Get Mystery Box with random crypto!

Agar Erdog’an Mehmet Shimshekni iqtisodiy islohotlar qilish va | Iqtisodchi Kundaligi

Agar Erdog’an Mehmet Shimshekni iqtisodiy islohotlar qilish va eski xatolarni tuzatish uchun jalb qila olsa, Markaziy Bankga ham haqiqiy professional - Hafize Erkanni qo’ya olsa Turkiya uchun katta ish bo’lar edi.

Katta xatolar qilindi, endi o’z kuyovini moliya vazirligi va ayniqsa hukumatdan chetlata olib Shimshek va jamoani qayta hukumatga olib kelishishga erishsa - Turkiya jumhuriyati uchun, uning iqtisodiyoti uchun katta ish bo’lar edi.

Menimcha yangi jamoa faqat to’liq kart-blansh va islohotlarni siyosiy bosimlarsiz amalga olish uchun kafolatlar va institutsional chegaralar ola olsagina (masalan MBning mustaqilligi qayta ta’minlansa), islohotlarni qila olishadi. Menimcha Shimshek buni yaxshi biladi.

Xullas Erdog’an o’zini ishlamaydigan nazariyalari bilan katta xato qilganini tan olishi - menimcha juda bir yaxshi yangilik. Turkiya rivojlanishi va taraqqiy etishi kerak. Buning uchun hukumatga keladigan odamlar oilaviy yaqinligi yoki shaxsiy sadoqati emas, professionaligi va vatanparvarligi uchun bo’lishi kerak. Albatta bu jamoa va Erdog’an ko’p siyosiy va hatto falsafaviy masalalarda fikrdosh emaslar, lekin shunga qaramasdan Erdog’an professionalarni jalb qilsa - zo’r ish bo’lar edi.
Aytmoqchi, Ali Babajan ham qaytishi kerak deb o’ylayman. Turkiya iqtisodiyotini qutqarish kerak. Qancha ko’p odam jalb qilinsa - shuncha yaxshi.

Agar MB raisi o’zgarsa, yana bir odam - Abdulla Yavashni ham MB kuzatuv kengashiga qaytarish kerak deb o’ylayman.