6217
4.0K viewsedited  17:19
Ochish/sharhlash
2023-02-15 20:10:07 Menimcha, agar umumiy mahraj chizadigan bo’lsak, XVJ odatda talab qiladigan “strukturaviy” islohotlar odatda to’g’ri va kerakli narsalar.

Mamlakatlar ularni qilishlari haqida va’dalar berib qilishmaydi xolos. Yoki chala qilishadi. Ya’ni Argentina va Pokistonning muammosi - XVJni aytganini qilmaganida deb o’ylayman, qilganida emas.

Bunday mamlakatlar hukumatlari odatda o’zi eplay ola olmaydigan darajada ko’p byudjet xarajatlarini qilib kelishadi va o’z valyutalarini suniy ushlab turishgan bo’lishadi. Buning natijasida shu muammo yuzaga keladi. Ya’ni importni narxi kerakligidan ortiq “arzon” tuyiladi - valyutani ushlash natijasida.

Endi XVJ maslahatlariga kelsak.
Agar analogiya qiladigan bo’lsam - do’xtirxonaga ko’proq borgan odamlarda umri qisqaroq bo’ladi degan korrelyatsiya mavjud. Bu to’g’ri korrelyatsiya. Sababi shundaki, aynan juda kasal odam do’xtirxonaga borishga ko’proq muhtoj. Demak, XVJdan yordam so’raydigan mamlakatlarda ham masala shunda - surunkali kasalligi bor - do’xtirga (XVJga) murojaat ko’proq qiladi. Lekin bu bilan, do’xtirni aytgani noto’g’ri degani emas. Menimcha aksincha to’g’ri. Valyutani suniy ushlamaslik kerak edi, byudjet xarajatlarini oshirmaslik kerak edi. Ya’ni fiskal intizom bo’lmaganidan, do’xtirga borishga majbur bo’lishadi. Muammolari ham, “turmush tarzi”dan, do’xtir faqatgina vaqtinchalik yechim bera oladi, shunda ham, agar amal qilishsa.


https://t.me/the_bakiroo/6217
4.1K viewsedited  17:10
Ochish/sharhlash
2023-02-15 04:26:10 G‘arbiy OAVni o‘qisangiz, biz sun’iy intellektning yangi bahorida yashamoqdamiz degan xulosa kelib chiqadi. Deyarli har kuni yangi narsa chiqmoqda, odam o‘qib ulgurmayapti. Fan inqilobi deyishmoqda.

Mening bashoratim quyidagicha: suniy intellektning rivojlanishi, axborot texnologiyadagi ish o‘rinlarini ko‘paytiradi. Xuddi bankomatlar chiqqanidan keyin ko‘proq odam banklarda ishlashni boshlagani yoki sanoat inqilobidan keyin undan ham ko‘p odam ishlab chiqarishda ishlagani kabi, suniy intellekt inqilobi undan ham ko‘p odamni kod yozishi uchun talabni ko‘paytiradi.
4.9K viewsedited  01:26
Ochish/sharhlash
2023-02-15 04:19:39 AQShning yirik texnologik kompaniyalarini ham soʻl tarafdagi siyosatchilar, ham oʻng tarafdagi siyosatchilar xush koʻrmaydilar. Ikkala tarafda oʻziga yarasha argumentlari bor, argumentlari tamoman har xil bo'lsa ham, natija bir xil - katta texnologik kompaniyalarni…
3.9K viewsedited  01:19
Ochish/sharhlash
2023-02-15 04:13:05 Rivojlanmangan mamlakatlar Xalqaro Valyuta Jamg‘armasidan mablag‘ olishlari va fiskal sog‘likni ta’minlashlari uchun devalvatsiya qilishlariga to‘g‘ri kelar ekan.

Misr, Livan va Pokistonda bu ish sodir bo‘lib bo’ldi. Keyingisi Argentina, Bangladesh va Nigeriyaga bo‘lishiga o‘xshayapti. Toltsoy aytganidek, barcha baxtsiz oilalar - unikal ravishda baxtsiz bo‘lganidek, hozir moliyaviy muammodagi barcha mamlakatlarda turli xil muammolar mavjud. Qandaydir umumiy mahrajni chizish qiyin.
3.7K viewsedited  01:13
Ochish/sharhlash
2023-02-15 04:01:10
Xuddi shu g‘oyani davom ettirsak: bu videoda Saudiya Arabistonida Xellouin bayrami nishonlanishi aks etgan.

Videoni mamlakat Ko‘ngilochish qo‘mitasi rahbari (hukumat a’zosi) Turkiy Al-Shayx o‘z tvitteriga qo‘ygan edi.

To‘g‘risi, amerikaning qaysi shahrida bu bayram shunchalik keng nishonlanganini eslay olmayman.

https://twitter.com/Turki_alalshikh/status/1585762595134390272?t=UEIV5BZV7fgmuwvOl0sVdQ&s=19

@iqtisodchi_kundaligi
3.8K viewsedited  01:01
Ochish/sharhlash