Get Mystery Box with random crypto!

Korrupsiya ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin korrupsiyani eng muhim | Iqtisodchi Kundaligi

Korrupsiya ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin korrupsiyani eng muhim yomon asoratini ta'rifini aniqlashtirish kerak.

Agar qandaydir davlat ishchisi poraxo‘rlik natijasida xalq puildan 10 so‘m o‘g‘rilik qilsa - korrupsiya deb ataymiz va yomon ko‘ramiz bu ishni.

Lekin bu masalani eng kichik muammosi. Asl muammo shundaki, shu 10 so‘m o‘g‘rilik qila olishi uchun, o‘yin qoidalarini, qonunlarni va muhitni shunday o‘zgartirishadiki, asl iqtisodiy zarar minglab barobar ko‘p bo‘ladi. Ya’ni koshki edi zarar faqat 10 so‘m bo‘libgina qolsa. Eng yomon tarafi, shu 10 so‘mni o‘g‘rilayman deb, 10 ming so‘mli zarar qilishlarini o‘zlari ham bilmaydi, yoki ularga farqi yo‘q. Ko‘pincha aholiga o‘sha 10 so‘mlik o‘g‘rilik xunuk ko‘rinadi, jahli chiqadi. Lekin ko‘rinmaydigan 10 ming so‘mlik zarar umuman muhokamada bo‘lmaydi.