Get Mystery Box with random crypto!

Appleni bugungi prezentatsiyasi haqiqatdan haftaning, balki oy | Iqtisodchi Kundaligi

Appleni bugungi prezentatsiyasi haqiqatdan haftaning, balki oyning eng katta yangiligi. Hardwareda (temir) appledan yaxshiroq firmani tasavvur qilish qiyin, yangi produktlar, ayniqsa Vision Pro — hayotimizni sifatini yanada yaxshiroq qiladi. Menimcha anchadan beri kutilgan innovatsiya. Oculus Meta Quest 2, Google glass kabi produktlar kutilganidek boʻla olmadi. Odamlarda koʻzga taqadigan kompyuterlarga anchadan beri talab bor edi, shuning uchun boʻlsa kerak, bunday instrumentlarni koʻp kompaniyalar yaratishga urinishgan edi. 

Shaxsan oʻzim ham sotib olmoqchiman. Universitetga kirganimdan beri yashaydigan joyimda hech qachon televizor boʻlmagan edi, oʻzi oʻylab turgan edim, shu yili televizor sotib olaman deb, xayriyatki apple zoʻr produkt chiqardi endi televizor sotib olish ham kerak boʻlmay qoladi.