Get Mystery Box with random crypto!

IMHO

Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO I
Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO
Kanal manzili: @imho_my
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.46K
Kanalning ta’rifi

Kanalda bir insonni oʻylantirgan 💡IMHO fikrlar, exclusive yangiliklar 💥, foydali maʼlumotlar✅ berib boriladi.
Reklama va murojaatlar uchun bot:
t.me/imho_my_bot
📩INSTAGRAM: https://instagram.com/imho_my?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-06-09 15:55:06
Oʻqimasa, oʻzbekchilik deb oʻtirmay, shartta maktabdan haydash kerak. Yevropada shunday. Bunday nasihatgoʻy kontentlar ishlab chiqish befoyda.

@imho_my
26 views12:55
Ochish/sharhlash
2023-06-08 13:28:59 Hamma ham chet elda o'qishi shartmi?

Chet elda o'qish deganda ko'pchilikning hayoliga go'zal manzarali joylar, ulkan maydonga ega zamonaviy universitet, xalqaro muhit, umuman olganda yaxshiroq va osonroq hayot ko'z oldiga gavdalanadi. Lekin aslida ham shundaymi? Hamma chet elda o'qishi shartmi?

2022 - yil, 5 sentabr oddiy bir bola Toshkent Davlat Yuridik Universiteti majlislar zalida, universitet xodimlari nutqini grantga qabul qilingan talaba sifatida tinglamoqda. Ne ko'z ko'rsinki, Koreyaga bir oy oldin topshirgan vizasi tasdiqlanibdi va u bola xursandchiligidan baqirib yubora yozdi.

Shundan so'ng, 10 - sentabrda Toshkentdan kechki reysda uchib ketib, 11 - sentabr Koreyaning Inchon shahridagi aeroportiga qo'ndi. U bola juda xursand, go'yoki butun dunyo quvonchi unda mujassam. TDYU da atigi bir kun talabalik baxtini his etgan bu bola, hali oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi.

Koreya zamonaviy, go'zal xuddi kinolardagidek. Xullas, o'qish boshlandi, Koreyadagi eng yaxshi universitetlardan birida o'qish u uchun katta yutuq edi. Darslar boshlanishi bilan, 1-partaga o'tirib, men albatta eng zo'r talaba bo'laman degan shijoat bilan o'qishni boshladi. Lekin qarangki, professorlar saviyasi u kutgandek bo'lmadi va ba'zilari ingliz tilini u boladan yomonroq gapirardi va fanlar... Fanlarning nomi va xonalari chiroyli edi xolos. Darsda, 70 kishi... Ta'lim sifati u kutgandek emas edi. Professorlar faqat "qanday yaxshi baho olish" haqida soatlab gapirsa, uning ustiga talabalar ham baho uchun o'qirdi. U kutgan "xalqaro sinfxona"ning 90% ini O'zbeklar tashkil etardi.

U bola Koreyada ingliz tilini tushunishadi xuddi bizda ruschani tushunishganidek deb o'ylardi. Ammo, u qattiq adashdi. Koreyada ingliz tilini tushunish uyoqda tursin, hamma reklama, yozuvlar va xattoki do'konlar faqat Koreyscha yozuv va brandlar bilan to'lgandi. Google emas Naver, Google map emas KakaoMap va u Koreya rostan ham "orol" ekanligini tushundi.

Lekin, sharoit, imkoniyatga kelganda, Koreyaga yetadigani yo'q edi. Zamonaviy sinfxonalar, ulkan kutubxona, forma talab qilmaydigan kezi kelganda shippakda ham borsa bo'ladigan universitet va yuqori yashash standardlari. Ha bu tomondan qarasa, chet elda o'qish mazza.

Lekin, u shuni tushunib yetdiki, bari o'zingizga bog'liq ekan. Siz agar universitetdan ko'p narsa kutsangiz, hech narsaga erishmas ekansiz. Bariga o'zingiz harakat qilishingiz kerak hoh-u top universitet bo'lsin, hoh Agrar va xattoki Koreyada Seoul Milliy Universiteti (dunyo reytingi 37) ni ham bitirib, ish qidirib yurganlar bor. U shunga ishonadiki, agar O'zbekistonda ham bironta tayinli yutuqqa erishmasdan, mamlakatni ayblab o'tirgan bo'lsangiz, chetda ham ko'p narsaga erisha olmasligingiz mumkin chunki sizda aybni chetdan, boshqalardan qidirish xususiyati shakllangan. Bahona har doim topilaverarkan... Va yana, u bola sizdan iltimos qiladiki agar chet elga o'qishga kelmoqchi bo'lsangiz, albatta mamlakat haqida o'rganing, ular o'zini tutishi, odatlari va hkz. va iltimos kelgandan so'ng, o'qishni tashlab, 2-3 so'm orqasidan ta'limdan voz kechib, ishga berilmang. Afsuski, chet elda, "O'zbek" deganda, aqlli, salohiyatli odamlar emas, balkim, mardikorlarni ko'z oldiga keltirishadi va buni sababini u chet elda ishlab, pul yig'ib, ilmga emas, faqat uy va mashina oladigan odamlarda ko'radi. Xullas, fikrlar subyektiv, xulosa o'zingizdan..

O'sha Bola: @zokiroffpost
23 views10:28
Ochish/sharhlash
2023-06-08 12:17:49 Tarixni juda yaxshi oʻqiganlar bilishadiki, tarixni Gʻoliblar yozadi. Tarixning har bir va muhim boʻgʻinlarini ochiq-oydin har doim ham yozishavermaydi. Hukmron doiraning manfaatlaridan kelib chiqib yoziladi koʻp narsa.

Qarashlar, manfaatlar, zamon, maqsadlar, davr talabidan kelib chiqib koʻp narsa oʻzgartirilishi, hatto, yolgʻon tarix yozilishi ham mumkin. Bu narsaga aynan bugungi yashab turgan avlod ham guvoh boʻlyapti.

Tarixini bilmagan inson manqurt, oʻzligini tanimagan inson deb hisoblansa, bugungi kunda faqat bitta manbaga tayanib tarixni biladigan inson ham xuddi shunday deb hisoblasak boʻladi.

Har doimgidek filtr yoqish va tahlil qilish — eng muhimi.

@imho_my
23 viewsedited  09:17
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:45:31 Bolaligi qiyin kechgan odamlar bor. Qattiq tahqirlangan, jismoniy, hissiy va moliyaviy zoʻravonlikka duchor boʻlgan odamlar bor. Ular oʻzining falokati va muammolari uchun aybdor emas, lekin barcha muammolarga qaramay yashashda davom etish va vaziyatdan kelib chiqib imkon qadar eng yaxshi tanlov qilish majburiyati (har doim!) ularning zimmasida turadi.

Mark Menson "Beparvolikning nozik sanʼati" asaridan

@eng_sara_hikmatlar
24 views07:45
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:35:43
Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt najot...

@imho_my
22 views07:35
Ochish/sharhlash
2023-06-08 07:41:50
Haqiqiy oʻzbekona tarona!

@imho_my
24 views04:41
Ochish/sharhlash
2023-06-08 07:11:14
“Nomi bor-u, so‘zi yo‘q tashkilotlar” - Ombudsman va Milliy markaz nega jim?

Ichki ishlar organlarida tergov qilinayotgan ketma-ket ikki fuqaroning vafot etishi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lyapti, OAV tomonidan ham keng yoritilyapti. Lekin O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilyapman deb budjetdan milliardlar oladigan ikki tashkilot – Ombudsman va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz og‘ziga talqon solib olgan.

https://kun.uz/uz/63475202

Kun.uz rasmiy kanali
21 views04:11
Ochish/sharhlash
2023-06-08 06:21:58 Бир ойда ҳақиқатдан ҳеч бўлмаса битта китобни ўқиб тугатадиганлар, сизлар ТОПсизлар. Шу даражада ТОПсизларки, мажбурий дарсликлардан ташқари ўзи учун бир ойда битта китоб ўқиб тугатадиганлар Ўзбекистон аҳолисининг бир фоизини ҳам ташкил этмайди.
22 views03:21
Ochish/sharhlash
2023-05-20 19:13:43
Sogʻinganlar bormi?

@imho_my
17 views16:13
Ochish/sharhlash
2023-05-20 16:03:04
Munosib boʻling, siz qanday boʻlsangiz, juftingiz ham shunday boʻladi.

P/S: Jonli ijroda aytgan. Ovoz bor-da ularda, bizda esa tanish-bilish

@imho_my
15 views13:03
Ochish/sharhlash