Get Mystery Box with random crypto!

Betmen kinosida va kitobida bir ajoyib jumla bor: “You either | Iqtisodchi Kundaligi

Betmen kinosida va kitobida bir ajoyib jumla bor:

“You either die a hero or live long enough to see yourself become the villain…“

“Sen yo qahramon boʻlib ketasan, yoki oʻzing yovuz qahramonga aylanib qolishingni shohidi boʻlasan...“

Bu soʻzlar juda chuqur, ayniqsa siyosatda. Agar Erdogʻan, iqtidordan 2013 yilda ketganida, shubhasiz, ham jumhuriyat tarixida, ham jumhuriyatdan oldingi tarixdagi eng samarali boshliq — rais boʻlib ketgan boʻlar edi. Hozir ham, ketishning eng chiroyli mavridi. Putin haqida ham shunday fikr boʻlar edi, 2008 — yilda abadiy ketganida, Rus davlatchiligi tarixidagi eng yaxshi hukmdor boʻlib ketar edi. Shu hokimiyat shunday shirin narsaki, barcha uzoq qoladiganlarda Jorj Vashington boʻlib ketishdek imkoniyati boʻlganida ketmasdan, Mugabega oʻxshab qolib abadiy qolishni tanlashadi.

Eng qizigʻi bundan nafaqat ularni mamlakatlari aziyat chekadi, balki oʻzlarini ham tarixiy meroslari bulgʻalanadi. Vaqtida keta olgan siyosiy yetakchilar shuning uchun ham buyuk shekilli.