Get Mystery Box with random crypto!

IMHO

Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO I
Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO
Kanal manzili: @imho_my
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.46K
Kanalning ta’rifi

Kanalda bir insonni oʻylantirgan 💡IMHO fikrlar, exclusive yangiliklar 💥, foydali maʼlumotlar✅ berib boriladi.
Reklama va murojaatlar uchun bot:
t.me/imho_my_bot
📩INSTAGRAM: https://instagram.com/imho_my?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-05-02 09:34:15
Shaxsga nisbatan tanqid va jarayonga nisbatan tanqidning farqi bor

Bizda jamiyat shaxsga nisbatan tanqidga oʻch va shuning uchun ham hamma tanqidni shaxsga nisbatan deb oʻylaydi. Masalan, men qotib qolgan stereotiplarimizning zararini bir odam misolida koʻrsatib bersam, men u odamning shaxsiga nisbatan emas, aynan shu stereotiplarimizga nisbatan tanqid qilayotgan boʻlaman. Lekin koʻpchilik meni shaxsga nisbatan tanqidda ayblaydi va men oʻz-oʻzidan negativga chiqib qolaman. Yoʻq, bu degani men hayotga ijobiy qaramaydigan odamman degani emas. Shunchaki oʻz kasbiy vazifamni ado etgan boʻlaman, xolos.

@imho_my
15 views06:34
Ochish/sharhlash
2023-05-02 07:24:05
Jamiyatda hal qilinishi shart boʻlgan muammolar talaygina

Jurnalistikaning asosiy vazifasi tanqid qilish boʻlgani uchun undan maqtash talab qilinmasligi kerak. U muammolarni koʻrsatib bermogʻi, uning hal qilinishi uchun oʻz hissasini qoʻshmogʻi lozim. Lekin bizda bir narsa bor-da, yaʼni biz muammoni emas, muammoni koʻtargan, uni hal qilish uchun taklif kiritgan, olib chiqqan odamning oʻzini hal qilib qoʻyishga harakat qilamiz. Ammo shu muammoni hal qilsa boʻladi, biroq negadir shu odamni hal qilib qoʻygimiz kelaveradi.

@imho_my
15 views04:24
Ochish/sharhlash
2023-05-01 18:04:14
Koʻpchilik oʻz kasbida ishlamasligining sabablaridan biri

Oʻzbekistonda inson oʻz sevgan kasbi orqali oʻzi xohlagan moliyaviy erkinlikka erisha olmaydi. Masalan, siz jamiyatga nimadir bera oladigan sanʼatkor boʻlmoqchisiz. Lekin yurtimizda bunday sanʼat qadrlanmaydi. Tabiiyki, sizga pul olib kelmasa, baribir bir kun kelib oʻz hobbingizdan ham voz kechib yuborasiz va boshqa daromadliroq kasb tanlaysiz. U kasbning daromadi sizni qoniqtiradi, lekin mazza qilmaysiz. Ishlashga va alamzadalar jamiyatini qurishda davom etasiz.

Koʻzim oldidan oʻtdi may, koʻzim oldidan oʻtdi yoz.
Harakat qildim tinmay, lekin erishganim oz!
( Konsta ft Shokir "Chumoli" trekidan)

@imho_my
18 viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2023-05-01 13:54:18 Seniki, meniki...

Hukumat har doim ma'lum missiyani amalga oshirish uchun qo'llayotgan propogandasida qandaydir kalit so'zlardan foydalanmoqda.

2017-yil: Harakatlar strategiyasi, besh tashabbus.
2021-yil, Prezident ikkinchi muddatga saylanish arafasida: Inson qadri uchun, Yangi O'zbekiston.
2023-yil, Konstitutsiyani o'zgartirish arafasida: Meniki, seniki, hammamizniki.

Bu tendensiya qanchalik ish beryapti, bilmadim. Lekin, mazkur kalit so'zlar ichida yashirin ma'no bor ekan. Masalan, oxirgi hafta bo'lgan voqealarni misol qilaylik:

• Mehribonlik uyida zo'rlangan yosh qizlar — seniki yoki meniki bo'lishi mumkin edi. Ular hammamizniki edi.

• Atigi 17 yosh qizni 11 kishi zo'rlasa ham, "o'zida ham ayb borda" deydigan razil jamiyat — inson qadri uchun qilinayotgan ishlar samarasidir balki.

• Ro'zadorlarga majburan suv ichdirgan hokimlar ham, hirsiga qul adliyachilar ham, bolalari va o'zini 9-etajdan tashlagan ayol ham, qizlar yotoqxonasi yashirin kamera o'rnatganlar ham, yomg'ir yog'sa suvga g'arq bo'ladigan poytaxt ham — Yangi O'zbekiston yuziga tutilgan oyna aslida.

5 yil oldin maktabda harakatlar strategiyasi yodlashni so'rashardi. Bugun strategiyamiz ish berdi shekilli, openbyudjetga ovoz so'rab yurishibdi.

5 tashabbusni ranglarigacha aytib berish majburiy edi, biroq maktabni bitirgach bu safsatalar hech qayerda kerak bo'lgani yo'q. Aksincha yangidan-yangi shiorlar va balandparvoz gaplar bolaladi.

Qisqasi, tarix zamonaviy tarzda takrorlanmoqda va biz uning bir qismiga aylanyapmiz. Nachora...

Infinity

@imho_my
16 views10:54
Ochish/sharhlash
2023-05-01 13:35:54 Yangi Konstitutsiyada sudlarning oshkora va ochiqligi taʼminlanmoqda:
"137-modda.
Hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yoʻl qoʻyiladi".

@imho_my
13 views10:35
Ochish/sharhlash
2023-05-01 12:02:02 "Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli".

Yangi Konstitutsiyaning 98-moddasidan.

Yaʼni bu moddada aytilganki, saylash huquqiga ega boʻlgan kamida 100 ming fuqaro oʻz qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kirita oladi. Bu degani shu qonun kuchga kirishi mumkin degani.

@imho_my
15 viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2023-05-01 11:36:42 Yangi Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari uchun alohida bob mavjud: XV bob shunga bagʻishlangan. Bob 2 ta moddadan iborat:

"81-modda.
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalari oʻzi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

82-modda.
Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi".

P/S: Jurnalistika, OAV — har qanday holatda, har qanday tuzumda, har qanday mamlakatda katta kuch. Shuni unutmang. Jamiyatning ongini shakllantirishda mediamaydon vakillarining hissasi katta.

@imho_my
15 viewsedited  08:36
Ochish/sharhlash
2023-04-27 22:39:45 OTA-ONAM

Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Qarasam, ikkisi ancha horibdi.
Mahzun koʻzlaridan sezib qoldim men,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Dardlarim koʻp edi serob, toʻkinli,
Dardlarki, yurakka qadar boribdi.
Oʻrtadan boʻlishib olgan, shekilli,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Koʻzda yosh yiltillar nogoh kularkan,
Anordek yuzlarni ajin yoribdi.
Yolgʻiz oʻgʻil dardi ogʻir boʻlarkan -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Qarilik dardini berkitolmas zeb,
Atrofdan serjilo yoshlik aribdi.
Tavba, bir-biridan qolishmayin deb,
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

Yillarni yamlaydi bittagina gʻam,
Bitta dard sochlarga qorlar qoribdi.
Besh kunlik ekan-da dunyo rostan ham -
Otam ham, onam ham birdek qaribdi.

... Yonimga kelishgan edi tunov kun,
Boqsam, bus-butunlay soch oqaribdi.
Nogoh bir qoʻrqinchdan choʻchib ketdim men —
Otam ham, onam ham birdek qaribdi!

Xayrulla HAMIDOV, 2014-yil, dekabr

Manba: https://t.me/Xayrulla_Hamidov_adabiyot

@imho_my
7 viewsedited  19:39
Ochish/sharhlash
2023-04-27 22:34:37
SHOIR QISMATI

Gʻam borki, dunyoning bor boʻyi goʻzal,
Hayot quvonchi ham qaygʻu-la boyir.
Inson oʻz qalbini topmasa tugal,
She’r oʻqib hislanar...
Dallol-da, shoir!

Tashna dil ohista buyursa tashrif,
Hasratu figʻoni, dardu ranji – kon...
Ikki qalb rishtasin istab, axtarib,
Bogʻlab ham qoʻyadi...
Shoir – tarjimon!

Koʻngil oʻz sirlarin kashf etib boʻlgach,
Ikki dil sevishib ketgach chippa-chin –
Shoir begonaga aylanar darhol,
Jimgina oʻladi...
Endi u Hech Kim!!!

Xayrulla Hamidov

@imho_my
7 views19:34
Ochish/sharhlash
2023-04-27 21:27:00 Aynan bugungi davr qizlarining oʻzgarib ketganiga ham shular sabab: qizlar erkin boʻlishni xohlashadi va baʼzi qizlar madaniyat va axloq chegarasidan chiqib ketishadi. Yaʼni qizlarimiz orasida nisbat juda yuqori-da: baʼzilar bor umuman hech nima talab qilmaydi va umuman oʻzining shaxsiy fikri yoʻq, baʼzilar bor fikr bildirishda qoʻpollik, kerak boʻlsa, dagʻallikdan, andishasiz soʻzlar ishlatishdan ham qaytishmaydi. Har tomonlama sogʻlom fikrlaydigan qizlar kam.

Hozir qizlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini kuzatsangiz, aksariyatida hayotdan bezish, xafaxonlik, odamning koʻnglini ezib yuboradigan kontentlar juda koʻp. Toʻgʻri, ayol kishi hissiyotlarini ifodalashdan qoʻrqmaydi, dersiz. Lekin bu axir qizlarning ruhiyatidagi aks-sado-ku.

Endi jamiyatimizdagi qizlarga nisbatan sodir etilayotgan xunuk vaziyatlar toʻgʻrisida gapirmasam ham boʻladi. Bu narsalar haqida hamma gapirib boʻldi. Men shulardan tashqari qizlarda boʻlayotgan jarayon, bosim haqida gapirdim. Jamiyatimiz qizlar uchun xavflimi yoki yoʻqmi degan savolning javobini sizlarga qoldirdim.

@imho_my
10 views18:27
Ochish/sharhlash