Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.98K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-06-06 06:25:36
Kapital bozori kriptodan voz kechdimi?

Venchur kapitalistlar kriptostartaplarga pul tikishni toʻxtatib qoʻyishibdi…
3.7K viewsedited  03:25
Ochish/sharhlash
2023-06-05 22:38:23
Appleni bugungi prezentatsiyasi haqiqatdan haftaning, balki oyning eng katta yangiligi. Hardwareda (temir) appledan yaxshiroq firmani tasavvur qilish qiyin, yangi produktlar, ayniqsa Vision Pro — hayotimizni sifatini yanada yaxshiroq qiladi. Menimcha anchadan beri kutilgan innovatsiya. Oculus Meta Quest 2, Google glass kabi produktlar kutilganidek boʻla olmadi. Odamlarda koʻzga taqadigan kompyuterlarga anchadan beri talab bor edi, shuning uchun boʻlsa kerak, bunday instrumentlarni koʻp kompaniyalar yaratishga urinishgan edi. 

Shaxsan oʻzim ham sotib olmoqchiman. Universitetga kirganimdan beri yashaydigan joyimda hech qachon televizor boʻlmagan edi, oʻzi oʻylab turgan edim, shu yili televizor sotib olaman deb, xayriyatki apple zoʻr produkt chiqardi endi televizor sotib olish ham kerak boʻlmay qoladi.
6.4K viewsedited  19:38
Ochish/sharhlash
2023-06-02 23:46:17 Agar Erdog’an Mehmet Shimshekni iqtisodiy islohotlar qilish va eski xatolarni tuzatish uchun jalb qila olsa, Markaziy Bankga ham haqiqiy professional - Hafize Erkanni qo’ya olsa Turkiya uchun katta ish bo’lar edi.

Katta xatolar qilindi, endi o’z kuyovini moliya vazirligi va ayniqsa hukumatdan chetlata olib Shimshek va jamoani qayta hukumatga olib kelishishga erishsa - Turkiya jumhuriyati uchun, uning iqtisodiyoti uchun katta ish bo’lar edi.

Menimcha yangi jamoa faqat to’liq kart-blansh va islohotlarni siyosiy bosimlarsiz amalga olish uchun kafolatlar va institutsional chegaralar ola olsagina (masalan MBning mustaqilligi qayta ta’minlansa), islohotlarni qila olishadi. Menimcha Shimshek buni yaxshi biladi.

Xullas Erdog’an o’zini ishlamaydigan nazariyalari bilan katta xato qilganini tan olishi - menimcha juda bir yaxshi yangilik. Turkiya rivojlanishi va taraqqiy etishi kerak. Buning uchun hukumatga keladigan odamlar oilaviy yaqinligi yoki shaxsiy sadoqati emas, professionaligi va vatanparvarligi uchun bo’lishi kerak. Albatta bu jamoa va Erdog’an ko’p siyosiy va hatto falsafaviy masalalarda fikrdosh emaslar, lekin shunga qaramasdan Erdog’an professionalarni jalb qilsa - zo’r ish bo’lar edi.
Aytmoqchi, Ali Babajan ham qaytishi kerak deb o’ylayman. Turkiya iqtisodiyotini qutqarish kerak. Qancha ko’p odam jalb qilinsa - shuncha yaxshi.

Agar MB raisi o’zgarsa, yana bir odam - Abdulla Yavashni ham MB kuzatuv kengashiga qaytarish kerak deb o’ylayman.
24.4K viewsedited  20:46
Ochish/sharhlash
2023-06-01 10:41:35 Toshketndagi buzilishlarni mohiyati va tabiatini tushunish uchun va eng muhimi yechish uchun Kouz teoremasi kerak bo’ladi.

Kouz aynan shu ishi uchun Nobel mukofotini olgan.

https://dspace.mit.edu/bitstream/handle/1721.1/109484/14-03-fall-2010/contents/lecture-notes/MIT14_03F10_lec13.pdf
8.8K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-05-26 19:46:45 Географик муаммоларимиз борлигига қарамай, биз ўзимиз ҳам муаммолар яратамиз

Daryo иқтисодчи Юлий Юсупов билан интервьюни эълон қилди. Қисқа интервью ичида бир қатор муҳим гаплар бор. Масалан, Юсупов айтяпти:

«Масалан, бизнинг энг катта савдо ҳамкоримиз бу Россия. Лекин бизнинг Россия билан савдо муносабатларимиз сезиларли даражада сунъий. Чунки, бизда Россия билан бож тўловлари йўқ. Лекин Туркия, Хитой ёки МДҲ эркин савдо ҳудудига кирмайдиган бошқа мамлакатлар билан бож тўловлари етарлича юқори. Натижада эса, Россиядан импорт қилиш фойдалироқ бўлиб қоляпти.

Яъни, биз савдомизни диверсификация қилиш учун ўзимиз тўсиқлар ўрнатдик, оқибатда эса Россияга боғланиб қолдик. Ва қачонки Россияда муаммолар юзага келса, бизда ҳам муаммолар пайдо бўлади».

Мазкур қисқа интервьюни тўлиқ ўқиб чиқишни тавсия қиламан.

https://daryo.uz/2023/05/26/geografiya-bilan-omadimiz-kelmaganiga-yarasha-tosiqlarni-olib-tashlashimiz-kerak-yuliy-yusupov
12.2K views16:46
Ochish/sharhlash
2023-05-25 15:57:34 Айтишларича, Тошкентдаги хонадонлардан бирининг балконидан Украина байроғини олиб ташлаш учун кранлар (суратда ўт ўчириш машинасининг нарвони) жалб қилинибди. Бир томондан тушунгинг келади, чунки воқеа Тошкент марказидаги Янги Москва номли турар жой мажмуасида бўлган, лекин барибир: эй, шу ишни қилганлар - сизлар кимсизлар, қанақа одамсизлар? Соғмисизлар ўзи? Нега Ўзбекистонни бунчалик ёмон кўрасизлар?

Яшасин Украина, қаҳрамонларга шон-шараф!

UPD. Бибисида байроқли уй эгаси билан суҳбат чиқибди. Айтишича, милицияга байроқни олиш ҳақида топшириқ берилган экан.
9.3K views12:57
Ochish/sharhlash
2023-05-14 21:50:01
Betmen kinosida va kitobida bir ajoyib jumla bor:

“You either die a hero or live long enough to see yourself become the villain…“

“Sen yo qahramon boʻlib ketasan, yoki oʻzing yovuz qahramonga aylanib qolishingni shohidi boʻlasan...“

Bu soʻzlar juda chuqur, ayniqsa siyosatda. Agar Erdogʻan, iqtidordan 2013 yilda ketganida, shubhasiz, ham jumhuriyat tarixida, ham jumhuriyatdan oldingi tarixdagi eng samarali boshliq — rais boʻlib ketgan boʻlar edi. Hozir ham, ketishning eng chiroyli mavridi. Putin haqida ham shunday fikr boʻlar edi, 2008 — yilda abadiy ketganida, Rus davlatchiligi tarixidagi eng yaxshi hukmdor boʻlib ketar edi. Shu hokimiyat shunday shirin narsaki, barcha uzoq qoladiganlarda Jorj Vashington boʻlib ketishdek imkoniyati boʻlganida ketmasdan, Mugabega oʻxshab qolib abadiy qolishni tanlashadi.

Eng qizigʻi bundan nafaqat ularni mamlakatlari aziyat chekadi, balki oʻzlarini ham tarixiy meroslari bulgʻalanadi. Vaqtida keta olgan siyosiy yetakchilar shuning uchun ham buyuk shekilli.
14.6K viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2023-05-14 17:10:46 Turkiyada oxirgi yillardagi eng muhim saylov natijalarini kutmoqdaman.

Turkiyaning demokratik taqdiri hozirgi saylov natijalariga chambarchas bog’liq. Men uchun Turkiya juda yaqin va sevimli mamlakat. Uning taqdiriga befarq emasligimni sabablari juda ko’p.

Umidim shuki Turkiya xalqi erkinlik va demokratiya yo’lini tanlaydi.
6.7K views14:10
Ochish/sharhlash
2023-05-13 02:50:24 Katta rahmat!

https://t.me/uzbekonomics/772
4.0K views23:50
Ochish/sharhlash
2023-05-08 19:07:32 Иқтисодчи Сергей Гуриев ва сиёсатшунос профессор Дэниел Трейсманнинг Манипулятив диктаторлар” (Spin Dictators) китоби яқин орада ўқиган энг қизиқ асарларимдан бири бўлди. Собиқ СССР ҳудудида катта бўлган одам учун китобдаги мисоллар балки янгилик бўлиб кўринмас, лекин ундаги тизимлашган анализлар ва тушунтиришлар XX аср диктатураси ва замонавий, янги диктатураларни англашга ёрдам беради. Чавез, Ли Куан Ю, Путин ва ҳатто Назарбоев каби давлат бошлиқлари Сталин, Мао, Пиночет каби қонхўр классик диктаторлардан анча фарқ қилади(ми?) Дунёдаги демократик жараёнлар ва технологиялар тузумларни юмшата оладими? Ўзларини қайсидир маънода прогрессив, демократик жараёнлар олиб борувчи сифатида кўрсатувчи шахслар диктатуранинг янги турига асос солдими? “Манипулятив диктаторлар” тез кунларда ўзбек тилида дунё юзини кўриши кутилмоқда, бу китоб қатор саволларга жавоб беришга ҳаракат қилади ҳамда қизиқ теорияни илгари суради. Асарнинг кириш қисми ва 1-бобидан бир парча ўқидим, шуни эътиборингизга ҳавола этмоқдамиз.

@madnifique
4.3K views16:07
Ochish/sharhlash